O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.03.2016

PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING NAVROZ BAYRAMIGA BAGISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI SOZI

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Tabiat uyg‘onib, gul-chechaklar ochilib, atrof yashil libosga burkanib borayotgan shu kunlarda yasharish va yangilanish fasli bolmish Navrozi olam yurtimizga kirib kelishi bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash, barchangizga ozimning chuqur hurmat va samimiy tilaklarimni izhor etish — men uchun katta baxtdir.

Navrozi olam barchamiz uchun necha ming yillik tarixga ega, ildizlari «Avesto» davrida paydo bolgan, qadimiy, asl milliy, har qanday siyosatdan yiroq, kecha va kunduz teng keladigan sharqona yangi yil bolib, el-yurtimiz tabiatiga, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgan eng sevimli, eng gozal bahor bayramidir.

Ayni shu betakror va dilbar faslda koklam nafasi va mayin shabadalar kirib kelishi, kurtaklarning ochilishi bilan inson vujudiga bahor nashidasi yugurgandek boladi. Barchamiz ozimizni yasharib ketgandek, kuch-quvvat, gayrat va shijoatga tolgandek sezamiz, ozimizni tabiatning uzviy va ajralmas qismi deb his qilamiz.

Ayni shu fayzli, shodiyona damlarda yurtimizning barcha goshalarida, qir-adirlar, bogu roglarda yurtdoshlarimiz sumalak va halim, koksomsa va goja kabi tansiq taomlar tortilgan dasturxonlar atrofida toplanib, bu bahor ne’matlarini oz oilasi, yaqinlari, dostu birodarlari bilan baham korishga intiladi.

Hech shubhasiz, bunday xursandchilik va sayil-tomoshalarni kopchilik xonadon va mahallalarda, markazda, uzoq va chekka qishloqlarda korish, kuzatish qiyin emas.

Aholimiz, qaysi millat va elat vakili bolishidan qati nazar, bayramona kayfiyatga berilib, bu ajoyib ayyomni katta shodu xurramlik bilan otkazadi, bunday damlarda nafaqat tanish, balki notanish odamlarni ham qutlab, bagriga bosib, soglik, baxtu saodat va omad tilashi hech kimni befarq qoldirmaydi, desam, haqiqatni aytgan bolaman.

Men ham ayni shu daqiqalardan foydalanib, mana shu muazzam va gozal maydonda toplangan siz, azizlarga, butun xalqimizga qarata Alisher Navoiy bobomizning tabarruk sozlari bilan aytmoqchiman: Barchangizga Navroz bayrami muborak bolsin, har kuningiz Navroz bolsin! degan samimiy tilaklarimni, mehr-izzatimni qabul qilishingizni sorayman.

Qadrli dostlar!

Navrozning olmas ruhi va qadriyatlari avlodlardan-avlodlarga bezavol otib kelmoqda, oradan qancha yillar, zamonlar otmasin, bu goya va odatlar bugungi kunlarda ham xalqimizning ongu tafakkurida chuqur iz qoldirib, kuchayib bormoqda.

Shu orinda bazi bir misollarni olib kelmoqchiman.

Necha ming yillik tariximizdan malum: Navroz faslida turli nizo va adovatlar, gina va arazlar unutilib, odamlar, millat va elatlar ortasida mehr-oqibat, shafqat va muruvvat, hamjihatlik kabi insoniy tuygular yanada kuchayadi.

Shu borada bir faraz qilaylik: agarki, bugungi kunda xalqaro maydonda tobora avjiga chiqayotgan keskinlashuv, mojaro va qarama-qarshiliklarni, hali-beri davom etayotgan qon tokishlarning oldini olish, paydo bolayotgan muammolarni faqatgina tinchlik va siyosiy muzokaralar yoli bilan hal qilishga qaytsak, xalqimiz iborasi bilan aytganda, olam guliston bolardi.

Ishonchim komil, agarki shu kunlarda kopni korgan, qancha-qancha sinovlarni boshidan kechirgan, yaxshilik va ezgulikni doimo yuragining torida saqlab keladigan, mehr-oqibatli xalqimizdan, sharqona yangi yil kirib kelishi arafasida turib, yangi yilda sizning eng ezgu niyatlaringiz nimalardan iborat, deb sorasa, xalqimiz, hech ikkilanmasdan, bizga tinchlik va omonlik kerak, deb javob berishi muqarrar.

Bunday yakdillikning sababi va ildizlarini avvalo bizning qadimiy tariximiz, kop qirrali buyuk madaniyatimizda, umumbashariy taraqqiyotga ochmas hissa qoshgan ulug olim va mutafakkirlarimiz qoldirgan bebaho merosda, ona yurtimiz kop zamonlar davomida bilim, manaviyat va marifat markazi bolib kelganida korish darkor.

Buning ustiga, azal-azaldan xalqimizga mansub bolgan olijanoblik, bagrikenglik, odamiylik va mehribonlik, muhtoj bolganlarni qollab-quvvatlash, keksalarning duosini olish, yetim-esirlarning boshini silash kabi savob ishlarni bajo keltirishda bunday xususiyat va alomatlar aholimizning qon-qoniga, suyak-suyagiga singib ketgani hech kimga sir emas.

Bularning barchasi asrlar mobaynida avloddan-avlodga otib, boyitilib, oxir-oqibatda ezgu insoniy tushunchalarga aylanib, xalqimizning manaviy va amaliy dunyoqarashi uchun mustahkam poydevor bolgan.

Tabiiyki, bunday olijanob, noyob xususiyat va fazilatlarga ega bolgan, pok orzu-intilishlar bilan yashayotgan, ozi uchun tinchlik va omonlikni, musaffo osmonni istaydigan xalqimiz, hech shubhasiz, yaqin va uzoq qoshnilari bilan oz munosabatlarini ozaro hurmat, dostlik, hamjihatlik, bir-birining manfaatlarini hisobga olish asosida quradi. Va yurtimizni, aholimizni har qanday balo-qazolardan omon saqlashni ozining ustuvor vazifasi deb biladi.

Mana shunday quvonchli damlarda bugun bizga katta hurmat va ehtirom bildirib, shu gozal maydonda Navroz shodiyonalarimizda ishtirok etayotgan chet mamlakatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini, xorijiy sherik va hamkorlarimizni, barcha muhtaram mehmonlarimizni sizlarning nomingizdan, butun xalqimiz nomidan Navroz bayrami bilan qutlashga, ularga qizgin hurmat va salomimizni yollashga ruxsat bergaysiz.

Muhtaram yurtdoshlar!

Bugun mana shu fayzli maydonda jamuljam bolgan siz, azizlarni qutlab, sizlarning timsolingizda avvalo Ozbekistonimizni yanada obod va farovon qilish yolida ozining mardona mehnati va matonati bilan ulkan hissa qoshayotgan, erishayotgan yutuq va marralari bilan barchani qoyil qoldirayotgan, yovuz kuchlarga bosh egmaydigan, oz qadr-qimmatini, mustaqilligini yuksak baholaydigan, bagrikeng xalqimizni koraman. Va shu yuksak minbardan turib, shunday olijanob fazilatlar sohibi bolgan xalqimiz oldida tazim qilaman.

Bizning tayanchimiz va suyanchimiz bolmish Ozbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman: boshimizdan kechirayotgan, shiddat bilan ozgarib, tobora murakkablashib borayotgan davr barchamizning, birinchi navbatda, siz, aziz farzandlarimizning oldiga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, intellektual boyliklarni chuqur egallash, shu bilan birga, mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini yangi bosqichga kotarish, iqtisodiyotimizni yangilash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bularni taraqqiyotimizning lokomotiviga aylantirish kabi vazifalarni qoymoqda.

Ayni shu ulkan dolzarb maqsadlarga erishish yolida siz, azizlarning xalqimiz, Vatanimizning ishonchini oqlashga qodir ekaningizga ishonaman va barchangizni doimo qollab-quvvatlashga tayyorman.

Aziz va qadrli vatandoshlarim!

Mana shu nurafshon va gozal ayyomda barchangizni kirib kelayotgan Navroz bayrami bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklayman.

Navroz har bir oila, har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, mehru oqibat, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

Barcha-barcha orzu-niyatlarimiz ushalsin!

Navrozi olam barchamizga muborak bolsin!


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: