O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
23.04.2016

SAYLOVCHILAR ISHONCHI

zimmamizga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi plenumida shahar va tuman partiya tashkilotlari raislari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari rahbarlari, yirik boshlangich tashkilotlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan OzXDP viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Motabar Karimovaning maruzasi tinglandi:

— Partiyamizning 2015-2019 yillarga moljallangan Harakat dasturida olis qishloqlar va tumanlarda yashayotgan aholi, ayniqsa, ayollar uchun ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart-sharoitlar yaratish, namunali loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar, infratuzilma obyektlari barpo etish, qishloq aholisining toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan taminlanishi, servis xizmatlari darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish nazarda tutilgan. Shundan kelib chiqib, otgan yilda elektorat manfaatlari bilan bogliq 13 masala partiya guruhlarida, 11 masala sessiyalarda muhokama qilindi.

Afsuski, Yangiobod, Arnasoy tumanlaridagi deputatlarimiz, partiya guruhlarining ishi togrisida ijobiy fikr bildirish qiyin. Ular Harakat dasturida belgilangan masalalarni organish, muhokama qilish bilan cheklanib, mavjud muammolarga yechim topishga yetarlicha etibor berishmadi. Natijada partiya elektorati manfaatlari bilan bogliq masalalar mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari, sessiyalari muhokamasiga oz vaqtida kiritilmadi.

Siyosiy va fuqarolik marifati tizimida tashkil etilgan uch bosqichli mashgulotlarda 10 ming nafardan ortiq partiya elektorati hamda jamoatchilik vakillari qamrab olingani yaxshi, albatta. Ammo Arnasoy, Dostlik, Zarbdor, Zomin, Jizzax tumanlari partiya kengashlarining sustkashligi oqibatida mashgulotlar otkazish, mavzularni organish, targibot va tashviqot ishlarida bir xillik, noananaviy uslublardan foydalanishga intilmaslik singari kamchiliklar kozga tashlanib qolayotir.

Deputatlarimizning faolligi, ularning partiya mahalliy kengashlari, boshlangich tashkilotlar bilan hamkorligidan ham qoniqish qiyin. Togri, otgan yili mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazishdi. Ulardagi murojaatlar, takliflar asosida korxona, tashkilotlar rahbarlariga 446 deputatlik sorovi yuborildi. Biroq deputatlarimizning barchasini ham birdek faol, deb aytolmaymiz. Tuman, shahar Kengashlaridagi ayrim deputatlarimiz ozlari azo bolgan doimiy komissiyalar ishida faol ishtirok etishmayapti, saylovchilar kotargan masalalarning yechimi boyicha amaliy natijalarga erishish uchun vakolatlardan toliq foydalanishmayapti. Bu hol Yangiobod, Zarbdor, Dostlik, Arnasoy tumanida koproq kozga tashlanayotir.

Bu yil Harakat dasturida kozda tutilgan 16 masalani partiya guruhlari, doimiy komissiyalarda muhokama qilish, zarurat tugilganda, sessiyalar kun tartibiga kiritish belgilangan. Oylaymizki, bu borada 14 deputatlik birlashmasi, shahar va tuman kengashlari, barcha boshlangich tashkilotlarimiz faollik, qatiyat, tashabbuskorlik korsatishga qodir.

Muhokamalarda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Akrom Inomov, Baxmal tuman kengashi raisi Sharofiddin Karimov, partiya faoli Husan Xolboyev, Jizzax shahar Kengashi deputati Halima Negmatova sozga chiqishdi. Partiya kengashlarining ijtimoiy hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlash, deputatlar va boshlangich tashkilotlarning izchil harakat qilishini taminlash muhim masala ekani alohida takidlandi. Tadbirlar tasirchanligini oshirish, ularda dolzarb ijtimoiy masalalarni qamrab olish lozimligi qayd etildi. Plenum qabul qilgan qarorda ushbu masalalarda tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Ibrohim JONUZOQOV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: