O'zb  
 
10.03.2016

ELEKTR QUVVATIGA EHTIYOJ TOLIQ QONDIRILADI

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi hamda eksport reja-ko‘rsatkichlariga muvofiq, 2015 yilda respublikamizda 57,5 mlrd.kVt.s.dan ortiq (2014 yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘p) elektr energiyasi ishlab chiqarildi va iste’molchilarga yetkazib berildi.

Bir qator investitsiya loyihalarning yakunlanishi, jumladan, Toshkent IESda bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirilishi hisobidan 370 MVt va Chorvoq GESi modernizatsiya qilinishi hisobidan 15 MVt qo‘shimcha quvvatlar ishga tushirildi.

Ta’kidlash joizki, respublikamizdagi elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, energosamarador bo‘lgan yangi elektr stansiyalarini qurish, past va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash, shuningdek, ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Bu esa yurtimizda faoliyat yuritayotgan katta-kichik sanoat korxonalarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini talab darajasida qondirish imkonini beradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: