O'zb  
 
16.04.2016

SAYLOVGA TAYYORGARLIKNING DOLZARB MASALALARI

Poytaxtimizda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik korish hamda otkazishning dolzarb masalalariga bagishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bolib otdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda otkazishga komaklashuvchi komissiyasi, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boyicha oquv kurslari tomonidan tashkil etilgan tadbirda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mahallalar faollari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi raisi B.Matmurodov, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda otkazishga komaklashuvchi komissiyasi raisi R.Saidahmedov va boshqalar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili hayotimizda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari osib kelayotgan yosh avlodni manaviy-axloqiy va marifiy jihatdan tarbiyalash, kasbga yonaltirish, aholi orasida milliy-manaviy qadriyatlarni keng targib qilishda faollik korsatmoqda. Mahallalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy biznes rivojlanib, aholini manzilli ijtimoiy qollab-quvvatlash takomillashmoqda.

Bu kabi muhim vazifalarni samarali amalga oshirish uchun mahallalarni malakali rahbar kadrlar boshqarishi zarur. Shu jihatdan fuqarolar yiginlariga bolib otadigan saylovlar mahallalar faoliyatining rivojida, mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Zero, bolajak saylov davlat va jamiyat qurilishini demokratlashtirish, liberallashtirish hamda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni tobora chuqurlashib borayotgan bir sharoitga togri kelmoqda. Bu esa saylovning har bir ishtirokchisidan, eng avvalo, saylovga komaklashuvchi komissiya hamda ishchi guruh vakillaridan katta masuliyat talab qiladi.

Fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga puxta tayyorgarlik korish va uni yuqori saviyada tashkil qilish yuzasidan Toshkent shahridagi 505 mahallaga hamda saylovda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga saylov jarayonida oz ishlarini tizimli va samarali tashkil qilishda amaliy yordam korsatilmoqda.

Konferensiyada Fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi togrisidagi qonunning mazmun-mohiyatiga oid maruzalar tinglandi. Saylovni tashkil etish va otkazishga komaklashuvchi komissiyaning vazifalari, ishchi guruhning vazifa va vakolatlari boyicha batafsil tushuntirish berildi.

N.ABDURAIMOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: