O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.03.2016

MAFTUNKOR YURTNING BETAKROR BAYRAMI

Mamlakatimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Joylarda otkazilayotgan bayram sayillari ishtirokchilarining tilida, dilida shukronalik. Istiqlolimiz, tinch va osoyishta hayotimiz qadri haqida tolqinlanib sozlaydi ular. Yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar ham bu jarayonlarga guvoh bolmoqda. Ulardan ayrimlarining taassurotlari bilan qiziqdik.

Olesya AYVODA (Fransiya):

— Ozbekiston va uning qadimiy shaharlari haqida kop eshitganman, oqiganman. Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qoshgan buyuk allomalar yurtini korishni orzu qilardim. Qarangki, Navroz arafasida niyatimga yetdim. Bu bayram haqida muayyan tasavvurga ega bolsam-da, bevosita ishtirok etib hayratim yanada ortdi.

Navroz milliy qadriyatlar bayrami ekan. Bunga Buxoro shahrida yoshlar ishtirokida otkazilgan festivalda guvoh boldim. Milliy xalq oyinlari, Navroz tarannum etilgan yalla-yu raqslar, sumalak tayyorlayotganlar yonidan otar ekanman, dimogimga allaqanday ajib hid urildi. Toxtab qoldim. Nega, iymanib turibsiz, tatib koring, deyishdi. Bunaqa totni hech qachon, hech qayerda uchratmaganman. Otmishi buyuk, kelajagi porloq xalqning mana shunday bayramlari boladi. Bayramingiz muborak bolsin!

Kristian KAYZAR (Germaniya):

Oliy oquv yurti oqituvchisiman. Buxoroga bir guruh talaba-yoshlar bilan keldim. Shahar, uning tarixiy obidalari bizda katta taassurot qoldirdi. Har bir obida ozbek xalqining ozidek betakror. Kochalar obod, odamlar xushmuomala.

Qadimiy Ark qal’asi yonida otayotgan Navroz sayli ustidan chiqib qoldik. Hammasi sehrli, goyo ertaklar olamiga tushib qolgandek bolasan kishi. Biz ham yoshlar davrasida raqsga tushib ketganimizni bilmay qoldik.

Mariko OTSUKA (Yaponiya):

Men ikki yildan buyon Ozbekiston Yaponiya markazining Buxoro bolimida JICA (Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti)da kongilli sifatida ishlayman. Ozbek tilini muloqot qiladigan darajada organdim.

Ozbekiston maftunkor yurt, Navroz betakror bayram. Buxoro shahri kun sayin chiroy ochib bormoqda. Bu Navroz arafasida yanada yaqqol seziladi. Sizlarda har kuning Navroz bolsin, degan ibora bor ekan. Buning zamirida katta hikmat mujassam. Oz tarixi, madaniyati va urf-odatlarini uluglagan xalqning ertasi yanada nurafshon boladi.

OzA muxbiri

E.YODGOROV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: