O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.05.2012

Tayyor ishga sherikchilikka intilish

Yoki O‘zXDP emas, balki «Adolat» SDP boshqalar goyasiga ergashayotgani haqida

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida avvalo, inson manfaati, uning qadr-qimmati, haq-huquqlari, erkin va farovon hayoti, yorug kelajagi mujassam. Shu bois demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yolidagi harakat tobora izchil tus olayotir. Bu jarayonda koppartiyaviylik tizimining rivoji, siyosiy partiyalar mavqeining oshishi, ular ortasida raqobat va kurash kuchayishi muhim ahamiyatga ega.

Bugun mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar ortasida Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, elektoratini oylantirayotgan hayotiy muammolar yechimi boyicha aniq tashabbuslar bilan chiqish, raqobat jonlana boshlagani kozga tashlanmoqda. Togri, amaliy ish, elektorat manfaatiga xizmat qiladigan chora-tadbirlar siyosiy partiyaga odamlar ishonchini oshiradi. Ammo ba’zan Saylovoldi dasturidagi masalalarning yechimini topish orniga birovlar mehnati bilan yolga qoyilgan ishga sherik bolib, ozini korsatishga urinish hollari uchramoqda.

Masalan, keyingi paytlarda Adolat SDP nashrida qadim tarixga ega, asriy qadriyatlarimizning ajralmas qismi hisoblangan belbogli kurash mavzusidagi maqolalarga keng orin berilmoqda. Ularni oqigan gazetxonlarda yurtimizda belbogli kurash boyicha otkazilayotgan musobaqalar, jumladan, turli yoshdagi sportchilar ortasida tashkil etilayotgan Respublika birinchiliklariga Adolat SDP bosh-qosh bolayotgandek taassurot uygonadi. Yoki Adolat SDP bu milliy sport turini rivojlantirishga bel bogladimikin, degan fikr xayolga keladi.

Darhaqiqat, Adolat gazetasining 2011 yil 17 noyabr sonida chop etilgan maqolada Pop tumanida 1993-1994 yillarda tugilgan yoshlar ortasida belbogli kurash boyicha Ozbekiston chempionati bolgani, Ozbekiston belbogli kurash federatsiyasi bilan Adolat SDP hamkorlikda tashkil etgan mazkur musobaqa kotarinki ruhda otganiga alohida urgu berilgan.

Yoki shu yilning 19-22 aprel kunlari Yangiqorgon tumanidagi Iskovot sport majmuasida 1998-1999 yillarda tugilgan osmirlar va qizlar ortasida belbogli kurash boyicha Ozbekiston chempionati togrisida berilgan maqolada Namangan viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi, Ozbekiston Adolat SDP azosi Nematjon Toychievning musobaqa haqidagi quyidagi fikrlari keltiriladi: Belbogli kurashni targib etishda Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlik oz natijasini bermoqda. Bundan keyin ham hamkorlikni izchil davom ettiramiz.

Ammo bu orinda hamkorlik nimada namoyon bolayotgani haqida hech narsa deyilmaydi. Ehtimol, viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Adolat SDP azosi bolgani uchun bu ishga partiyani sherik qilib korsatayotganga oxshaydi.

Yana bir misol. Gazetaning shu yil 17 yanvar sonida elon qilingan Faoliyat sarhisobi: yutuq va muammolar sarlavhali maqolada yoshlarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini taminlash maqsadida otgan yili otkazilgan bir qator tadbirlarni nomma-nom sanab otadi. Qizigi, ular orasida Belbogli kurash — Ozbekiston Adolat SDP etiborida nomli tadbir ham tilga olingan. Savol tugiladi: yoshlarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini taminlashga belbogli kurashning qanchalik daxli bor?

Malumki, Adolat SDPning Saylovoldi dasturida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha qator dolzarb vazifalar belgilangan. Bugun esa adolatchilar belbogli kurash targibotiga etiborni kuchaytirayotgani Saylovoldi dasturi ijrosiga qay darajada xizmat qiladi?

Shu orinda yana bir fikr: Belbogli kurash juda qadim tarixga ega. Demak, milliy kurash milliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Shu manoda bu masala bevosita Milliy tiklanish Demokratik partiyasiga daxldor. Qolaversa, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Belbogli kurash federatsiyasi bu sport turini yanada rivojlantirish bilan bogliq chora-tadbirlarni korib kelmoqda.

Adolat gazetasida elon qilinayotgan maqolalarda Ozbekiston belbogli kurash federatsiyasi bilan birga turli seminarlar, davra suhbatlari va musobaqalar otkazayapmiz, joylardagi boshlangich partiya tashkilotlarimiz federatsiya faoliyatini rivojlantirishga, tadbirlarini yuqori saviyada otkazishga komak berayapti, degan davolar kishini taajjubga soladi. Bu orinda adolatchilarni ham tushunish mumkin. Elektorat manfaati bilan bogliq muammolarga yechim topishdan kora, yolga qoyilgan tayyor ishga sherik bolish osonda.

OzXDP oz elektorati ijtimoiy himoyasi boyicha Iqtisodiy forumlar otkazayotgani, yangi ish orinlari ochilishini qollab-quvvatlayotganini adolatchilar oz qarichlari bilan olchashdi. Yani, XDPni turli goyalarga ergashib ketayotganlikda ayblashdi. Tadbirkorlik yoki biznes sohasida oz mustaqil ishini boshlamoqchi bolgan elektorat vakillariga kredit olishda yol-yoriq korsatish, amaliy yordam berish, ayniqsa, bu borada jismoniy imkoniyati cheklangan, ammo mehnatning u yoki bu turi bilan shugullanish qolidan keladigan kishilarga yordam korsatish partiyamiz dasturiy goyalariga tola mos keladi. Biz bu boradagi ishlarni izchil davom ettiraveramiz.

Dilshod NARZULLAYeV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: