O'zb  
 
30.04.2016

SAYLOV DEMOKRATIYA KOZGUSI

Mamlakatimizda joriy yilning may-iyun oylarida bo‘lib otadigan fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga Navoiy viloyatida ham qizgin tayyorgarlik korilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini qollab-quvvatlash, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Mahallaning jamiyat boshqaruvidagi ornini mustahkamlash, jahon tajribasida noyob tuzilma bolgan ushbu institut vakolati kengaytirilayotgani yuksak samaralar bermoqda.

Navoiy viloyatida 343 fuqarolar yigini raisi va ularning 3 ming 700 dan ortiq maslahatchisi saylanadi. Ozbekiston Respublikasining «Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi togrisida»gi qonuni asosida keng kolamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

— Viloyat markazida 30 mahalla fuqarolar yigini mavjud bolib, saylovlarda 30 rais va ularning 277 maslahatchisi saylanishi lozim, deydi Navoiy shahar fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda otkazishga komaklashuvchi komissiyasi raisi Ahror Pirnazarov. Komissiya azolarining har biriga ikkitadan mahalla biriktirilgan, masullar hududlardagi ishchi guruhlarga saylovni tashkil etish va otkazish boyicha zarur tushuncha hamda huquqiy komak bermoqda.

Navoiy shahridagi Vatan mahalla fuqarolar yiginida tashkil etilgan ishchi guruhi barcha zarur huquqiy hujjatlar, ovoz berish jihozlari bilan taminlangan.

Viloyatda saylovlarni yuksak saviyada tashkil etish va otkazish, muqobillik asosida nomzodlar korsatishga alohida etibor qaratilmoqda. Mahalla ahli ozi ishongan, tashabbuskor va fidoyi nomzodni saylashi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

N.RAHIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: