O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.02.2016

GERMANIYA ELCHISI

Qashqadaryoda

Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissing Qashqadaryo viloyatida boldi. Unga Germaniyaning mamlakatimizda faoliyat korsatayotgan kompaniya va tashkilotlari vakillari, bir guruh nemis ishbilarmonlari hamrohlik qildi.

Mazkur tashrifdan kozlangan asosiy maqsad munosabatlarni yanada rivojlantirish, hamkorlikni yuksaltirish ekanligi alohida ta’kidlandi.

«Qashqadaryo» gazetasining saytida xabar berilishicha, viloyat hokimligida bolib otgan uchrashuvda Commerzbankning Ozbekistondagi vakolatxonasi vakili Bodo Tyons, Petroline GmbH kompaniyasi direktori Andreas Shtumpf, Roland Technik firmasi vakili Nikolay Pavlov, Knauf kompaniyasi tasischiligidagi Buxorogips Ozbekiston — Germaniya qoshma korxonasi bosh direktori Jamshid Nurmuhamedov oz faoliyatlari bilan tanishtirib, viloyat tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchilarini hamkorlikka chaqirishdi.

Chet ellik mehmonlar Dehqonobod kaliyli ogitlar zavodi, Shortan gaz-kimyo majmuasida ham bolishdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: