O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.05.2012

Ish va farovonlik barcha uchun!

Bu aholining ijtimoiy faolligi oshishiga xizmat qiladi. O‘zXDPning bu boradagi qarashi va amaliy ishlari «adolat»chilarni nega tashvishga solayapti?

Mamlakatimizda demokratik hayot asoslarini qaror toptirish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida oz miqyosi jihatdan keng kolamli islohotlar olib borilayapti. Bu vazifalarning samarali va tolaqonli bajarilishida siyosiy partiyalar ishtiroki muhim orin tutishi hech kimga sir emas.

Shu ma’noda, Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish togrisidagi Konstitutsiyaviy qonun hamda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi siyosiy partiyalar faolligini oshirish, shu tariqa xalqimizning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish va islohotlarni hayotga chuqur tatbiq etish uchun muhim asos bolmoqda. Buning uchun esa har bir siyosiy partiya goyaviy jihatdan yetuk bolishi, oz pozitsiyasidan kelib chiqib, amaliy ishlar qilishi kerak. Shunda ularning jamiyatda siyosiy kuch sifatidagi tasiri oshadi, hududlar taraqqiy etishi, aholi turmushi farovonlashishi va demokratik islohotlar chuqurlashishidagi hissasi ortadi.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otish davrida OzXDP jamiyat va davlatning alohida qollab-quvvatlashga ehtiyojmand, yani iqtisodiyotda band bolmagan mehnatga layoqatli odamlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelayotgan kishilar manfaatlarini himoya qilishga intiladi. Partiya ularning safini bosqichma-bosqich kamaytirib borish jamiyat farovonligi osishining asosiy korsatkichlaridan biri, deb hisoblaydi. Jamiyatning har bir azosi ijtimoiy faol bolishi, ezgu orzu-maqsadlar yolida olga intilishi uchun, avvalo, u ish bilan band bolishi kerak, deb biladi.

Oz mehnati orqasidan daromad topgan odamning oziga ishonchi oshadi, boshqalarga ogiri tushmaydi. Unda hayotga munosabat ham ozgaradi, jamiyat ravoji, mamlakat taraqqiyoti uchun yonib yashaydi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslasha olmagan, vaqtincha ishsiz yurgan, taqdir taqozosi bilan nogiron bolib qolgan, ammo ishlash qobiliyatiga ega, eng muhimi, hunarmandchilikmi, oilaviy tadbirkorlikmi, biznes bilanmi shugullanish istagi bor odamlar oz emas. Ularga faqat huquqiy yol-yoriq, maslahat, moliyaviy jihatdan komak kerak. Shu bois OzXDP oz elektorati turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan goyalarni qollab-quvvatlaydi va bu borada ozi ham amaliy ishlar qilishga intilmoqda. Otgan yili OzXDP Markaziy Kengashi tashabbusi bilan otkazilgan iqtisodiy forumlar natijasida elektorat vakillaridan yuzlab kishilar oz mustaqil ishini boshladi.

OzXDP Ish bilan bandlik muammolari bozor, talab va taklif qonuniyatlari bilan bogliqligini yaxshi biladi. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida ishsizlik bolishi tabiiy hol, degan adolatcha qarashlar bilan kelisha olmaydi. Kishilar kelajakka, istiqbolga ishonchini yoqotmasligi uchun kurashadi. Partiyamizning bu masaladagi bosh shiori: Ish va farovonlik — barcha uchun, deb belgilab qoyilgan.

Adolat gazetasining 2012 yil 27 aprel sonida elon qilingan XDP: bugunni oylayotgan partiya sarlavhali maqolada XDPning bu boradagi qarashlari mavjud vaziyatga eskicha baho berish sifatida talqin qilingan. Keling, endi chuqurroq mushohada qilib koraylik. Birinchidan, aholini ish bilan taminlashga qaratilgan say-harakatlarga eskicha qarash, deyish mantiq tarozisining qaysi pallasiga togri keladi? Ikkinchidan, xosh, unda Adolat SDPda bu muammo yechimi boyicha qanday yangicha yondashuv bor?

Ishsizlikni bartaraf etish, aholining bandlik darajasini oshirish butun dunyoda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hukm surgan bugungi sharoitda eng dolzarb masalalardan biri bolib turibdi. Bunday vaziyatda ozini ijtimoiy partiya hisoblagan Adolat SDPning amaliy ishlari, hayotiy takliflari juda zarur-ku!

Bozor iqtisodiyotiga otish davrida aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlami manfaati himoyasini oz zimmasiga olgan OzXDP bozor iqtisodiyoti sharoitida ishsizlik bolishi tabiiy hol, deb tomoshabin bolib, ish topish uchun har kim ozi kurashsin kabi ezgu maqsaddan yiroq qarashlar bilan mutlaqo kelisha olmaydi. Partiyamiz bitta odamning ishsizligi ham har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarga zid, deb hisoblaydi. Shu bois OzXDP dasturida XDP bozor iqtisodiyoti zarurligini tan olgan, qollab-quvvatlagan holda, insoniy qiyofaga ega bolgan ijtimoiy bozor tarafdoridir, deb alohida belgilab qoyilgan. Bunda, avvalo, kam taminlangan, boquvchisini yoqotgan oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan, ammo mehnatning qaysidir turi bilan shugullanish imkoniga ega bolgan fuqarolar manfaatlari inobatga olingan.

Adolatchilar fikricha, OzXDP Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari ijtimoiy himoyasiga ustuvorlik shiorini takrorlash bilan cheklanib qolgan, yani bu shiorni hayotga real tatbiq etish mexanizmlari ishlab chiqilmagan emish. Bu fikr adolatchilar OzXDPning amaliy ishlarini korib kormaslikka olayotganini anglatadi. Aslida, partiya elektorat manfaatlariga xizmat qiladigan qator loyihalarni amalga oshirayotganini hamma yaxshi biladi. Bu OzXDPning joylardagi faoliyatida ham oz ifodasini topayapti. Ozlarini sotsial-demokrat deb atayotgan partiya aholini ijtimoiy himoya qilish borasida qanday amaliy ishlarni, qanday muqobil takliflarni ilgari surayapti? Bu masala sotsial-demokratlarning ustuvor vazifasi bolishi kerak emasmi?

XDP: bugunni oylayotgan partiya maqolasida shunday deyilgan: Adolat SDP iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, uni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlashga alohida etibor qaratadi. Kishini hayron qoldiradigan jihati shundaki, bu jarayonda adolatchilar ishtiroki nimalarda korinayotgani haligacha nomalum bolib qolmoqda. Goyani ilgari surish yaxshi, ammo u ijro etilmasa, qimmati bolmaydi.

Bahsimizning asosiy yonalishidan biroz chekinsak-da, Adolat gazetasida bosilgan XDP: bugunni oylayotgan partiya maqolasidagi asossiz bir davoga munosabat bildirishga togri keladi. Adolat muxbiri fikricha, Buxoro viloyatida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boshagan orinlarga otkazilgan saylovlarda XDP vakillaridan bironta ham deputat saylanmadi. Adolatchilarning esa bir yola uch nafar nomzodi deputatlikka saylandi. Bu, albatta, Adolat SDPning hayotiy goyalariga bolgan ishonch ortib borayotganining nishonasi.

Yani, XDPga ishonch susayib, Adolat SDP tarafdorlari kopayib borayotgan emish. Vaholanki, boshagan orinlar uchun otkazilgan saylovlarda OzXDPning ikki nafar vakili, yani viloyat Kengashiga Nargiza Nematova, Olot tuman Kengashiga Karim Choriev saylandi. Qarang, soxta obro orttirish uchun adolatchilar hatto jamoatchilikka yolgon gap aytishdan ham tortinmayapti.

Demak, qachonki, ilgari surilgan goyaga yarasha amaliy ish bolsa, odamlar osha partiyani qollab-quvvatlaydi. Faqat goya, maqtanish bilan esa uzoqqa borib bolmasligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: