O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.04.2016

ICHKI ISHLAR VAZIRLIGIDA UCHRASHUV

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.Ahmadboyev ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yigilishida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi azosi, jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkun bilan uchrashdi.

Muloqot chogida ozaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan Ozbekiston — Xitoy munosabatlari turli yonalishlarda izchil rivojlanib borayotgani takidlandi. Bunda ikki davlat rahbarlari uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bolib xizmat qilmoqda.

Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi ozaro hamkorlikning asosiy yonalishi turli tahdid va xavf-xatarlarga birgalikda qarshi kurashish boyicha chora-tadbirlarni yanada faollashtirishdan iboratdir. Ozbekiston va Xitoy mintaqada, dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga muhim hissa qoshayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratmoqda.

Uchrashuvda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Ozbekistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolar osoyishtaligini taminlashga qaratilayotgan keng kolamli ishlar yuksak samaralar berayotgani alohida qayd etildi.

Tadbirda terrorizm, ekstremizm va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bogliq jinoyatlarga qarshi kurashishda ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi ortasida 2016-2017 yillarda hamkorlikni yanada rivojlantirish togrisida Protokol imzolandi.

Nodira MANZUROVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: