O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.04.2016

DEPUTATLIK SOROVI INSTITUTI

parlament nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, yuridik fanlar nomzodi Shavkat NAZAROV bilan suhbat:

Yurtimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari izchil davom etmoqda. Ayniqsa, mamlakatni rivojlantirishning eng muhim strategik masalalarini hal qilishda parlamentning orni va ahamiyati tobora oshib bormoqda. Aytingchi, bugungi kunda parlament nazoratining qaysi shakllari koproq samara beradi?

Bugun rivojlangan demokratik davlatlar tajribasidan korish mumkinki, demokratik islohotlarning sifati, samarasi kop jihatdan milliy parlamentning ishtiroki darajasiga bogliq.

Prezidentimizning 2010 yil 27 yanvardagi «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir» nomli ma’ruzasida parlament nazorati haqida soz yuritilgan. Unga kora, parlamentimiz va mahalliy vakillik organlari Kengashlar oldida turgan goyat muhim vazifa bu qabul qilingan qonunlarning ijro etuvchi hokimiyat, yani hukumat tomonidan markazda, hokimliklar tomonidan esa joylarda qanday bajarilayotgani ustidan qatiy parlament nazoratini, deputatlik nazoratini ornatishdan iboratdir.

Shu jihatdan parlamentning davlat hokimiyati boshqaruvini demokratlashtirish jarayonidagi rolini oshirishga qaratilgan islohotlar, bu borada qonunchilikka kiritilayotgan ozgartish va qoshimchalar muhim ahamiyatga ega.

Mazkur yonalishdagi islohotlar Konstitutsiyamizga, xalqaro huquq normalariga, qolaversa, taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarning qonunchilik amaliyotiga toliq mos keladi, deb hisoblash uchun yetarli asoslarimiz bor.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib fikrlaydigan bolsak, parlament nazoratining koplab turlari, xususan, deputatlik sorovi instituti bu jarayonda oziga xos oringa ega. Takidlash kerakki, parlament nazoratini amalga oshirish boyicha katta tajribaga ega xorijiy mamlakatlar amaliyotini organish, tahlil qilishning ahamiyati beqiyos. Bu mamlakatimizda parlament va deputat sorovi institutlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Milliy qonunchiligimizda deputatlik sorovi institutining asoslari bir necha qonun hujjatlarida mustahkamlab qoyilgan. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati azosining maqomi togrisidagi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi togrisidagi hamda yaqinda qabul qilingan Parlament nazorati togrisidagi qonunlarda deputatlik sorovining tartibi, amalga oshirish mexanizmlari korsatilgan.

Deputatlik sorovi qanday tartibda yuboriladi? Bu boradagi dunyo tajribasi haqida toxtalsangiz.

Deputat sorovi bu parlament azosi, deputatlar guruhi, parlament qomitalarining hukumatga, vazirlarga va boshqa yuqori mansabdor shaxslarga tutgan siyosiy yoli yoki biron-bir aniq masala boyicha murojaati hisoblanadi. Xorij amaliyotida parlament nazoratining aynan parlament va deputat sorovi shakli keng qollaniladi.

Bugungi kunda butun dunyo parlamentlari tajribasida deputatlik sorovining ikki xili, yani interpellyatsiya va savol korinishi shakllangan.

Xorijiy mamlakatlar amaliyotiga kora, interpellyatsiya bu davlat miqyosidagi juda muhim va muammoli masalalar yuzasidan deputatlik sorovi bolib, katta ahamiyatli rasmiy talab, sorov manosini anglatadi.

Bunda jarayon sorovga belgilangan muddatda javob olinishi yoki olinmasligidan qatiy nazar, parlament palatasida muhokama etilishi, bazi hollarda esa tanbeh berish togrisida qaror qabul qilinishi bilan yakunlanadi.

Shuni ham aytish kerakki, qator xorijiy mamlakatlar parlament qonunchiligida deputatga togridan-togri davlat organlari va boshqa organlari, mansabdor shaxslarga rasmiy talab, sorov bilan murojaat qilish huquqi berilmagan.

Mamlakatimiz qonunchiligida esa parlament nazorati, deputatlik sorovi institutining huquqiy asoslari, ularni amalga oshirish mexanizmlari tobora takomillashib bormoqda.

Taraqqiy etgan demokratik davlatlar qonunchiligida deputatlik sorovi bilan bogliq qanday normalar mavjud?

Aksariyat xorijiy mamlakatlarda parlament va hukumat ortasidagi munosabatlarni tartibga solish masalalariga alohida etibor qaratilgan va bu holat ularning konstitutsiyalarida oz aksini topgan.

Masalan, Xitoy Xalq Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Umumxitoy xalq vakillari majlisi deputatlari va doimiy qomita tarkibidagi shaxslarga sessiyalar va majlislar davrida davlat kengashiga yoki vazirliklarga sorov bilan murojaat qilish huquqi kafolatlangan. Shuningdek, Umumxitoy xalq vakillari majlisi va doimiy qomita muayyan masalalar boyicha surishtiruv otkazish maqsadida komissiyalar tuzishga haqli ekani belgilangan.

Italiya respublikasi Konstitutsiyasiga kora, hukumat azolari palatalar majlislarida ishtirok etishga haqli bolib, sorov bolgan taqdirda majlislarda qatnashishga majburdirlar.

Yaponiyada parlament nazoratining asosiy shakli interpellyatsiya bolib, uni vakillar palatasining xohlagan deputati palata raisi orqali berishi mumkin. Deputat sorov yuborish boyicha palata raisining rad javobidan norozi bolsa, palataning yalpi majlisida qaror ustidan arz qilishga haqli. Interpellyatsiyaga javob olti kunlik muddatda ogzaki yoki yozma shaklda berilishi shart.

Germaniya davlatining asosiy qonunida ham mazkur institutga doir normalar mavjud. Xususan, ushbu davlat Konstitutsiyasiga muvofiq Bundestag parlament va uning qomitalari federal hukumat azolaridan oz majlisida qatnashishni talab qilishga haqli. Shuningdek, Bundestag reglamentiga asosan fraksiyalardan biri yoki majlisda qatnashayotgan deputatlarning besh foizi talabiga binoan Bundestag federal hukumat azosini chaqirtirish togrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Albatta, mamlakatimizda parlament islohotlari, bu boradagi qonunchilik tobora takomillashib boryapti va mazkur jarayon izchil davom etadi. Shundan kelib chiqib, parlament nazorati, xususan, uning asosiy shakllaridan biri bolgan deputatlik sorovi instituti samaradorligini oshirish uchun qonunchiligimizdagi qaysi masalalarga etibor qaratish kerak, deb oylaysiz?

Bu haqda gapirishdan oldin Prezidentimiz ilgari surgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi goyalari asosida parlament faoliyati bilan bogliq qonunchilikda yuqori natijalarga erishilganini takidlash zarur.

Endi bevosita savolingizga keladigan bolsak, deputatlik sorovi instituti samaradorligini oshirish uchun, fikrimcha, qonunchiligimizdagi parlament soroviga yozma javob Qonunchilik palatasi, Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan oqib eshittiriladi, yozma javobning nusxalari palata majlisida oqib eshittirilguniga qadar oldindan deputatlarga, senatorlarga yuboriladi mazmunidagi meyorni yanada rivojlantirish lozim. Chunki mazkur holatda yozma javob yuzasidan biror savol vujudga kelganda qanday yol tutilishi aniq korsatilmagan.

Qonunchilikka kora, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputati, Senator soroviga, agar boshqa muddat belgilangan bolmasa, sorov olingan kundan etiboran on kundan kechiktirmay yozma javob yuborishi lozim. Bu orinda bir savol tugiladi. Yani, agar sorovga javob vaqtida yuborilmasa, buning huquqiy natijasi qanday boladi? Ushbu masalaga ham aniqlik kiritish muhim ahamiyatga ega, deb oylayman.

Xulosa qilib aytganda, deputatlik sorovi instituti rivojlanishi parlament nazoratini kuchaytirishga, hokimiyatlar bolinishining konstitutsiyaviy tamoyilini royobga chiqarishga xizmat qiladi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurali ORIPOV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: