O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.05.2012

Muammo bilan murosa qilish

hech qachon obro‘ keltirmaydi

Yaqinda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar «2011 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha xalq deputatlari viloyat Kengashi raisining hisoboti»ni eshitib, muhokama qilishdi. Hisobotda mahalliy Kengash deputatlarining ko‘pgina ibratli ishlari e’tirof etildi.

Jumladan, partiyamizdan Jizzax tuman Kengashiga saylangan 15 nafar deputat orasida mas’uliyatni his etib, saylovchilar ishonchini oqlash uchun astoydil harakat qilayotgan, elektorat manfaatlariga daxldor muammolar, ularni hal etishning maqbul yechimini mutasaddilar oldiga qo‘yayotgan, bu borada faollik, jonkuyarlik va tashabbus ko‘rsatayotgan fidoyilar ko‘pchilikni tashkil etadi.

O‘tgan yili deputatlik guruhi H. Qobilovning taklifi bilan «Tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bajarilishining ahvoli to‘g‘risida»gi, A.Hojiboevning taklifiga asosan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilishi bilan bog‘liq masalalarni tuman Kengashi sessiyasiga kiritdi. Bu borada tegishli qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosi bo‘yicha nazorat o‘rnatildi. Bundan tashqari, deputatlik so‘rovi o‘tkazib, elektorat manfaatlarini himoya qilish hamda hududga oid ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga yechim topishda I.Berdiev, A.Hojiboev, A.Inomov va S.Oripov kabi faol deputatlar hammaga o‘rnak bo‘lmoqda.

Biroq tuman Kengashiga saylangan ba’zi deputatlar O‘zXDP Harakat dasturida belgilangan vazifalarni bajarishda faollik ko‘rsatmayapti. Bunga ularning o‘z vakolat va burchini to‘la anglab yetmagani, o‘z imkoniyatidan yetarlicha foydalanmayotgani sabab bo‘lmoqda.

O‘tgan yili Jizzax viloyat Kengashiga partiyamizdan saylangan 14 nafar deputat biron marta deputatlik so‘rovi bilan chiqmagan. Ayrim deputatlar saylovchilar va o‘zlari mansub bo‘lgan partiya tashkilotlari bilan aloqani uzib qo‘ygan. Arnasoy, Zafarobod, Forish tuman Kengashlarida nomiga deputatlar xonasi tashkil etilgan, ularda fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni tinglash uchun zarur shart-sharoit yaratilgan emas. Mirzacho‘l tuman Kengashiga saylangan 6 nafar deputat yil davomida o‘z saylovchilari bilan loaqal bir marta uchrashuv o‘tkazgan emas! Buni qanday izohlash mumkin?

O‘zbek tilining izohli lug‘atida «Mas’uliyat» so‘ziga shunday ta’rif berilgan: «Biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi uchun bo‘lgan javobgarlik». Deputatlik mas’uliyatining zalvori og‘ir. Deputat, eng avvalo, xalq vakili sifatida kishilarning og‘irini yengil, mushkulini oson qilishi kerak. Buning uchun o‘zida kuch, bilim va salohiyat topishi zarur.

Shuningdek, ulardan saylovchilarining tashvish va quvonchlari bilan yashash, katta-kichik muammolarni hal etish uchun yelib-yugurish, bu borada qat’iyatli hamda tashabbuskor bo‘lish talab qilinadi. Buni unutgan, «deputatlikka saylandim-ku, bo‘ldi-da», degan xayolda yurganlar qattiq yanglishadi. Ular el nazaridan, saylovchilar nazaridan qoladi.

Ibrohim JONUZOQOV,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: