O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.03.2016

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTIDA NAVROZ SHUKUHI

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida Xalqaro Navro‘z kuniga bagishlangan tantanali tadbir bolib otdi.

BMT, diplomatiya korpusi, xalqaro tashkilotlar hamda AQSh jamoatchiligi va ishbilarmon doiralarining vakillari uning ishtirokchilari bolishdi.

Tantanali tadbirda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bayram murojaatini marosim mehmonlari va delegatsiyalarining e’tiboriga havola etdi. U dostlik, birdamlik va atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bolishdek qadriyatlar ramzi bolgan ushbu bayramning orni alohida ekanligini hamda bunday qadriyatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining tamoyil va maqsadlariga hamohang ekanligini qayd etdi.

— Navroz milliy chegaralarni sidirib tashlaydi, diniy kelishmovchiliklarni sondiradi va odamlarni ezgulikka yogrilgan rishtalari bilan birlashtirib, turli tafovutlarni bartaraf etadi, dedi tashkilot rahbari.

Ushbu bayramni ananaviy tarzda nishonlaydigan BMTga azo davlatlarning vakillari ham tadbirda sozga chiqdilar.

Ozbekiston vakillari tomonidan bahor, uygonish va tabiat yangilanishining ramzi hisoblanadigan Navroz ayyomiga mamlakatimizda katta etibor qaratilishi qayd etildi. Uning eng kohna, chuqur mazmun-mohiyatga ega bolgan va tom manodagi umumxalq bayrami ekanligi takidlandi. Tadbir ishtirokchilarining etibori respublikamizda qadimgi va shonli tarixga, boy madaniyat va ajdodlar merosi qadrlanayotganiga qaratildi.

Navroz kunlari mamlakatimiz aholisi oz xursandchiligini, bahor taomlarini oila azolari, dostlari bilan baham korishlari, bir-biriga sihat-salomatlik, baxt-iqbol va farovonlik tilashlari, keksalarning holidan xabar olishlari ananaga aylangani takidlandi.

Soglom va har tomonlama barkamol avlod tarbiyasi, oila, onalik va bolalik himoyasi mustaqillikning dastlabki kunlaridan buyon Ozbekistonda ustuvor yonalishlardan biriga aylangan. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2016 yil mamlakatda «Soglom ona va bola yili», deb elon qilingani qayd etildi.

Marosim mehmonlari va BMTga azo davlatlar missiyalari vakillari etiboriga ozbek xalqining boy madaniy ananalari hamda mamlakatimizda Navroz bayramining nishonlanishi haqida hikoya qiladigan hujjatli film namoyish etildi.

Jahon AA,

Nyu-York.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: