O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.02.2016

OZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI IZCHIL RIVOJLANMOQDA

Yurtimizda «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi o‘z mazmun-moHiyatiga kora bu borada yangi davrni boshlab berdi.

Poytaxtimizda bolib otgan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining yillik konferensiyasida sozga chiqqanlar buni alohida ta’kidlashdi.

Ozbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining sifat va miqdor ozgarishlari mavzusida otkazilgan mazkur konferensiyada Oliy Majlis Senati azolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, institut markaziy apparati, hududiy bolinmalari rahbar va xodimlari, davlat, jamoat hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishining holati va istiqbollari atroflicha muhokama etildi. Dastlab institut direktori Golibjon Abdukarimovning 2015 yilda Ozbekistonda fuqarolik jamiyati holatining monitoring natijalariga bagishlangan maruzasi tinglandi.

Mamlakatimizda meyoriy-huquqiy sharoitlar izchil yaratib borilishi natijasida fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi orni yildan-yilga kuchayib bormoqda, deydi institut direktori. Institutimiz tomonidan demokratik islohot va ozgarishlarning borishi, fuqarolik jamiyati institutlari, siyosiy partiyalar va fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarining rivojlanishi, OAVning demokratlashuvi hamda liberallashuvi jarayonlarini chuqur organish boyicha tizimli ishlar yolga qoyildi.

Masalan, otgan yili institut tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, joylardagi ijtimoiy ahamiyatga molik muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan 2 mingdan ortiq tadbir tashkil etildi. Ularning 400 ga yaqini olis hududlarda otkazildi.

Otgan yili yanvar oyida kuchga kirgan Ijtimoiy sheriklik togrisidagi Qonunning amaliy ijrosi doirasida Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qoshida ijtimoiy sheriklik boyicha jamoat komissiyalari tuzildi. Ularning faoliyati mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda fuqarolik institutlarining faol ishtirokini taminlash, vakillik va ijro hokimiyati organlarining masuliyatini yanada oshirishga turtki boldi.

Bugun davlatimiz tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari faol qollab-quvvatlanayotganini bizning tashkilotimiz misolida ham korishimiz mumkin, deydi institut loyiha rahbari Aziz Yoldoshev.

Keyingi 8 yil mobaynida NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha va dasturlarini qollab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjeti hisobidan 47,7 milliard som mablag ajratilgan. Xususan, 2008 yilda bu mablag 2,1 milliard somni 2015 yilda esa 10 milliard somni tashkil etdi.

Bu esa, oz navbatida, ushbu sektorga yonaltirilayotgan davlat moliyaviy komagi hajmining barqaror osish suratidan dalolat beradi.

Konferensiyada takidlandiki, 2015 yil davomida Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan otkazilayotgan grant tanlovlaridagi NNT soni sezilarli darajada oshgani yaqqol seziladi. 2010 yilda grant tanlovlarida 275 NNT ishtirok etib, ulardan 82 tasi golib topilgan bolsa, otgan yili tanlovlarda qatnashgan 528 NNT dan 177 tasi grant mablaglarini qolga kiritishdi.

Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, islohotlar haqida keng jamoatchilikni oz vaqtida xabardor qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini kuchaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini taminlashga yonaltirilgan islohotlar xalqaro tashkilotlar, ekspertlar tomonidan ham etirof etilmoqda, deydi institut loyiha rahbari Salim Doniyorov.

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining roli oshib borayotgani alohida takidlanmoqda. Xususan, 2014 yilda milliy bosma OAV da jamoatchilik nazorati shaklida 2452 maqola chop etilgan bolsa, 2015 yilda bu korsatkich 3550 dan oshdi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisidagi Qonun meyorlarining amalga oshirilishi fuqarolar murojaati institutining rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Xususan, fuqarolar tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga murojaatlar kopaydi, shu bilan bir qatorda, bunday murojaatlarni korib chiqish boyicha davlat organlarining masuliyati va ish sifati tobora oshib bormoqda.

Maruzachilar, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida siyosiy partiyalarning roli ortib borayotganini alohida qayd etishdi. Jumladan, hududiy vakillik organlarida partiya guruhlarining ijro hokimiyati idoralari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, qonunlar va qarorlar ijrosini nazorat qilish boyicha faolligi ortib bormoqda, deyishdi konferensiyada sozga chiqqanlar.

Raqamlarga kora, 2014 yilda 1598 deputatlik sorovi tegishli tashkilotlarga yuborilgan bolsa, 2015 yilda bu raqam 3505 taga yetdi.

Konferensiya kun tartibidagi boshqa masalalar ham atroflicha muhokama etildi. Fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

SOZ KONFERENSIYA QATNASHCHILARIGA!

Myusha SEVER, Mintaqaviy muloqot xalqaro nohukumat tashkiloti (Sloveniya)ning Ozbekistondagi filiali direktori:

Kuzatishlarim natijasida bir narsaga amin boldimki, mamlakatingizda demokratik ozgarishlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yolida izchil va tizimli ishlar olib borilmoqda. Natijada otgan yillar davomida yurtingizdagi nodavlat notijorat tashkilotlar demokratik qadriyatlarning muhim asosi, fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilishning asosiy omiliga aylana oldi. Bu sohaga oid qonunchilik tizimi tobora takomillashayotganining samarasi, deb oylayman. Konferensiyada bu boyicha yanada koplab malumotlarga ega boldim. Umuman olganda, Ozbekiston fuqarolik jamiyati qurish, xususan, bu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari faoliyati samaradorligini yuksaltirish masalalarida yuqori natijalarga erishmoqda.

Krista PIKKAT, YuNESKOning Ozbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

Bugun Ozbekiston fuqarolarining nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar faoliyatiga qiziqishi yuqori ekanini korish mumkin. Konferensiyada aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli ham tobora oshib borayotgani takidlandi. Oylashimcha, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishida mamlakatingizdagi yangilanishlar, ijtimoiy sheriklikning shakl va mexanizmlarini mukammallashtirish, aholi ortasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: