O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.03.2016

BEZAVOL RUH

Har qanday bayram — eng avvalo, ruhiy ne’mat. Ko‘zlar va kongillar quvonchi. Xalqlar, ellar va elatlar shodiyonasi.

Dunyoda bayramlar kop. Ularni taxminan uchga siyosiy, diniy va milliy bayramlarga bolish mumkin. Navrozi olam esa mazmun-mohiyatiga, udum va ananalariga kora, barchasidan ozgacha, ulug va betakror ayyomdir.

Navroz ona tabiat dala-yu dashtlarga, tog-u toshlarga, qir-adirlar-u bog-roglarga, jamiki tiriklik olamiga, odamzod esa oz saxovatini namoyon qilgan, poyi va boshi uzra gullar sochgan ona tabiatga mehr-muhabbat izhor etadigan nodir va gozal palla.

Navrozning dil rozi yer yuzini qoplagan yam-yashil maysalar, daraxt va butalarni kelinchakdek yasantirgan rango-rang gullar timsolida namoyon bolsa, insonlarning dil rozi kulgu-qahqahasi, ohangida baxtiyorlik balqigan taronalari, oyinlari, tokin dasturxoni, bir-biriga ulashgan mehr-muhabbatida aks etadi.

Navrozning kuy-qoshiqlari, oyin va raqslari, udum va tutumlari, hatto ruhi ham boshqa bayramlardan tubdan farq qiladi.

Uning ruhida: insonning yangilanish va yasharish fasliga moli-joni, oilasi, qavm-qarindoshi, yor-dostlari bilan sog-omon yetganligining shukronasi; katta-yu kichikning rizq-rozi yaratiladigan, dasturxonlarga qut-baraka, oilalarga farovonlik inom etadigan dehqonchilik yili boshlanganining, chorvasining tuyogi va mahsuloti kopayadigan kunlar kelganining quvonchi; qish faslida toxtab qolgan ishlarni boshlashning qulay pallasi kelgani, yani yaratuvchilik va bunyodkorlikka yonaltirilgan orzu-niyatlarini royobga chiqarishga yol ochilganining suyunchi; bahor faslini tinch va osoyishta yurtda, turli millatga mansub yurtdoshlar bilan totuvlik va hamjihatlikda kutib olayotganining sururi mujassamdir.

Shuning uchun ham xalqimiz ushbu ayyomni har safar ozgacha shukuh, ezgu orzu-umidlar, yorug niyatlar bilan kutib oladi va kotarinki kayfiyat bilan nishonlaydi. Bu bilan Navrozi olamni nishonlashni urfga kiritgan olis bobolarga hurmatini, bugungi kuniga ezoz va ehtiromini, kelajakka ishonchini ifodalaydi.

Shu yil 21 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy bogida bolib otgan tantanali marosimdagi sozida davlatimiz rahbari takidlaganidek, Navrozning olmas ruhi va qadriyatlari avlodlardan avlodlarga bezavol otib kelmoqda, oradan qancha yillar, zamonlar otmasin, bu goya va odatlar bugungi kunlarda ham xalqimizning ongu tafakkurida chuqur iz qoldirib, kuchayib bormoqda.

Gullar ogushiga komilgan maydonda yangragan va bir-biriga ulangan kuy-qoshiqlar, turli millatga mansub tantana qatnashchilarining xursandchiligi ushbu haqiqatni tasdiqlash bilan birga, yurtimizning shahar va qishloqlar, ovullar va mahallalaridan boshlanib, hamon davom etayotgan Navroz shodiyonalarining choqqisi boldi. Butun xalqning diqqat-etiborini ushbu ayyomga jalb etdi, unga ozgacha joziba bagishlab, qadr-qimmatini yana bir marta oshirdi.

Navroz faqatgina bahor bayrami, ezgu niyatli insonlarning boshini qovushtiradigan shodiyona bolib qolmasdan, ayni paytda mehr-oqibat va xayr-saxovat tantanasi hamdir. Bayram tabrigida xalqimizning qon-qoniga, suyak-suyagiga singib ketgan olijanoblik, bagrikenglik, odamiylik va mehribonlik kabi xislatlariga alohida urgu berilgani ham bejiz emas.

Darhaqiqat, bayram kunlari ijtimoiy himoyaga muhtoj, kop bolali xonadonlarning, yakka-yolgiz keksalarning, urush va mehnat faxriylarining, bemorlar va nogironlarning holidan xabar olish, bayram bilan qutlab, sovga-salomlar hadya etish ham aslida Navrozdan boshlangan umrboqiy udumlardir, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Xalqimiz nafaqat bayram kunlari, balki har doim ajdodlardan qolgan, «Gam bolinsa, kamayadi, shodlik bolinsa, kopayadi», degan hikmatga amal qilib keladi. Yani, yaqin va uzoq qoshnilar bilan munosabatni ozaro hurmat, dostlik va hamjihatlik, bir-birining manfaatlarini hisobga olish asosiga quradi, ozining quvonchini qoni-qoshni ellar va yurtlar bilan bolishib, ozgalarga ham shodu xurramlik ulashishga intiladi. Nafaqat oz yurtiga, balki butun bashariyatga birdek tinchlik va omonlik tilab yashaydi.

Bu xislatni yurtdoshlarimiz olamga bor mehrini sochib, yeru kokni yashillik va yaxshilikka burkaydigan saxiy va himmati baland ona tabiatdan, uning erka ayyomi Navrozi olamdan olgani ham mubolaga emas.

Necha ming yillardan beri xalqimizga kuch-quvvat bagishlab, ezguliklar sari chorlab kelayotgan Navrozning hayotbaxsh ruhi yurtdoshlarimizga madadkor bolsin.

Baxtiyor RIZAYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: