O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.03.2016

OZBEKISTON XOTIN - QIZLARIGA BAYRAM TABRIGI

Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim!

Ona tabiat chiroy ochib, atrof-muhit yashil libosga burkanib, bahor nashidasi tobora kuchayib borayotgan ayni shu fusunkor ayyomda siz, azizlarimni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan tabriklashni ozim uchun katta baxt deb hisoblayman.

Mana shu bayram kunlarida biz – yurtimizning keksayu yosh barcha-barcha erkak zoti, mard oglonlari haqiqatan ham Yaratganning mojizasi bolmish ayol siymosi oldida, avvalambor, mehribon onalarimiz oldida bosh egib, ta’zim bajo keltiramiz.

Munis opa-singillarimiz, vafodor umr yoldoshlarimiz, dunyodagi eng chiroyli, latofatli qizlarimizni tabriklab, ularning shaniga samimiy va ezgu tilaklarimizni, chuqur hurmatimizni izhor etamiz, jajji qizaloq nabiralarimizni bagrimizga bosib, chin yurakdan qutlaymiz.

Shu kunlarda hammamizning tilimizda, dilimizda bolgan bir fikrni hech ikkilanmasdan aytishni zarur deb bilaman.

Bu dunyoda shirin va ahil, baxtli hayot uchun poydevor yaratib, insonni inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun sevgi-muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bolib kelayotgan siz, gozal va betakror, qadrdon ayollarimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Chindan ham, ozining beqiyos mehri va fidoyiligi, sabr-qanoati va chidamliligi bilan xonadonlarimizda, butun jamiyatimizda tinchlik-xotirjamlik, totuvlik va hamjihatlik muhitini saqlab, hayotimizga fayzu tarovat bagishlaydigan, tunlari bedor bolib, bolalarimizni barkamol insonlar, Vatanimizning mard va jasur himoyachilari etib voyaga yetkazadigan kim?

Mehribon va oqila ayollarimiz emasmi?

Umr yollarimizda qanday ogir sinov va mashaqqatlar duch kelmasin, ularni yengib otishda ruhimizni kotarib, kuchimizga-kuch, gayratimizga-gayrat qoshadigan insonlar ham, hech shubhasiz, dunyodagi eng motabar zotlar, qalbi daryo ayollarimizdir.

Shu manoda, Alisher Navoiy bobomizning «Ayollar farishtalarning opa-singillaridir» degan hikmatli sozlarida qanday chuqur mano borligini, oylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz.

Hurmatli yurtdoshlar!

Biz oz oldimizga qoygan oliy maqsadimizga erishish yolida, yani jahondagi eng taraqqiy topgan, demokratik va erkin davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimizning obro-etiborini yuksaltirishda, muxtasar qilib aytganda, bugun Ozbekistonimiz qolga kiritayotgan ulkan marralarda bu qaysi soha, qaysi kasb-hunar bolmasin, ularning barchasida ayollarimizning munosib, buyuk hissasi borligini minnatdorlik bilan takidlaymiz.

Bu haqda gapirganda, xotin-qizlarimizning nafaqat kundalik turmushda, balki davlat miqyosidagi eng muhim masalalarni hal qilishda orni va roli tobora ortib borayotganini alohida qayd etishni zarur deb bilaman.

Bugungi kunda yuzlab deputat ayollarimiz Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarda xalq vakillari bolib faoliyat korsatayotgani, davlat va jamiyat boshqaruvida, siyosiy va ijtimoiy hayotimizda, fuqarolik institutlari va nodavlat tuzilmalarda qanchadan-qancha opa-singillarimiz el-yurt manfaati uchun jonbozlik bilan xizmat qilayotganini hurmat bilan etirof etamiz.

Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega bolgan talim-tarbiya, madaniyat va ilm-fan sohalarida mehnat qilayotgan xodimlarning 73 foizini, sogliqni saqlash tizimida 75 foizini, ishlab chiqarish tarmoqlarida 42 foizini, qishloq xojaligida 43 foizini aynan ayollar tashkil etayotgani ularning haqiqatan ham biror-bir sohada hech kimdan qolishmasligini korsatadi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi kichik biznes subyektlarining 120 mingdan ziyodini, fermer xojaliklarining 4 ming 550 dan ortigini xotin-qizlar samarali boshqarib, barchaga ornak va namuna bolib kelmoqda.

Men joylarda bolib, mana shunday ozining qadr-qimmatini, hayotning pastu balandini yaxshi biladigan, kelajakka katta ishonch bilan qarab, sidqidildan mehnat qilayotgan opa-singillarimiz bilan uchrashib, suhbat qurganda, ochigini aytishim kerak, ozim uchun katta taassurot, manaviy-ruhiy quvvat olaman.

Jamiyatimiz taraqqiyotini bugungi yuksak bosqichga kotarishda dunyoda oxshashi kam bolgan noyob tuzilma mahalla faollarining, xususan, diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchi bolib ishlayotgan, kopni korgan, jonkuyar opa-singillarimizning beqiyos hissasi borligi barchamizni albatta quvontiradi. Elu yurtimiz ortasida soglom muhitni mustahkamlash, xonadonlarda turli ginayu arazlarning oldini olish, yosh oilalarni qollab-quvvatlash borasida ozini ayamasdan mehnat qilayotgan ana shunday ming-minglab ayollarimizga oz nomimdan, xalqimiz nomidan samimiy tashakkur izhor etishni ozimning burchim, deb bilaman.

Aziz opa-singillar!

Biz Vatanimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlab yurtimizda oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollarning huquq va manfaatlarini taminlash, ularning jamiyatdagi orni va nufuzini oshirish kabi muhim vazifalarni davlat siyosati darajasiga kotarganimiz va bu sohada amalga oshirayotgan ishlarimiz bugungi kunda jahon miqyosida havas bilan tan olinmoqda.

Bu haqda kop gapirmasdan, birgina 2015 yilning ozida tadbirkor ayollar uchun ajratilgan kreditlar 1 trillion 255 milliard somni yoki 2014 yilga nisbatan 130 foizni tashkil etganini aytish kifoya, deb oylayman.

Hech shubhasiz, bunday komak va yordam xotin-qizlarning qobiliyati va salohiyatini royobga chiqarish, ularning jamiyatimiz hayotidagi munosib ishtirokini taminlashda muhim amaliy qadam bolmoqda.

Otgan yili kasb-hunar kollejlarini bitirgan 230 mingdan koproq qiz bolalar ishga joylashtirilgani, tadbirkorlik sohasida oz ishini boshlayotgan 6 mingdan ortiq yosh qizlarga 51 milliard somdan ziyod kreditlar ajratilgani ham opa-singillarimizning hayotiy manfaatlarini taminlash borasidagi salmoqli ishlarimiz qatoriga kiradi.

Shu bilan birga, keyingi ikki yilda 2 ming 80 ta xonadonga moljallangan 57 ta kop qavatli Kamolot uylari barpo etilib, yosh oilalarga berilgani, minglab yoshlarimiz uchun imtiyozli ipoteka va istemol kreditlari ajratilgani va bunday tadbirlar izchil davom ettirilayotganini qayd etish orinlidir.

Shular haqida soz yuritar ekanmiz, 2015 yilda 1 ming 668 nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, 983 ta medalga erishgani, iqtidorli farzandlarimiz nufuzli xalqaro tanlovlarda 137 ta sovrinli orinni, jumladan, 76 ta gran-prini qolga kiritganini yurtimizda soglom va barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan keng kolamli ishlarimizning amaliy natijasi sifatida qabul qilamiz.

Ayni vaqtda xotin-qizlarimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, ularning ogirini yengil qilish, oz bilim va professional malakasini amalda namoyon etishi uchun keng yol ochib berish boyicha hali kop ish qilishimiz kerak.

Ayniqsa, jondan aziz farzandlarimizni dunyoda hech kimdan kam bolmaydigan insonlar qilib kamol toptirish, avvalo, qiz bolaning taqdiri haqida gamxorlik qilish, uni bamisoli jamiyatimizning gulidek tarbiyalab, voyaga yetkazish, bolajak oilaning baxtli bekasi sifatida korish vazifasi, yana va yana bir bor aytaman, barchamizning eng oliy maqsadimiz bolishi darkor.

Nega deganda, buning negizida xalqimiz, millatimizning hayoti, kelajagi bilan bogliq oddiy va shu bilan birga, ota masuliyatli haqiqat mujassam bolib, uni hech qachon unutmasligimizni istardim. Yani, qizlarimiz timsolida biz avvalambor bolgusi onalarni, ham jismoniy, ham manaviy soglom avlodni ozimizga tasavvur qilamiz, naslimiz davomchilarini koramiz. Hech shubhasiz, qiz bola soglom, bilimli, zamonaviy kasb-hunar egasi bolsa, u quradigan oila ham, bu oilaning mevasi bolmish bola ham soglom va baxtli boladi. Oila soglom va baxtli bolsa, butun jamiyat barqaror va farovon boladi.

Hammamiz yaxshi tushunamizki, mamlakatimizda 2016 yilning Soglom ona va bola yili deb elon qilinishi avvalo ana shunday ezgu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu dastur doirasida jami 7 trillion 483 milliard 300 million som va 194 million 400 ming dollar hajmidagi ishlarni amalga oshirish belgilanganining ozi, oylaymanki, uning miqyosi va kolami qanday ulkan ekanidan dalolat beradi.

Dasturda belgilangan, kundalik hayotimizda eng muhim etibor qaratish zarur bolgan yonalishlar haqida gapirganda, birinchi navbatda, tibbiyot maskanlari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, akusher-ginekologlar, bolalar shifokorlarining malakasini yuksaltirish, ona va bolaning sogligidan muntazam xabar olib, ularga tegishli yordam korsatadigan patronaj hamshiralar sonini kopaytirish kabi ota dolzarb masalalar bundan buyon ham diqqatimiz markazida boladi.

Yurtimizda hukm surayotgan ozaro hurmat, mehr-oqibat va ahillikni yanada mustahkamlash, yoshlarimizning ongi va qalbini bizga mutlaqo yot bolgan zararli oqim va tasirlardan, ommaviy madaniyat xurujlaridan saqlash, oilalarda, mahallalarda olib borayotgan tarbiyaviy ishlarimizni yangi bosqichga kotarishni bugun tobora keskinlashib, murakkablashib borayotgan hayotning ozi barchamizdan talab etmoqda.

Ana shunday otkir masalalarni yechishda men siz, muhtarama ayollarimizga, sizlarning aql-zakovatingiz, olijanob fazilatlaringizga tayanishimni, sizlarni ozimning eng yaqin maslahatchilarim va safdoshlarim, deb bilishimni fursatdan foydalanib bugun yana bir bor takidlab aytmoqchiman.

Aziz va qadrli opa-singillarim!

Bamisoli bahor elchisi bolib kelayotgan, ozingizdek gozal va dilbar mana shu qutlug ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Umringiz uzoq, iqbolingiz ziyoda bolsin!

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin!

Doimo oilangiz va farzandlaringiz, elu yurtimiz ardogida boling, azizlarim, mehribonlarim!

Islom KARIMOV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: