O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.04.2016

OZBEKISTON ROSSIYA

o‘zaro izchil hamkorlik mamlakatlarimiz xalqlari manfaatlariga xizmat qilmoqda

Prezidentimiz Islom Karimovning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan ushbu mamlakatga qilgan rasmiy tashrifi, unda davlat rahbarlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar jahon hamjamiyati, yetakchi siyosatshunoslar, deputatlar, olimlar, keng jamoatchilik vakillari tomonidan qizgin kutib olindi.

Feruza ESHMATOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qomitasi a’zosi:

Avvalo, shuni alohida qayd etish joizki, Ozbekiston bilan Rossiya ortasidagi hamkorlik mustahkam shartnomaviy-huquqiy asosga ega. Mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlar 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik togrisidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari togrisidagi shartnoma doirasida izchil rivojlanib bormoqda.

Bugun biz Rossiya Federatsiyasi bilan BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Prezidentimizning ushbu tashrifi ikki davlat ortasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif davomida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Afgoniston muammosi, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Albatta, bugun dunyoning turli burchaklarida sodir bolayotgan urushlar, nizo va ziddiyatlarni hal etish hamda bunday holatlarning oldini olishda mintaqadagi davlatlarning ozaro hamfikr, hamkor bolishi ota dolzarbdir.

Uchrashuvda etibor qaratilgan yana bir muhim jihat Ozbekistonning ShHTga raisligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlari boldi. Mamlakatimizning tashkilot ishini yanada faollashtirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga yonaltirilgan say-harakatlari alohida etirof etildi.

Davlatlarimiz ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlik eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish, mamlakatlarimizning izchil taraqqiy etishiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mirkamol GULOMOV, «Gulomov Mirkamol» fermer xojaligi rahbari, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Prezidentimizning Rossiya Federatsiyasiga tashrifini televideniye orqali kordik, tafsilotlarini matbuotda oqidik. Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatlarimiz ortasida mustahkam hamkorlik ornatilgan. Buni barcha sohalarda korishimiz mumkin.

Malumki, Rossiyada yurtimizda yetishtirilgan qishloq xojaligi mahsulotlariga talab yuqori. Ozbekiston bu sohada ulkan salohiyatga ega. Chunki qishloq xojaligi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarimiz doim xaridorgir, chet ellik istemolchilarni oziga jalb qilib kelgan.

Muzokarada mamlakatimizda yetishtirilgan meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini kopaytirish va turini kengaytirish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Demak, ikki davlat ortasidagi hamkorlikning rivojlanishi tadbirkor va fermerlar faoliyatini kengaytirishga ham yordam beradi. Albatta, biz sifatli mahsulot yetishtirib, uni ozaro kelishuvlar va shartnomalar asosida rossiyaliklarga vaqtida yetkazib berishimiz lozim boladi.

Haqiqatan ham, bularning barchasi tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishda muhim ahamiyatga egadir.

Barno SANAQULOVA, iqtisod fanlari nomzodi, OzXDP ekspertlar guruhi azosi:

Ushbu tashrif ikki mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhimdir. Chunki, Ozbekiston Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy orin tutadi. 2013-2017 yillarga moljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015-2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yonalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda.

Rossiya Ozbekistonning tashqi savdo sheriklari orasida muhim orin tutadi. Mamlakatlar iqtisodiyotning muhim yonalishlarida savdo aloqalarini ornatgan. Misol uchun, Ozbekiston Rossiyaga yengil avtomashinalar, paxta tolasi, trikotaj, meva-sabzavotlar, qora va rangli metallar, turli xizmatlarni eksport qiladi. Rossiya esa iqtisodiyotimizga kerak bolgan texnologik uskunalar, turli transport vositalari, kimyo va qogoz sanoati tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.

Ozbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 900 dan ortiq qoshma korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning 85 firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. Ozaro tovar ayirboshlash hajmi izchil osib bormoqda. Joriy yilning birinchi choragida bu boradagi korsatkich 7,9 foizga oshgan.

Agar etibor qaratadigan bolsak, Ozbekiston ham, Rossiya ham yoqilgi-energetika sohasida ulkan salohiyatga ega. Bu mazkur yonalishdagi hamkorlik rivojiga xizmat qilmoqda. Rossiyaning Lukoyl va Gazprom neft-gaz kompaniyalari mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va ozlashtirishda faol ishtirok etmoqda. Shu yil 19 aprel kuni Buxoro viloyatida Ozbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi bilan Lukoyl kompaniyasi hamkorligida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod, shuningdek, 114 qazish qudugi, 11 maxsus maydon va 4 yiguv punktini oz ichiga olgan tabiiy gazni toplash tizimi kiradi. Bundan tashqari, 370 kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yoli qurish rejalashtirilgan. Majmua va infratuzilma obyektlarida 7 mingga yaqin kishi ish bilan taminlanadi.

Korinib turibdiki, bunday yonalishlardagi hamkorlik mamlakatlar iqtisodiy qudratining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Nurali ORIPOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: