O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.04.2016

OZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

2016-yil 15-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yilning 15-yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016-yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yonalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholashga bagishlangan majlisi bolib otdi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan mamlakatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari hamda iqtisodiyotni va uning tarmoqlarini, eng avvalo, sanoat va qishloq xojaligini yanada isloh qilish, tarkibiy qayta ozgartirish va modernizatsiyalash, muhandislik-kommunikatsiya va yol-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish va yangilash, xususiy mulkni, tadbirkorlik va kichik biznesni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, shuningdek, aholi bandligi va farovonligi darajasini oshirishning ortacha muddatli dasturlarini amalga oshirishning natijalari korib chiqildi va har tomonlama tahlil qilindi.

2016-yil uchun qabul qilingan iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvor yonalishlarini tizimli va izchil amalga oshirish tufayli global iqtisodiyotda davom etayotgan inqirozli hodisalarga va uning rivojlanishi suratlari sekinlashganligiga qaramay, Ozbekistonda iqtisodiyot osishining barqaror suratlari va makroiqtisodiy mutanosiblik taminlanayotganligi qayd etildi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 7,5 foizga osdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 7 foizga, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi – 6,7 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi 12,8 foizga kopaydi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi prognoz parametrlardan oshmadi.

Xizmatlarning zamonaviy turlarini, eng avvalo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan turlarini jadal rivojlantirish yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlar xizmatlar hajmlarining 12,1 foizga osishini va ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2015-yilning birinchi choragidagi 59,3 foizdan 59,5 foizgacha kopayishini taminladi.

Kichik biznesni ragbatlantirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish joriy yilning birinchi choragida kichik biznesning 8,4 mingta yoki 2015-yilning shu davridagiga qaraganda 5,5 foiz kop yangi subyekti tashkil etilishiga komaklashdi. Yil boshidan boshlab kichik biznes subyektlariga 3,6 trillion som bank kreditlari berildi, osish 2015-yilning 1-choragidagiga qaraganda 1,3 baravarni tashkil etdi.

2016-yilda ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturi doirasida 167,4 mingta yangi ish orinlari tashkil etildi, ulardan 57,7 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.

Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlashga, onalar va bolalarni tibbiy parvarish qilish darajasi va sifatini oshirishga yonaltirilgan “Soglom ona va bola yili” Davlat dasturi tadbirlarini faol amalga oshirish boshlandi. Dastur tadbirlarini moliyalashtirishga joriy yilning birinchi choragida qariyb 1,3 trillion som miqdoridagi mablag yonaltirildi.

Majlis kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish davomida tarkibiy qayta ozgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, shu jumladan, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich kopaytirish, yuqori qoshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va turlarini kengaytirish, respublika hududlarining sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish boyicha ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi va natijadorligini batafsil tahlil qilishga alohida etibor berildi. Hozirgi vaqtda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari osishining qariyb 80 foizi iqtisodiyotning qayta ishlash tarmoqlari tomonidan taminlanayotganligi qayd etildi.

Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosarlari, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari rahbarlarining etibori xomashyoni jahon bozorida talab etilgan tayyor mahsulotga chuqur qayta ishlashning 3-4 bosqichli sikllariga otishni nazarga tutuvchi 2020, 2025 va 2030-yillarga hisoblab chiqilgan sanoatning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishni tugallashni jadallashtirish va tasdiqlash uchun kiritish zarurligiga qaratildi.

Respublikaning bir qancha xojalik birlashmalari, yirik korxonalari, viloyatlari va tumanlari hokimliklari rahbarlari oldiga 2016-2020-yillardameva-sabzavot, gosht-sut mahsulotlarini, rangli va nodir metallarni chuqurqayta ishlash tadbirlari oz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini sozsiz taminlash va qabul qilingan maqsadli parametrlarga erishish boyicha aniq vazifalar qoyildi.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hokimliklar huzurida yangidan tashkil etilgan hududlarni kompleks rivojlantirish boyicha yigma boshqarmalarning samarali ishlashini tashkil etish, shuningdek, tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqalarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, joylarda yuqori qoshilgan qiymatli, shu jumladan, eksportga yetkazib beriladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish boyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etishning dasturiy chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan kompleks qoshimcha chora-tadbirlar korish topshirildi.

Sanoat ishlab chiqarishini uzluksiz texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish boyicha amalga oshirilayotgan faol investitsiya siyosati ozlashtirilgan investitsiyalar hajmlari 8,5 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar 14,4 foizga osishiga komaklashganligi qayd etildi. 2016-yilgi Investitsiya dasturi doirasida 368 ta yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi, ular boyicha qurish va rekonstruksiya qilishga pudrat shartnomalari belgilangan tartibda tuzilgan. Mahalliylashtirilgan mahsulotlarning 37 ta yangi turini ishlab chiqarish ozlashtirildi.

Yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish loyihalari faol amalga oshirilmoqda. Fargona vodiysi viloyatlarini respublikaning qolgan hududi bilan togridan-togri temir yol qatnovi bilan birlashtiradigan yangi elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yoli qurilishi tugallanmoqda. Samarqand-Buxoro temir yolini, yolovchilar tashish poyezdlarining yuqori tezlikda harakatlanishini tashkil etgan holda, elektrlashtirish loyihasi jadal suratlarda amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiya boyicha keng polosali foydalanishning 500 kilometrdan ortiq optik-tolali tarmoqlarini qurish va zaxiraga qoyish amalga oshirildi. Qishloq turar joy massivlarida 13 mingta yangi shinam uylar, ushbu massivlarda ijtimoiy va bozor infratuzilmasining zamonaviy obyektlarini qurish boshlandi.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida qurilish ishlariga osib borayotgan talabni hisobga olgan holda 2016-yilda 400 tadan ortiq yangi, moliyaviy barqaror va zarur texnika bilan jihozlangan qurilish va montaj tashkilotlari tashkil etishni taminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar korish topshirildi.

Majlisda mahsulot eksportining tuzilmasini diversifikatsiyalashva turlarini kengaytirish, yangi tashqi bozorlarni ozlashtirish, shu asosida 2016-yil uchun belgilangan eksportning prognoz parametrlariga erishishni taminlash yuzasidan korilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini har tomonlama tahlil qilishga alohida etibor berildi. Jahon bozorlarida talabning keskin qisqarishiga, kuchayib borayotgan noaniqlikka va qattiq raqobatga qaramay, eksport qiluvchi korxonalarni ragbatlantirish va mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishini zarur tarzda qollab-quvvatlash yuzasidan Ozbekistonda korilayotgan samarali chora-tadbirlar eksport hajmlari osishi tendensiyalari va tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosini taminlayotganligi qayd etildi. Yil boshidan boshlab oldin oz mahsulotlarini eksport qilmagan 583 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, shuningdek, mahsulotlarning 95 ta yangi turini eksport qilish ozlashtirildi.

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari, yirik korxonalar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining etibori eksportga yetkazib berishni kopaytirishning barcha mavjud zaxiralarini aniqlash va safarbar qilish, yangi bozorlarni ozlashtirish, eksport qiluvchi korxonalarni qollab-quvvatlashni kuchaytirish, yangi ishlab chiqarish korxonalari, fermer xojaliklari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragbatlantirish boyicha kompleks qoshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning zarurligiga qaratildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan yangidan tashkil etilgan Ozbekoziqovqatxolding xolding kompaniyasi va unga idoraviy mansub ixtisoslashtirilgan Ozagroeksport tashqi savdo kompaniyasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xojaligi vazirligi rahbarlari oldiga belgilangan maqsadli parametrlarga muvofiq yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini joriy yilda eksportga yetkazib berish hajmlari boyicha oz vaqtida kontraktlar tuzilishini taminlash yuzasidan aniq vazifalar qoyildi.

Vazirlar Mahkamasi majlisida aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish va korporativ boshqaruv, shuningdek, davlat ulushlari va aktivlarini, shu jumladan, nul sotish qiymati bilan sotish hisobiga davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi chuqur tahlil qilindi.Joriy yilning birinchi choragi mobaynida 178 ta davlat aktivi 216 milliard somga yaqin investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda xususiy mulkka sotilganligi qayd etildi. Ustav fondlarida davlat ulushlari bolgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 2015-yilning shu davridagi 378 ta orniga 209 tagacha kisqardi.

Xojalik birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlariga Davlat raqobat qomitasi bilan birgalikda 2015-yil noyabr oyida Toshkent shahrida otkazilgan Xalqaro investitsiya forumida erishilgan ahdlashuvlarga muvofiq davlatning va xojalik birlashmalarining aktivlarini xorijiy investorlarga sotishni tezlashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar korish topshirildi. Ular oldiga, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlarida xorijiy kapital ulushini kamida 15 foiz miqdorida taminlash maqsadida ularning ustav fondlariga potensial xorijiy investorlarni faol jalb etish yuzasidan aniq vazifalar qoyildi.

Kun tartibidagi masalalar boyicha Vazirlar Mahkamasi komplekslari, respublika vazirliklari, idoralari, xojalik birlashmalari, yirik korxonalari va viloyatlar hokimliklari rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Respublika Hukumatining majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari boyicha tegishli qarorlar qabul qilindi, ularda 2016-yil mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yonalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini sozsiz taminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: