O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.03.2016

DIPLOMAT MAGAZINE

O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti haqida

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalarida ham katta qiziqish uygotmoqda.

Niderlandiya va Belgiyadagi ommabop nashrlardan biri hisoblanadigan «Diplomat Magazine» jurnalida mamlakatimiz rahbarining maruzasida oz ifodasini topgan asosiy jihatlarga bagishlangan maqola bosilib chiqdi.

Unda qayd etilganidek, dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari qatoridan orin egallash maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ozgarishlar, kuchli ijtimoiy yonaltirilgan iqtisodiyotga asoslangan siyosatning hayotga izchil tatbiq etilishi aholining munosib hayot kechirish darajasi va sifatini oshirmoqda.

Mamlakat erishgan muvaffaqiyatlar xalqaro hamjamiyatda keng etirof etilmoqda. Katta nufuzga ega bolgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga kora, Ozbekiston 2014 — 2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016 2017 yillarda iqtisodiy osish prognozlari boyicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy oldi. Bundan tashqari, otgan yili respublika Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti (FAO)ga azo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini taminlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun mukofotga sazovor bolgan 14 davlatdan biri sifatida etirof etildi, deb yozadi nashr.

?015 yili 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar ozlashtirildi. Ularning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi xorijiy investitsiyalardir. Bu mablagning katta qismi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yonaltirildi va natijada yirik ishlab chiqarish obyektlari qurilishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, maqolada Ozbekiston qishloq xojaligida roy berayotgan tizimli ozgarishlarga ham alohida etibor qaratilgan. Respublikada dehqon va fermerlarning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli qishloq xojaligi mahsulotlaridan mol hosil olinmoqda. Meva va sabzavotchilik, bogdorchilik, chorvachilik jadal suratlarda rivojlanmoqda, deb yozadi jurnal.

Diplomat Magazine qayd etganidek, zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bolgan tayyor, ekologik toza toqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilda 5,6 marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi.

Maqola yakunida 2016 yil Ozbekistonda Soglom ona va bola yili, deb elon qilingani qalamga olingan. Shu orinda Ozbekistonning har yili hayotga tatbiq etadigan davlat dasturlaridan muvaffaqiyatli tajriba orttirgani etirof etilar ekan, joriy yilda ham oila, onalik va bolalik muhofazasi tizimini mustahkamlash yuzasidan ulkan ishlar amalga oshirilishi moljallanayotgani yevropalik oquvchilarning etiboriga havola qilingan.

Jahon AA,

Bryussel.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: