O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.04.2016

OZBEKISTON ROSSIYA: STRATEGIK SHERIKLIKNING YANGI BOSQICHI

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boldi.

25 aprel kuni Islom Karimov va Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bolib otdi. Prezidentlarning samimiy va sermazmun suhbati uzoq davom etdi. Tomonlar Ozbekiston – Rossiya munosabatlari, jahonning turli mintaqalarida sodir bolayotgan voqealar xususida atroflicha fikr almashdilar.

Tashrifning asosiy tadbirlari 26 aprel kuni Kremlda bolib otdi. Islom Karimov va Vladimir Putinning uchrashuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Islom Karimov ushbu tashrif ozaro aloqalar rivojiga yangi sur’at bagishlashini, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan har tomonlama fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini alohida takidladi.

Vladimir Putin Ozbekiston Rossiyaning strategik hamkori va ishonchli ittifoqchisi ekanini, bu munosabatlar yanada mustahkamlanib borayotganini alohida qayd etdi.

Ozbekiston bilan Rossiya ortasidagi hamkorlik mustahkam shartnomaviy-huquqiy asosga ega. Mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlar 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik togrisidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari togrisidagi shartnoma doirasida izchil rivojlanib bormoqda.

Hukumatlararo va idoralararo aloqalar say-harakatlarni muvofiqlashtirish, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim omil bolmoqda. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Afgoniston muammosi, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda Ozbekistonning ShHTga raisligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida etibor qaratildi. Mamlakatimizning tashkilot ishini yanada faollashtirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga yonaltirilgan say-harakatlari muhim ahamiyatga ega ekani takidlandi. Vladimir Putin Ozbekiston tomonidan ShHTning iyun oyida Toshkentda boladigan sammiti muhokamasiga kiritilishi moljallanayotgan tashabbuslarni Rossiya tomoni qollab-quvvatlashini qayd etdi.

Ozbekiston Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy orin tutadi. 2013-2017 yillarga moljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015-2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yonalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda.

Rossiya Ozbekistonning tashqi savdo sheriklari orasida ikkinchi orinda turadi. Ozbekiston Rossiyaga transport vositalari, paxta tolasi, trikotaj, meva-sabzavotlar, qora va rangli metallar, turli xizmatlar eksport qiladi. Rossiya mamlakatimizga transport vositalari, kimyo va qogoz sanoati tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.

Ozbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 900 dan ortiq qoshma korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning 85 firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. Ozaro tovar ayirboshlash hajmi izchil osib bormoqda. Joriy yilning birinchi choragida bu boradagi korsatkich 7,9 foiz oshgan.

Investitsiyaviy hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. Keyingi yillarda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 6 milliard dollardan oshgan. Otgan yili bu korsatkich 2014 yilga nisbatan 40 foiz osgan.

Ozbekiston ham, Rossiya ham yoqilgi-energetika sohasida ulkan salohiyatga ega. Bu mazkur yonalishdagi hamkorlik rivojida muhim orin tutmoqda. Rossiyaning «Lukoyl» va Gazprom neft-gaz kompaniyalari mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va ozlashtirishda faol ishtirok etmoqda. Shu yil 19 aprel kuni Buxoro viloyatida Ozbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi bilan Lukoyl kompaniyasi hamkorligida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi.

Ozbekiston avtomobillari Rossiyada doim xaridorgir. “Matiz”, Neksiya kabi mashinalarimiz bu yerda bir necha bor yilning eng yaxshi avtomobili deb topilgan. Joriy yilning birinchi choragida ushbu mamlakatda yangi brend ostidagi Ravon Gentra savdosi 7 foiz osgan.

Rossiyada qishloq xojaligi mahsulotlariga talab yuqori. Ozbekiston bu sohada ulkan salohiyatga ega. Davlatimiz rahbarining shu yil 12 apreldagi Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratdi.

Muzokarada mamlakatimizda yetishtirilgan meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini kopaytirish va turini kengaytirishga kelishib olindi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi. Mamlakatlarimizda ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali tola foydalanilmayotgan imkoniyatlar kopligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham manfaat keltirishi takidlandi.

Tomonlar madaniyat, ilm-fan, talim, sport va turizm sohalari boyicha ozaro aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar yakuni boyicha Ozbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi ortasida madaniy-gumanitar, tashqi siyosat, oliy talim, jismoniy tarbiya va sport kabi qator sohalarda hamkorlikka oid hujjatlar imzolandi.

Islom Karimov va Vladimir Putin ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar ochiq va ozaro ishonch ruhida otganini, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilganini takidladilar. Bu ozaro munosabatlarning bugungi holatini baholash, kop qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini belgilash imkonini berdi. Korib chiqilgan masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyasi bir xilligi yoki yaqinligi qayd etildi.

Shu bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Oliy darajadagi muloqotlarning uzviy davomi bolgan ushbu muzokaralarda mamlakatlarimiz ortasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishning muhim yonalishlari va istiqbollari belgilab olindi. Bu Ozbekiston va Rossiya xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi.

Anvar SAMADOV,

OzA maxsus muxbiri.

Toshkent Moskva Toshkent.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: