O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.04.2016

PARTIYA GOYALARI TARGIBOTI

muntazam olib borilishi lozim

Alisher RAVSHANOV, O‘zXDP Markaziy Kengashi Mafkura va targibot-tashviqot bolimi boshligi:

– Siyosiy partiya ilgari surayotgan goyalar xalq ortasida targib qilinishi, odamlarga yetkazilishi, tushuntirilishi lozim. Shunda siyosiy kuchning tarafdorlari ortadi. Partiya goyalari uchun kurashadiganlar safi kengayadi.

Bunda zamonaviy siyosiy texnologiyalardan foydalanish, tadbirlar ta’sirchanligini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Partiyamiz tashabbusi bilan «Targibotchi — mahallada» loyihasi doirasida Buxoro viloyatining barcha tuman va shaharlarida, Andijon viloyatining Ulugnor va Qorgontepa tumanlarida, Toshkent shahrining Bektemir tumanida davra suhbatlari otkazildi.

Ahamiyatlisi, ushbu tadbirlar doirasida partiyamiz elektorati vakillarini oylantirayotgan muammolarni organish, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimini yanada oshirish masalalarida fikr almashilmoqda. Parlamentda muhokama etilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyati keng tushuntirilmoqda.

Bundan tashqari, joylarda Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashga har birimiz masulmiz, Partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini keng aholi qatlamiga yetkazishda targibotchilar guruhi azolarining faoliyati mavzularida turkum tadbirlar tashkil etilmoqda.

2016 yilning ikkinchi choragi uchun ham loyiha va tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm viloyati, tuman va shahar kengashlari tomonidan Kuchli ijtimoiy himoya asosiy maqsadimiz! shiori ostida targibot tadbirlari tashkil etiladi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida Qishloq joylarda xizmat korsatish va servis sohasini rivojlantirish eng muhim ustuvor yonalish loyihasi, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida Doimo etiborimizdasiz! loyihasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Ommaviy madaniyatga qarshi kurashish ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirishni talab etadi mavzusida turkum tadbirlar otkaziladi.

Shuningdek, mintaqaviy, tuman va shahar partiya kengashlari huzurida Axborot-marifat xonalari faoliyatini kuchaytirish, ularni komputer texnikasi bilan jihozlash, internet tarmogiga ulash hamda adabiyotlar bazasini kengaytirish masalalariga etibor beryapmiz. Umuman, Axborot-marifat xonalari siyosiy va fuqarolik marifati tizimidagi oquvlar tasirchanligini oshirishga, targibotchilar faoliyatini uslubiy jihatdan taminlashga xizmat qilmoqda.

Tajribadan malumki, partiya elektorati vakillari bilan turli tadbirlar otkazishda rasmiy usullar, quruq maruzalardan qochish lozim. Bazi tuman va shaharlardagi tadbirlarda yuzlab odamlar qatnashmoqda. Bunday katta auditoriya bilan muloqot qilishning oziga xos talablari bor, albatta. Shuning uchun davra suhbatlarida mustaqil fikriga ega, hayotni chuqur tushunadigan tajribali mutaxassislar qatnashishiga alohida etibor berish lozim, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: