O'zb  
 
14.04.2016

SHAHARDAN QOLISHMAYDIGAN QISHLOQLAR

Surxondaryo viloyatida joriy yilda namunaviy loyiha asosida 1 ming 48 yangi uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimizning 2009 yil 3 avgustdagi «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi qarori ijrosi doirasida qad rostlayotgan zamonaviy massivlar qishloqlarimiz qiyofasini ozgartirish bilan birga, yurtdoshlarimizning turmush madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Qishloqqurilishinvest injiniring kompaniyasi Surxondaryo viloyati filialidan olingan ma’lumotlarga kora, 2009-2015 yillarda viloyatda namunaviy loyiha asosida 4 ming 700 dan ortiq uy-joy foydalanishga topshirilgan. Zamonaviy massivlarda ijtimoiy infratuzilma obyektlari barpo etish, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taminlashga ham alohida etibor qaratilmoqda. Otgan davrda 100 dan ortiq ijtimoiy bozor infratuzilmasi obyekti, yuzlab savdo va xizmat korsatish shoxobchalari qurilib, foydalanishga topshirildi.

2015 yilda viloyatda qurilgan 14 massivda yuzdan ziyod qurilish tashkiloti ishtirok etgan bolsa, bu yil 130 tashkilot jalb etilgan.

— Otgan yili zamonaviy massivlar qurilishida uch mingdan ortiq quruvchi mehnat qilgan edi. Bu yil tort mingga yaqin ishchi ishlamoqda, deydi Qishloqqurilishinvest injiniring kompaniyasi Surxondaryo viloyati filiali direktori orinbosari Qudrat Qurbonniyozov. Qurilish madaniyati va sifati yildan-yilga takomillashib, yangi uylarga buyurtma berayotganlar safi kengayib borayotgani quvonarlidir.

Termiz tumanidagi Navroz, Guliston, Manguzar va Limonzor massivlarida 312 zamonaviy uy-joy barpo etilmoqda. Navroz massivida qad rostlayotgan namunaviy loyihalar asosidagi 214 yangi uy qurilishida ottizga yaqin qurilish tashkiloti ishchilari mehnat qilmoqda. Bu yerda Tallashqon invest masuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 1 milliard 278 million somlikdan ortiq bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.

Guliston massivida namunaviy loyiha asosida 44 uy bunyod etilmoqda. Bu yerda qurilayotgan tort xonali zamonaviy uylardan biri termizlik Oktam Xudoyqulov buyurtmasi asosida qad rostlayotir.

Sherobod, Qumqorgon, Uzun, Shorchi tumanlarida ham zamonaviy massivlar qurilishi davom etmoqda. Obod va osoyishta yurtimiz qiyofasini ozgartirishga, yurtdoshlarimizning turmush madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgan ushbu zamonaviy uylarni Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

X.MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: