O'zb  
 
21.04.2016

QANDIM GAZNI QAYTA ISHLASH MAJMUASI

qurilishiga kirishildi

Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bolib otdi. Bu haqda «Ozbekneftgaz» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Faxr-iftixor bilan shuni aytish kerakki, bugungi kunda neft-gaz sanoati Ozbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Ushbu soha taraqqiyoti mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi, sanoatining yuksalishi va xalqimiz farovonligi yanada oshishida muhim omil bolmoqda.

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi Qandim gazkondensat konlari guruhini ozlashtirishdagi asosiy ishlab chiqarish obyekti hisoblanadi. Ushbu loyiha Ozbekneftgaz Milliy xolding kompaniyasi Rossiyaning LUKOYL neft kompaniyasi bilan hamkorlikda Qandim-Havzak-Shodi-Qongirot mahsulotini taqsimlash togrisidagi bitim doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu guruhga Qandim, Quvachi-Olot, Oqqum, Parsankol, Xoja va Garbiy Xoja kabi oltita gazkondensat koni kiradi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 8 sentabrdagi Gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va Qandim konlari guruhini obodonlashtirish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqlash togrisidagi qaroriga asosan loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi.

Qandim koni qurilishi doirasida bir yilda 8,1 milliard kubometr gazni qayta ishlash quvvatiga ega bolgan zavod quriladi. Shuningdek, bu yerda 114 qazib chiqarish quduqlari, 11 birlashgan maydonlar va 4 yigish punktlarini qamrab oladigan tabiiy gazni yigish tizimi tashkil etiladi. Shuningdek, uzunligi 370 kilometr gaz quvurlari otkaziladi, 160 kilometr avtomobil yollari quriladi.

Uskunalar yetkazib berish, gazni qayta ishlash majmuasini qurish va Qandim konlar guruhini jihozlash boyicha shartnoma qiymati 2,7 milliard dollarni tashkil etadi. Dastlabki bosqichda ushbu loyihaga yonaltiriladigan jami investitsiya hajmi 3,3 milliard dollar miqdorida baholanmoqda.

Bundan tashqari, ushbu zavodda dastlab 2 mingdan ziyod doimiy ish orni yaratiladi. Majmua tola quvvat bilan ishlay boshlaganidan keyin bu yerda 7 ming nafar odam ish bilan ta’minlanadi.

Mazkur yirik obyekt foydalanishga topshirilganidan song mahsulot ishlab chiqarish hamda uni eksport qilish hajmi keskin oshadi.

Qandim gazni qayta ishlash majmuasining qurilishi boshlanishiga bagishlangan marosimda Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev sozga chiqdi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Temur AZAM tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: