O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.03.2016

XARTLI BUT: OZBEKISTON OZ OLDIGA QOYGAN BARCHA STRATEGIK VAZIFALARNI IZCHILLIK BILAN AMALGA OSHIRMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi Buyuk Britaniya ekspertlar hamjamiyatida ham katta qiziqish uygotdi. Jumladan, «Britaniya – Ozbekiston jamiyati» raisi davlatimiz rahbarining mazkur maruzasi yuzasidan ozining quyidagi fikr-mulohazalarini bayon etdi:

— Ozbekiston bilan yaqin hamkorligimiz mavjudligi bois, kop yillardan beri mamlakatning zamonaviy rivojlanishidan voqif bolib kelmoqdaman. Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy jarayonlar kechayotgan bolishiga qaramay, Ozbekiston raqobatbardosh va diversifikatsiyalashgan iqtisodiyotga asoslangan zamonaviy demokratik davlatni barpo etish yolidan ogishmay oldinga qarab harakatlanmoqda.

Dunyoda bunday maqsad yolida harakat qilayotgan mamlakatlar talaygina, biroq Ozbekistonning oziga xosligi shundaki, keyingi yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda salmoqli muvaffaqiyatlarni qolga kiritgan bolishiga qaramay, mamlakat bu yonalishdagi jarayonni izchil davom ettirmoqda.

Songgi on yil mobaynida Ozbekistonda iqtisodiy osishning barqaror suratlari saqlanib kelayotgani 2030 yilga borib mamlakatda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish imkonini beradi. Bu global iqtisodiyot rivojlanishi tamoyillari hisobga olingan hamda mamlakat rivojlanishining holati va istiqbollari aniq-ravshan baholangan holdagi strategik rejalashtirishdir.

Menimcha, Ozbekistonda otgan yili davlat rahbari tashabbusi bilan boshlangan davlat korxonalarini xususiylashtirish dasturi, shu jumladan, davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qoyilgani oz vaqtida tashlangan qadamdir. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida davlat ishtirokini qisqartirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini qollash bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirishga komaklashadi.

Yana bir muhim jihat. Ozbekistonda mulkchilik tizimini tubdan ozgartirish boyicha ishlar xususiy mulk himoyasini kafolatlaydigan hamda biznesni rivojlantirish uchun mamuriy tosiqlarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilik zaminini takomillashtirishdek majmuaviy chora-tadbirlar bilan birga olib borilmoqda. Shunisi ayonki, respublika rahbariyati tadbirkorlar faoliyati uchun qulay sharioitlarning yaratilishi soglom iqtisodiyotning garovi hamda aholi farovonligini oshirishning muhim omili ekanligini juda yaxshi biladi.

Kopgina mamlakatlarda ishlab chiqarishning pasayishi va istemolchilikning qisqarishi kuzatilayotgan hozirgi paytda Ozbekiston keng kolamdagi sanoat va infratuzilma qurilishini, jumladan, chet el sarmoyasi ishtirokidagi bunyodkorlik ishlarini ishonch bilan davom ettirmoqda. 2015 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bolgan 158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti qurilishi yakunlangani va foydalanishga topshirilgani mamlakat iqtisodiyotining soglom ekanligidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, 2015 2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yol-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi doirasida avtomobil yollarini qurish va rekonstruksiya qilish, temir yollar tarmogini yanada rivojlantirish boyicha amalga oshirilayotgan keng kolamdagi ishlar ham katta etiborga sazovordir.

Muxtasar qilib aytganda, Ozbekiston oz oldiga qoygan barcha strategik vazifalarni izchillik bilan amalga oshirmoqda.

Jahon AA,

London.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: