O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.03.2016

AQSH: PREZIDENTLIKKA NOMZODLAR SARALANMOQDA

Joriy yilning noyabr oyida AQShda prezident saylovi bo‘lib otadi. Ushbu mamlakatda prezident saylovi har tort yilda otkaziladi.

Mamlakat qonunchiligiga binoan prezidentlikka nomzod kamida 35 yoshda, AQSh fuqarosi bolishi zarur. Shuningdek, nomzod kamida 14 yil ushbu mamlakatda muqim yashagan bolishi lozim.

Prezidentlikka nomzodlar saylovdan bir necha oy ilgari siyosiy partiyalar tomonidan tanlab olinadi. Buning uchun saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ichida boshlangich saylovlar, ya’ni praymeriz otkaziladi. Praymeriz — inglizcha soz bolib, «boshlangich saylovlar» degan manoni anglatadi.

Praymeriz tadbiri ushbu davlat siyosiy tizimidagi oziga xos jihat hisoblanadi. Shu kunlarda ushbu tadbir AQShning koplab shtatlarida qizgin kurashlar asosida otmoqda.

Siyosatshunoslarning fikricha, praymerizdan asosiy maqsad bir partiyadan korsatilgan nomzodlar orasidan eng munosiblarini saralab olishdir. Praymerizda maglubiyatga uchragan nomzodlar kop hollarda mustaqil nomzod sifatida prezidentlik saylovida ishtirok etishadi.

AQShda bolib otadigan prezident saylovida asosiy raqobat demokratlar va respublikachilar vakillari ortasida kechadi. Shuningdek, boshqa onlab, mustaqil nomzodlar ham saylovda oz omadini sinab koradi.

Bevosita AQSh prezidentligiga nomzodlarga etibor qaratadigan bolsak, Demokratik partiya nomzodlari orasidan Hillari Klintonning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Ushbu partiyadan yetakchi nomzodlardan yana biri Vermont shtati senatori Berni Sanders hisoblanadi.

Prezidentlikka respublikachilardan ham bir necha nomzod korsatilgan. Jumladan, milliarder Donald Tramp, Jons Hopkins shifoxonasi direktori Ben Karson, Ohayo gubernatori Jon Keysik, Texas shtatidan senator Ted Kruz va Florida shtatidan senator Marko Rubio prezidentlik uchun kurash olib bormoqda.

Yaqinda otkazilgan praymeriz tadbirlarining natijalariga etibor qaratsak. Misol uchun, joriy yil 1 fevral kuni Ayova shtatida otkazilgan ovoz berish natijalariga kora, demokratlardan bolgan Hillari Klinton 49,9 foiz ovoz toplashga erishdi. Berni Sanders esa 49,6 foiz ovoz oldi.

Respublikachilardan bolgan nomzodlar Ted Kruz 28 foiz, Donald Tramp 24, Marko Rubio uchinchi natijani qayd etib, 23 foiz ovoz olishga erishdi.

Hozirgacha bunday saylovlar, shuningdek, Nyu-Hempshir, Nevada, Janubiy Karolina shtatlarida otkazildi. Ularda nomzodlar turlicha natijalarni qayd etishdi. Umumiy korsatkichlarga kora, demokratlardan Hillari Klinton, respublikachilardan Donald Tramp yetakchilik qilmoqda.

Amerikada prezident oziga xos usulda saylanadi. Nomzodlarning ism-shariflari saylov varaqalarida belgilangan bolishiga qaramay, texnik jihatdan saylovchilar togridan-togri ovoz bermaydi. Har bir shtat aholisi Kongressdagi senator va vakillari soniga teng prezident saylovchilarini tanlab oladi. Biron shtatda eng kop ovoz olgan nomzod mazkur shtatda galaba qozongan hisoblanadi va barcha ovozni oz hisobiga otkazishga erishadi.

Barcha shtat saylovchilari (jami 538 shaxs) Saylovchilar kollegiyasini tashkil qiladi. Konstitutsiyaga kora, Kollegiya hech qachon bir tashkilot tariqasida bir joyda toplanmaydi. Saylovda 270 ovozni toplagan nomzod prezident sifatida saylanadi.

Internet materiallari asosida

Nurali ORIPOV

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: