O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
05.04.2016

OZBEKISTON XALQINING INTELLEKTUAL SALOHIYATI

tarixiy yutuqlarga erishish imkonini bermoqda

Polshaning Lodz shahrida mamlakatimiz iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatining taqdimoti bo‘lib otdi. Tadbir Lodzin voyevodasi gubernatori Artur Bagenski hamda mintaqaning Samopomoc Chlopska, Tex-Pol PNU, Forum Pracodawcow, Lodz Business Assistance, Lus-Europae, Delekta, Bakalland singari yirik sanoat, ishlab chiqarish, savdo kompaniyalari va boshqa firmalar vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Artur Bagenski Lodzin voyevodasi gubernatori:

— Ozbekistonda sanoat, texnologik jihozlanish, ta’lim va ilm-fan sohalarida katta muvaffaqiyatlar qolga kiritildi, dedi u. Intellektual salohiyat va inson resurslari mana shunday natijalarga erishish imkonini bermoqda. Butun dunyoda jiddiy moliyaviy inqiroz davom etayotganiga qaramasdan, Ozbekiston mustaqilligining 25 yilligini katta siyosiy va iqtisodiy muvaffaqiyatlar bilan qarshilamoqda.

Mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlar ozaro manfaatdorlik va bir-birini togri tushunish asosida tobora rivojlanib borayotgani bizni quvontiradi. Bugungi kunda Ozbekiston va Polsha barcha yonalishlarda iqtisodiyot, sayyohlik, ilm-fan, talim, sogliqni saqlash va boshqa sohalarda ozaro hamkorlik qilmoqda.

Ozbekistonni hech ikkilanmasdan yangi sanoatlashgan davlatlar guruhiga kiritish mumkin, chunki mamlakat bu toifaning asosiy mezonlariga mos keladi yalpi ichki mahsulotdagi sanoat mahsulotlarining yuqori darajadagi solishtirma hajmi mavjud, tayyor mahsulotlarning eksportdagi foizi katta, aholi jon boshiga daromadlar hajmi ham yuqori.

Xenrik Shodasevich, Samopomoc Chlopska toqimachilik kompaniyasi prezidenti:

Lodzin voyevodasi haqli ravishda Polshaning toqimachilik markazi hisoblanadi, dedi u. Bu yerda Yevropa va jahonga mashhur toqimachilik ishlab chiqarish korxonalari juda kop. Lodzin kompaniyalari Ozbekistonda otkaziladigan yuqori sifatdagi paxta tolalarini taklif etadigan paxta yarmarkasida har yili qatnashadi. Ozbek paxtasi borgan sari Polsha fabrikalari uchun xom-ashyo bazasiga aylanib qolmoqda.

Ozbekiston turli qishloq xojalik mahsulotlarini yetishtirish uchun eng qulay bolgan mintaqalardan biri hisoblanadi. Keyingi yillar davomida respublikada juda oqilona va har tomonlama puxta oylangan agrar siyosat yuritilmoqda. Qabul qilingan qonuniy hujjatlar esa etiborga molik bolgan ijobiy natijalarni qolga kiritishga komaklashmoqda.

«Jahon» AA,

Varshava.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: