O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.03.2016

TASHABBUSKOR DEPUTATLAR

hududlardagi muammolarni hal qilishga erishadi

Bugun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor masalalari yuzasidan taklif va tashabbuslar bilan chiqish, bu borada deputatlar faolligini kuchaytirish hayot taqozosiga aylanib bormoqda.

Deputat aholi tomonidan davlat hokimiyatining oliy, mahalliy vakillik organlariga saylangan vakildir. Shuning uchun uning zimmasida saylovchilar manfaatlarini ifoda etish vazifasi turadi. Deputat qaysidir masalada mutasaddi tashkilotlarga so‘rov yuborish, ijro hokimiyati faoliyati ustidan deputatlik nazoratini ornatish, aniqlangan masalani xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyasida korib chiqish uchun taklif kiritish va boshqa huquqlarga ega. Togri, berilgan huquq va vakolatlar keng, lekin ulardan samarali foydalanish oziga xos murakkab jarayon hisoblanadi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining davlat boshqaruvi organlari ustidan nazoratini, izchil yolga qoyish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha aniq taklif, muqobil dasturlarni ilgari surish borasidagi faoliyatini kuchaytirish bugunning eng asosiy talablaridan biridir,

Xosh, mahalliy Kengashlarga saylangan partiyamiz deputatlarining bugungi faoliyati haqida nima deyish mumkin? Ular odamlarni oylantirib kelayotgan muammolarni hal qilish boyicha deputatlik vakolatidan qay darajada samarali foydalanyapti?

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi bolim mudiri Nazira Matyoqubovaning aytishicha, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida 212 nafar, tuman va shahar Kengashlarida esa 1652 nafar OzXDPdan saylangan deputat faoliyat yuritmoqda. Ularning vakillik hokimiyatida, tegishli hududda oz orni bor. Masalan, viloyat yoki tuman miqyosida amalga oshirilayotgan kopgina tashabbuslarda partiyamiz vakillarining hissasi ortib bormoqda.

Partiyaning 2015-2019 yillarga moljallangan Harakat dasturida asosiy e’tibor aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush farovonligini yaxshilash masalalariga qaratilgan. Xususan, unda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklari boyicha ish bilan band etish, aholining kam taminlangan qatlami va ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelayotgan insonlar manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarimizga maqbul tibbiy xizmat korsatish sifatini oshirish va ijtimoiy tenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash bilan bogliq keng kolamli vazifalar belgilangan.

Otgan yili xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari 167 masalani organib, sessiyalar muhokamasiga kiritishgan bolsa, shundan 87 tasi Harakat dasturi asosida organildi.

Har bir masala sessiyaga olib chiqilishidan oldin partiya faollari va deputatlar ishtirokida keng muhokama etiladi,deydiOzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri Akmal Tursunboyev. Har bir deputat oz hududidagi ijtimoiy masalalar yuzasidan malumotlar toplaydi. Shundan song chuqur organilgan masalani doimiy komissiya yoki sessiyalar muhokamasiga olib chiqadi. Masalan, Buxoro viloyatida OzXDP guruhlari maktabgacha talim muassasalari faoliyatini tanqidiy organib, tuman, shahar va viloyat Kengashlari sessiyalariga masala kiritgan edi. Dastlabki urinishlar negadir kutilgan samarani bermadi. Bu, albatta, deputatlarni qoniqtirmadi. Oradan vaqt otib, yana ayni shu masala sessiyaga olib chiqildi. Natijada sessiya qarori asosida xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilandi, rahbar xodimlarning masuliyati kuchaytirildi. Menimcha, ayrim partiya guruhlari biror masalani sessiyaga olib chiqishdan, bundan muayyan natija bolmasligidan chochishadi. Ammo men bunday fikrga qoshilmayman. Tashabbuskor deputat, qatiyatli odam, albatta, natijaga erishadi.

Deputat tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oz nuqtai nazarini bayon qilish talabi korsatilgan murojaat bilan chiqish huquqiga ega. Bu deputatlik sorovi hisoblanadi.Eng asosiysi, bu institutdan samarali foydalanish orqali saylovchilar, partiya elektorati vakillarini oylantirayotgan masalalar hal etiladi.

Partiya faollarining qayd etishicha, otgan yili xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi OzXDP guruhlari mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga 762 deputatlik sorovi yuborgan bolsa, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlarimiz 2926 sorov bilan tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan.

Bu raqamlar deputatlarimizning oz ishiga masuliyat va jonkuyarlik bilan yondoshayotganini korsatadi. Misol tariqasida aytadigan bolsak, Fargona viloyatining Yozyovon tuman Kengashi deputati Sojida Abdusamatova yordami bilan tumandagi 21-maktab bolalari uchun maxsus maktab avtobusi tashkil etilgan.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Marhabo Jabborovaga Navoiy shahar Guliston kochasi 3–uy 12-xonadonda yashovchi fuqaro Gulmira Sheraliyeva ishga joylashish masalasida murojaat qilgan. Ushbu murojaat asosida Navoiy shahar talim muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimiga deputatlik sorovi yuborilgan va ijobiy natijaga erishilgan. Deputat Farhod Qurbonovga Navoiy shahar Memorlar kochasi 16-a uy 46-xonadonda yashovchi fuqaro Rohila Sayimova ishga joylashish masalasida yordam sorab murojaat qilgan. Deputatimiz komagi bilan u «Baxt tekstil» MChJga ishga joylashgan.

Shuningdek, Navbahor tuman hokimligiga tumandagi Yangiobod MFY hududidagi asfalt yol yoqasidagi bekatni tamirlash yoki zamonaviy tipda yangisini qurish masalasi yuzasidan deputatlik sorovi yuborilgan va ushbu sorov ham ijobiy hal etilgan. Bunday misollarni koplab keltirish mumkin. Eng asosiysi, bu orqali hududlarda aholini oylantirayotgan masalalar ijobiy yechim topmoqda.

Albatta, bugungi kun talabiga javob berish uchun deputat har qachongidan koproq gayratli bolishi, yechimini kutayotgan masalalarni muntazam organib, asosli takliflar tayyorlab borishi lozim. Buni zamonning ozi talab etyapti. Lekin Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarining ayrim tuman va shaharlaridagi deputatlarni bu borada faol, deb bolmaydi. Qariyb bir yil vaqt mobaynida ularni joylarda sohalar rivoji, aholini oylantirib kelayotgan masalalar boyicha amaliy ish qilayotgani kishini hayron qoldiradi.

Xosh, nima qilsak ahvol yaxshilanadi? Partiya guruhlari jon kuydirib ishlaydi, hammaning fikri bir joydan chiqib, vijdonan harakat qiladi?

Bugun har bir deputatdan, partiyamiz guruhlari, rahbarlaridan ana shu savollar haqida jiddiy oylab, zarur choralarni korish taqozo etilyapti. Joylarda mintaqaviy partiya kengashlarining kengaytirilgan yigilishlarida ham bu masalaga alohida etibor qaratilmoqda.

Raqamlar va malumotlardan xulosa qilish mumkinki, izlanuvchan, tashabbuskor va jonkuyar deputatlar odamlarning ishonchini oqlamoqda, partiyamiz nufuzini oshirmoqda.

Laziza SHEROVA,

Gozal MATYOQUBOVA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: