O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.03.2016

OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30 mart kuni Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi federal tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayyerni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlab, ushbu uchrashuv ozaro hamkorlik boyicha fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat bolib, Ozbekiston bilan Germaniya ortasidagi kop qirrali va doimiy aloqalarning uzviy qismi ekanini ta’kidladi.

Ozbekistonda Germaniyani Yevropadagi yirik intellektual, iqtisodiy, texnik va texnologik salohiyatga ega, xalqaro maydonda nufuzli, global va mintaqaviy masalalarni hal qilishga salmoqli hissa qoshib kelayotgan yetakchi davlatlardan biri sifatida biladi.

Ozbekiston mustaqilligi yillarida mamlakatlarimiz ortasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda barqaror hamkorlik yolga qoyildi. Bugungi kunda 130 dan ortiq hujjatdan iborat mustahkam huquqiy baza yaratilgan va barcha darajadagi munosabatlar uchun ishonchli mexanizm mavjud.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga keyingi 15 yilda Germaniyaning 784 million dollardan ortiq togridan-togri investitsiyalari va kreditlari jalb etilgan. Ozbekistonda Germaniya Federativ Respublikasi investitsiyasi ishtirokida 113 korxona, shundan 27 tasi tola Germaniya kapitali asosida faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda dunyoga mashhur nemis kompaniyalari Ozbekiston bozorida mustahkam orin egallab, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga salmoqli hissa qoshmoqda. «MAN» konserni bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida zamonaviy zavod barpo etilgan. Korxonada turli rusumdagi yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Ushbu avtomobillarga xorijda ham talab yuqori. Germaniya sanoatining yana bir yetakchisi – CLAAS konserni bilan tashkil etilgan qoshma korxonada zamonaviy qishloq xojaligi texnikasi ishlab chiqarilmoqda.

Otgan yili tashkil etilgan Ozbekiston Germaniya ishbilarmonlar kengashining ikkita majlisi otgani savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga ikki tomonda ham qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu majlislar doirasida Germaniyadan 2,85 milliard dollarlik texnologiyalar va imtiyozli kreditlarni jalb etish boyicha loyihalarni amalga oshirish haqidagi hujjatlar imzolangan.

Uchrashuvda Ozbekiston Germaniya hamkorligiga doir boshqa masalalar, jumladan, madaniy-gumanitar aloqalarni izchil rivojlantirish, talimga oid qoshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

GFR tashqi ishlar vaziri samimiy qabul uchun Ozbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Germaniya rahbariyati ozaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyor ekanini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: