O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.04.2016

TOBIAS ELLVUD: OZBEKISTON BUYUK BRITANIYA HAMKORLIGI KOPLAB SOHALARDA IZCHIL RIVOJLANMOQDA

«2015 yilda O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya ortasida ozaro tovar ayirboshlash hajmi 105,7 million dollarni tashkil etdi. Ozbekistondan Buyuk Britaniyaga 32,8 million dollarlik mahsulot eksport qilindi, Buyuk Britaniyadan Ozbekistonga 72,9 million dollarlik tovarlar import qilindi. Ozbekiston bozorining salohiyati mazkur korsatkichlarni yanada oshirish imkoniyati katta ekanidan dalolat beradi».

Buyuk Britaniya Ozbekistonning Yevropadagi muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Mamlakatlarimiz ortasida imzolangan qator hujjatlar, jumladan, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yol qoymaslik, daromad va kapital soliqlarini tolashdan bosh tortishni bartaraf etishga, investitsiyalarni ozaro ragbatlantirish hamda himoya qilishga, iqtisodiyot, ta’lim, fan va madaniyat, havo transporti, sayyohlik sohalariga oid bitimlar ozaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim asos bolib xizmat qilmoqda.

OzA muxbiri mamlakatimizda mehmon bolib turgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining tashqi ishlar va hamdostlik ishlari boyicha vaziri orinbosari Tobias ELLVUD bilan mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqbollari haqida suhbatlashdi.

— Ozbekiston bilan Buyuk Britaniya ortasidagi hamkorlik koplab yonalishlarda izchil rivojlanmoqda, dedi Tobias Ellvud. Mamlakatingizga tashrifimdan asosiy maqsad ozaro munosabatlarni yanada faollashtirish va mustahkamlash masalalarini muhokama etishdan iborat.

Tashrif doirasida qator vazirlik va idoralarda mintaqaviy xavfsizlik va boshqa masalalar yuzasidan muzokaralar otkazdik. Ozbekiston parlamenti faoliyati bilan tanishuv menda katta qiziqish uygotdi. Uchrashuvlar chogida savdo-iqtisodiy imkoniyatlar, Britaniya Kengashi hamda Chevening stipendiya dasturining talim sohasiga komagi ham muhokama qilindi.

Mamlakatingizda ish yuritayotgan britaniyalik biznes vakillari faoliyati bilan tanishganimdan, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti talabalari, Chevening stipendiyasi sohiblari bilan muloqot qilganimdan mamnunman. Ozbekiston kelajagi bolgan istedodli yoshlar kishining havasini keltiradi.

Ozbekiston bilan Buyuk Britaniyaning ozaro hamkorligini yanada rivojlantirish imkoniyatlari keng. Oylaymanki, otkazilgan uchrashuvlar ikki tomonlama munosabatlarning yangi qirralarini kashf etish, ozaro hamkorlik kolamini yanada kengaytirishga hissa bolib qoshiladi.

Ozbekiston bilan Buyuk Britaniya ortasidagi hamkorlikning, jumladan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida fikrlaringizni bayon qilsangiz.

Ozbekistonda Buyuk Britaniyaning qator kompaniyalari ish yuritayotgani quvonarlidir. Ular safini kopaytirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Ozbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida bu masala boyicha fikr almashdik.

2015 yilda Ozbekiston bilan Buyuk Britaniya ortasida ozaro tovar ayirboshlash hajmi 105,7 million dollarni tashkil etdi. Ozbekistondan Buyuk Britaniyaga 32,8 million dollarlik mahsulot eksport qilindi, Buyuk Britaniyadan Ozbekistonga 72,9 million dollarlik tovarlar import qilindi. Ozbekiston bozorining salohiyati mazkur korsatkichlarni yanada oshirish imkoniyati katta ekanidan dalolat beradi.

Savdo va sanoat boyicha Ozbekiston Buyuk Britaniya kengashi azolari ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirish yolida samarali faoliyat olib bormoqda. 1994 yili tashkil etilgan mazkur kengash mamlakatlarimiz ishbilarmonlari hamkorligini yanada kengaytirishda muhim rol oynamoqda. Kengash majlislari Buyuk Britaniya kompaniyalariga Ozbekiston bozori taklif etayotgan imkoniyatlar va keng kolamli iqtisodiy islohotlar bilan yaqindan tanishish, foydali muloqot va uchrashuvlar otkazish, ozaro tajriba almashish imkonini bermoqda. Savdo va sanoat boyicha Ozbekiston Buyuk Britaniya kengashining songgi majlisi Londonda 2015 yil noyabr oyida bolib otdi. Ushbu anjuman savdo, iqtisodiyot va sanoat sohalarida qator istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boyicha kelishuvlarga erishish, ozaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish imkonini berdi.

Ozbekistonda iqtisodiyot sohasini izchil rivojlantirish yolida amalga oshirilayotgan islohotlarni muntazam kuzatib boraman. Buyuk Britaniya kompaniyalari Ozbekiston taraqqiyotini bundan keyin ham qollab-quvvatlashda ozining munosib orniga ega bolishiga ishonaman.

Sizningcha, Ozbekiston bilan Buyuk Britaniya ortasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik qanday samaralar bermoqda?

Britaniya Kengashining Ozbekistondagi vakolatxonasi mamlakatlarimiz ortasida talim va madaniyat sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu boradagi ilgor tajribalarni ommalashtirishga faol hissa qoshmoqda. Uilyam Shekspir tavalludining 450 yilligi munosabati bilan Hamlet spektakli Ozbekistonda britaniyalik ijodkorlar tomonidan namoyish etildi. Ozbek Milliy akademik drama teatrida tashkil etilgan Shekspir Ozbekistonda, britaniyalik rassom va haykaltarosh Genri Mur korgazmalari ozbekistonlik sanat muxlislarida katta qiziqish uygotgani quvonarlidir.

Britaniya Kengashi Prezident Islom Karimov rahnamoligida Ozbekistonda ingliz tilini oqitish tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qollab-quvvatlab kelmoqda. Hamkorlikda otkazilayotgan tadbirlar xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradi, ikki davlat ortasidagi ozaro munosabatlarni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi.

OzA muxbiri

Nodira MANZUROVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: