O'zb  
 
16.04.2016

YAXSHI QOSHNICHILIK VA AZALIY DOSTLIKKA ASOSLANGAN HAMKORLIK IZCHIL RIVOJLANMOQDA

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 14-aprel kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 15-aprel kuni Koksaroyda bolib otdi.

Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev muzokaralar chogida Ozbekiston va Qozogistonning turli sohalardagi hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentimiz Qozogiston Prezidentini yurtimizga ushbu tashrifi bilan qutlab, bu oliy darajadagi muloqotlarning izchil davomi ekanini ta’kidladi.

– Sizni Ozbekistonda korishdan har doim xursandmiz. Ozbek va qozoq xalqlari azaldan yaxshi qoshni, dost bolib yashab kelgan. Bugun mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik ana shu tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Xalqaro vaziyat tez ozgarib, tobora murakkablashib borayotgan hozirgi kunda bunday dostlik, ozaro anglashuv yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tashrifingiz tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyatdir, dedi Islom Karimov.

Qozogiston Prezidenti Ozbekiston Prezidentiga taklif uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanayotganini qayd etdi.

Togri takidlaganingizdek, xalqlarimiz asrlar davomida yonma-yon, tinch-totuv hayot kechirib kelmoqda. Mustaqillik yillarida biz bu munosabatlarni yanada mustahkamladik. Markaziy Osiyoning yetakchi davlatlari bolgan mamlakatlarimiz hamkorligi butun mintaqa uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ozaro munosabatlarimizni yanada mustahkamlash va izchil davom ettirishdan manfaatdormiz, dedi Nursulton Nazarboyev.

Mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik 1998-yilda Toshkentda imzolangan Ozbekiston Respublikasi bilan Qozogiston Respublikasi ortasida Abadiy dostlik togrisidagi shartnoma, 2013-yilda poytaxtimizda imzolangan Ozbekiston Respublikasi bilan Qozogiston Respublikasi ortasida Strategik sheriklik togrisidagi shartnoma asosida taraqqiy etmoqda.

Ozaro hurmat, ishonch va manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo izchil rivojlanmoqda. Ikki mamlakat parlamentlari ortasida amaliy muloqot yolga qoyilgan. Tashqi siyosat mahkamalari ortasidagi maslahatlashuvlar muntazamlik kasb etgan.

Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik koplab masalalar boyicha tomonlarning pozitsiyalari oxshash yoki yaqindir.

Ikki davlat rahbarlari Afgonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashar ekan, ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik taminlanishi va iqtisodiyot tiklanishidan manfaatdor ekanini takidladilar. Afgonistonda harbiy kuch ishlatish yoli bilan tinchlik ornatib bolmasligi, BMT shafeligida qarama-qarshi tomonlar ortasida siyosiy muzokaralar otkazish va ozaro kelishuvga erishish eng togri va yagona yol ekanligi qayd etildi.

Prezidentlar Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suv resurslari mintaqamizning umumiy boyligi bolib, xalqlarimiz farovonligi kop jihatdan ulardan oqilona va samarali foydalanishga bogliq ekanligini takidladilar. Transchegaraviy daryolarda gidroenergetika inshootlari qurish masalasida BMT konvensiyalari va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan, xalqaro huquqning umumetirof etilgan normalariga qatiy rioya qilish zarurligi qayd etildi.

Takidlanganidek, Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi Orolboyidagi ekologik vaziyatni yaxshilash hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda muhim platforma bolib xizmat qilmoqda.

Muzokarada savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Qozogiston mamlakatimizning savdo-iqtisodiy sohadagi muhim sheriklaridan biridir. Ozbekiston Qozogistonga meva-sabzavotlar, transport vositalari, mineral ogitlar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar, turli xizmatlar eksport qiladi. Qozogistondan yurtimizga qora va rangli metallar, yog-moy mahsulotlari keltiriladi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi ozaro tovar ayirboshlash hajmi izchil osib bormoqda. 2015-yil yakunlariga kora, bu korsatkich 3 milliard dollardan ziyodni tashkil qilgan.

Qozogistonda mamlakatimiz ishbilarmonlari ishtirokida tashkil etilgan 151 korxona faoliyat yuritmoqda. Yurtimizda Qozogiston kapitali ishtirokida 206 korxona, shu jumladan, 171 qoshma korxona ochilgan.

Ozbekiston Respublikasi va Qozogiston Respublikasi ortasidagi hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiya ozaro aloqalarni izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Joriy yil 10-11-mart kunlari Ostona shahrida mazkur komissiyaning 15-majlisi bolib otdi.

2007-2016-yillarga moljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasiga muvofiq savdo, sarmoya, transport, kommunikatsiyalar, bojxona, suv-energetika va innovatsiya yonalishlarida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar samarasi ozaro aloqalarga qoshimcha surat bagishlamoqda.

Transport kommunikatsiyalari sohasi hamkorlikning ustuvor yonalishlaridan hisoblanadi. Mamlakatlarimizning avtomobil va temir yollari ozaro integratsiyalashgan. Bu muhim kommunikatsiya tarmogi uchinchi davlatlar uchun ham tranzit vazifasini otamoqda.

Muzokarada Ozbekiston va Qozogistonning foydalanilmagan resurslarini ishga solish ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini berishi takidlandi. Hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tovar ayirboshlashning osuvchan dinamikasini saqlab qolgan holda uning hajmini yanada kopaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish, eksport-import nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Qoshma korxonalarni kopaytirish, tadbirkorlar hamkorligini rivojlantirish mamlakatlarimiz manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuvda ijtimoiy sohadagi aloqalarni kengaytirish masalalariga ham etibor qaratildi.

Ochiq va dostona ruhda otgan muzokarada ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.

Shu bilan Qozogiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi.

Anvar Samadov, OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: