O'zb  
 
26.04.2016

PREZIDENT ISLOM KARIMOV MOSKVAGA KELDI

MOSKVA, 25 aprel. O‘zA maxsus muxbiri Anvar SAMADOV xabar qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Vnukovo-2» aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Tantanali kutib olish marosimidan keyin Ozbekiston delegatsiyasi ozi uchun ajratilgan qarorgohga yol oldi.

Shu kuni Islom Karimov bilan Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bolib otdi.

Tashrifning asosiy voqealari 26 aprelga belgilangan.

Ikki davlat rahbarlari Ozbekiston — Rossiya hamkorligi rivojining dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

Avval xabar qilinganidek, muzokaralar yakuni boyicha Ozbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi ozaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi moljallangan.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: