O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
15.03.2016

ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH

tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ichki bozorni raqobatdosh, sifatli va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan toldirishning muhim omilidir

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Mahalliylashtirish dasturi ichki bozorni sifatli va import ornini bosuvchi mahsulotlar bilan toldirish hamda ishlab chiqaruvchilar ortasida kooperatsion aloqalarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berdi.

Bugunga kelib neft va gaz sohasi, yirik hamda oziq-ovqat sanoati korxonalari uchun uskunalar, polimer hamda plastmassa buyumlari, kaliyli ogitlar, elektr dvigatellar, kabel va simlar, sport anjomlari, maishiy texnikalar, tejamkor yoritish moslamalari, qurilish va pardozlash materiallari mahalliy xomashyodan tayyorlanmoqda.

Turi yuzdan oshadigan mahalliy mahsulotlar faqat ichki bozorimizni toldirib qolmasdan, tashqi bozorlarga ham chiqarilmoqda. Faqatgina 2015 yilning ozida qoshimcha 52 turdagi 25 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingani ham buning tasdigidir.

— Dasturga kiritilgan korxonalarning uch yilgacha yagona soliq tolovi, mulk va foyda soligi hamda bojxona tolovlaridan ozod etilgani tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda, deydi Qarshi tumanidagi «Metrolog» MChJ rahbari Dilshod Ziyatov. Mahalliylashtirish loyihalari pasportlarini ishlab chiqish va korib chiqish tizimining avtomatlashtirilgani tufayli taqdim etayotgan loyiha hujjatlarini toldirishga sarflanayotgan vaqtimiz tejalmoqda. Ularning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan korib chiqilish muddati ham sezilarli qisqardi.

Korxonamiz 2006 yilda Dasturga yuqori kuchlanishli saqlagichlarni ishlab chiqarish loyihasi bilan kirgan edi, deydi Andijon viloyatidan Fusunkor MChJ direktori orinbosari Iqbolbek Rahmonov. On yil mobaynida berilgan imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yana besh turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni yolga qoydik. Agar 2010 yilda korxonamiz 400 million somlik mahsulot ishlab chiqargan bolsa, bugungi kunga kelib, bu korsatkich 3 milliard 200 million somga, ishlovchilarimiz soni 45 dan 80 nafarga yetdi. Ayni paytda yana 2 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish arafasida turibmiz.

Ozimizda chiqarilayotgan mahsulotlar narxi chetdan olib kelinayotganidan ancha arzonga tushmoqda, deydi Iqtisodiyot vazirligining mutaxassisi Otabek Raziqov. Bu esa sanoat korxonalari ortasidagi kooperatsion aloqalarning kuchayishiga olib kelmoqda. Dasturni amalga oshirishda dunyoning yetakchi xorijiy kompaniyalari va investorlarini jalb etishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Samarqand viloyatidagi ogir yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi MAN kompaniyasi, qishloq xojaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi CLASS va Lemken kompaniyalari, maishiy texnika ishlab chiqaruvchi TOSHIBA, Candy, LG va SAMSUNG korxonalari bilan hamkorlik natijasida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik korxonalar bilan yirik korxonalarning hamkorligi tobora kuchaymoqda.

Darvoqe, otgan yilgi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida mahsulot yetkazib berish boyicha umumiy qiymati 11,9 trillion somlik 13,3 ming shartnoma tuzilgan bolsa, shundan 2,1 trillion somligi import ornini bosadigan mahsulotlarni ozimizda ishlab chiqarishni ozlashtirish va yetkazib berish boyicha shartnomalardir. Ushbu shartnomalarning bajarilishi esa joriy yilda iqtisodiyotimizda muhim orin tutadigan korxonalarning chet eldan mahsulot sotib olishi uchun ishlatiladigan 637,5 million dollar miqdoridagi mablagni tejab qolish imkonini beradi.

Ayni paytda Mahalliylashtirish dasturi doirasida ish boshlaydigan korxonalar va kichik biznes subyektlari koplab yangi ish joylarining yaratilishiga olib keladi.

Eng asosiysi, import ornini bosuvchi, xaridorgir mahsulotlarning ozimizda ishlab chiqarilishi natijasida mamlakatimizning iqtisodiy qudrati yanada oshadi, aholining turmush farovonligi yuksaladi.

Obiddin MAHMUDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: