O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.03.2016

SLOVAKIYA: PARLAMENT SAYLOVIDA

sotsial-demokratlar g‘alaba qozondi

Joriy yilning 5 mart kuni Slovakiya parlamenti — Milliy kengash uchun saylovlar bolib otdi. Parlamentdagi 150 deputatlik mandati uchun 23 siyosiy partiya kurash olib bordi.

Slovakiya Milliy kengashiga saylovlar har tort yilda otkaziladi. Deputatlar umumiy, teng, togridan-togri hamda yashirin ovoz berish yoli bilan saylanadi. Qonunchilikka kora, 21 yoshga tolgan mamlakat fuqarosi deputat etib saylanishi mumkin.

Mamlakat qonunchiligida belgilangan ayrim oziga xos huquqiy me’yorlarga etiboringizni qaratmoqchimiz. Misol uchun, deputatlar oz faoliyatiga kirishishdan avval Milliy kengashning ilk yigilishida qasamyod qabul qiladi. Bundan bosh tortgan deputat oz vazifasidan ozod etiladi. Saylovning haqqoniyligini Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlaydi. Agar deputat hukumat azosi etib tayinlansa, uning vakolati bekor qilinmaydi. Deputat Milliy kengashning ruxsatisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki qamoqqa olinishi mumkin emas.

Deputat hukumat va uning azolariga yoki davlat boshqaruvining boshqa markaziy organi rahbarlariga oz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan sorov yuborish vakolatiga ega. Qonunchilik talabiga kora, deputat soroviga 30 kun ichida javob qaytarilishi shart.

Parlament majlisi deputatlar umumiy tarkibining beshdan biri talabi bilan ham chaqirilishi mumkin. Parlament majlislari ochiq-oshkora tarzda otkaziladi. Unda ekspertlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari erkin ishtirok etadi. Bundan tashqari, majlislar Milliy kengash qaroriga kora, yopiq tarzda ham otkazilishi mumkin. Buning uchun parlament azolarining beshdan uch qismi ovoz berishi talab etiladi.

Milliy kengash yoki uning organi talab qilganidahukumat azolari yoki davlat boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari parlament yigilishlarida ishtirok etishga majbur.

Kopchilik rivojlangan demokratik davlatlar singari Slovakiya parlamenti ham qonunlarni qabul qilish, ularga rioya etilishini nazoratga olish, referendum otkazish boyicha taklifni qabul qilish, inson huquqlari, harbiy xususiyatga ega xalqaro shartnomalarga qoshilish boyicha qaror qabul qilish, davlat byudjetini tasdiqlash, uning ijrosi yuzasidan hukumat hisobotini eshitish vakolatiga ega. Shuningdek, parlament ichki, xalqaro, mamlakat hayoti bilan bogliq muhim iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni muhokama qiladi.

Slovakiyada parlament uchun oldingi saylov 2012 yilning 10 martida otkazilgandi. Unda 44,42 foiz ovoz bilan «Yonalish sotsial-demokratik» partiyasi golib bolgandi. Bu bilan mazkur partiya parlamentdagi 150 orindan 83 tasini qolga kiritgandi. Natijada partiya yetakchisi Roberto Fitso Bosh vazir lavozimiga otirgandi. Xristian demokratik harakati partiyasi 8,82 foiz ovoz bilan ikkinchi, Oddiy odamlar va mustaqil shaxslar partiyasi esa 8,55 foiz ovoz bilan uchinchi orinni band etgandi.

Siyosatshunoslarning tahlillariga kora, bu galgi saylovda ham sotsial-demokratlarning galabasi taxmin qilingandi. Buning sababi nimada? Ana shu savolga javob topish maqsadida ushbu partiya faoliyatiga bir nazar tashlasak.

Mazkur siyosiy partiya 1999 yilda tashkil etilgan. Uning asoschisi, yetakchi siyosatchi Roberto Fitso hisoblanadi. Ular ishtirok etgan dastlabki parlament saylovi 2002 yilga togri keladi. Oshanda partiya parlamentda 25 deputatlik orniga ega bolgandi. Shundan song sotsial-demokratlar ozining goyalari, dasturlarini takomillashtirib borishdi. Asosan aholining turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, yangi ish orinlari yaratish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish bilan bogliq goyalarni ilgari surdi. Natijada partiyaning mamlakat siyosiy maydonida tutgan orni, aholi ortasidagi obrosi oshib bordi.

Partiyaning oliy organi Seym hisoblanadi. Uning joylarda hududiy tashkilotlari ham faoliyat yuritadi.

Bevosita joriy yil 5 mart kuni otgan saylovga etibor qaratadigan bolsak, unda yana bir bor Yonalish sotsial-demokratik partiyasi saylovchilarning 28,28 foiz ovozini toplab, golib bolgani haqida axborot berilmoqda. Bu bilan sotsial-demokratlar parlamentdagi 50 mandatga ega bolishadi. Ularga eng yaqin natijani liberal goyalar tarafdori bolgan Erkinlik va birdamlik partiyasi qayd etgani malum qilinmoqda. Mazkur partiya saylovchilarning 21,10 foiz ovozini olib, 21 deputatlik ornini egallashi takidlanmoqda.

Umuman, saylovda ishtirok etgan partiyalarning faqat 8 tasi parlamentdan orin olishga muvaffaq boldi.

Internet materiallari asosida

Nurali ORIPOV

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: