O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.05.2012

OzLiDePga murojaat qilgandik, ammo...

Mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonining yangi bosqichini belgilab bergan Konsepsiyada siyosiy partiyalarning zimmasiga ham yuksak mas’uliyatli vazifalar yuklandi. Bugun siyosiy partiyalar demokratik jarayonlarda faol ishtirok etishi, o‘z tasir kuchiga ega bolishi uchun ularga qonun asosida katta huquq va vakolatlar berildi.

Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan siyosiy kuch elektorat manfaatini munosib himoya etadi, odamlar ishonchini qozonadi. Buning uchun eng avvalo, Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini tahlil etish, elektorat vakillarini oylantirayotgan muammolarni hal qilishga amaliy yordam berish kerak boladi.

Malumki, har bir siyosiy partiya oz goyalarini qollab-quvvatlovchilarga tayanadi. Ayni paytda, siyosiy partiya elektorati vakillari ozini oylantirgan masalada undan yordam kutadi. Siyosiy partiya elektorat murojaatini hal qilishga yordam bersa, uning tarafdorlari kopayadi, jamiyatdagi mavqei ortib boraveradi.

Elektorat vakillari muammolarini organish va ularga amaliy yordam korsatishda OzXDP mahalliy Kengashlarida tashkil etilgan Jamoatchilik qabulxonalari muhim rol oynamoqda. Aynan ushbu qabulxonalar faoliyati odamlar bilan ishlashning muhim vositasi sifatida tobora takomillashib bormoqda. Elektorat murojaatlarini hal qilish tizimini yanada takomillashtirish, bunda partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu bejiz emas. Chunki siyosiy partiyaga elektoratni oylantirayotgan masalalarni organish va ularni hal etishda yordam berish boyicha muayyan mexanizm zarur. Bu ayni paytda murojaatlarni umumlashtirgan holda tahlil qilish, shu asosda tegishli chora-tadbirlar belgilash imkonini beradi. Ammo ayrim siyosiy partiyalar, xususan, OzLiDeP bu muhim masalaga yetarli darajada etibor qaratmayapti.

Elektorat murojaatlari bilan ishlash boyicha OzLiDePning Namangan viloyati ayrim tumanlaridagi faoliyati bunga misol bola oladi.

Viloyat ahliga sifatli yodlangan tuz mahsuloti yetkazib berish bilan qator korxonalar shugullanib kelmoqda. Shulardan biri Chust tuman markazida joylashgan «Samo nur magrur» xususiy korxonasidir. U 2009 yil ish boshlagan. Korxona viloyatga tuz olib keladi, yodlanganlik darajasini tekshiradi, zarur bolsa, qoshimcha tarzda yodlaydi, qadoqlab savdoga chiqaradi.

— Tumanimizda 250 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi, deydi korxona rahbari Samadjon Dadajonov. Tuman ahliga yodlangan tuz yetib borishi korxonamiz faoliyati bilan bogliq. Bu yerda hozir 7 nafar kishi mehnat qilayapti. Tuzdek aziz nemat bilan ishlashning oziga xos nozik talablari va qonun bilan belgilangan meyorlari bor. Ulardan chetga chiqmaslik, sanitariya-gigiena qoidalariga qatiy rioya etish zarur. Anchadan beri seximiz faoliyatini tuzni yodlash va qadoqlashga doir standartlarga moslashtirish niyatidamiz.

Ishlashga sharoit yetarli bolmagani, mablagimiz kamligi sababli otgan yili fevral oyidan avgustgacha korxonamiz toxtab qoldi. Shundan song OzLiDeP tuman kengashiga tashkiliy-huquqiy masalada yordam sorab murojaat qildik. Togrisi, kredit olishda qiynalib qolgan edik. Ammo hech qanday yordam olmadik...

OzLiDep tadbirkor va ishbilarmonlarni oz elektorati hisoblaydi. Ularning huquqlari, manfaatini himoya etishni oz zimmasiga olgani kopchilikka malum. Ammo aynan tadbirkorning yordam sorab qilgan murojaati javobsiz qolishini qanday izohlash mumkin? Vaholanki, tuman Kengashida OzLiDepdan saylangan 7 nafar deputat bor. Ular oz vakolati doirasida ijro hokimiyati, tegishli boshqa idoralarga murojaat etib, tadbirkorga yordam bersa bolar edi.

Shu orinda ayrimlarda savol tugilishi mumkin: bitta tadbirkorga yordam bermagani bilan OzLiDep tuman Kengashi va deputatlik guruhi faoliyatiga baho berib bolmaydi-ku. Togri, ehtimol liberallardan saylangan deputatlarning boshqa ibratli ishlari bordir? Aynan shu savolga javob axtarib kordik. Malum bolishicha, 2011 yilda Xalq deputatlari tuman Kengashining 4 ta sessiyasi bolgan. OzXDP tuman Kengashidagi deputatlik guruhi (18 nafar) ikkita Istemolchilar huquqini himoya qilish togrisidagi qonun ijrosi, bandlik masalasida tuman bandlikka komaklashish markazi rahbarining hisobotini sessiya kun tartibiga kiritgan. Joriy yilda esa Aholiga tibbiy xizmat korsatish sifatini oshirish masalasini doimiy komissiyaga olib chiqqan. OzLiDepdan saylangan deputatlar guruhi esa otgan yili ham, bu yil ham birorta masalani sessiyalar kun tartibiga kiritmagan.

Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hissasini oshirish dolzarb vazifa bolib turgan bir paytda OzLiDeP oz elektorati murojaatlari, ularni oylantirayotgan masalalarga beparvo munosabatda bolayotganini tushunish qiyin. Islohotlar talabi darajasida faoliyat korsatmayotgan, zimmasidagi masuliyatni chuqur his qilmagan partiya elektorat vakillaridan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan uzoqlashadi, odamlar ishonchini yoqotadi.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: