O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.02.2016

SOGLOM BOLANI SOGLOM ONA DUNYOGA KELTIRADI

Kasbim shifokor bo‘lgani uchun oilaning sihat-salomatligi, baxtu iqboli, tinchlik-xotirjamligi avvalo onaga bogliqligini yaxshi tushunaman. Ona soglom bolsa, farzandlar soglom, oila baxtli boladi.

Mamlakatimizda soglom avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan doimiy e’tibor, onalar salomatligini saqlashga oid ezgu ishlar xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Bu boradagi davlat siyosati «Soglom ona — soglom bola» konsepsiyasini hayotga chuqur tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2016 yilning mamlakatimizda Soglom ona va bola yili deb elon qilinishi hamda mazkur yildan kozlangan olijanob vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yil 9 fevral kuni tasdiqlangan Soglom ona va bola yili Davlat dasturi bugun umummilliy harakatga aylangan ushbu islohotlarni yangi bosqichga kotarishga xizmat qiladi.

Dasturda Ona va bola soglom bolsa, oila baxtli, oila baxtli bolsa, jamiyat mustahkam boladi degan hayotbaxsh qadriyatni qaror toptirishga yonaltirilgan, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jamiyatda ayollarga hurmat-ehtirom muhitini yanada mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni izchil davom ettirish kozda tutilgan.

Mazkur vazifalarni hayotga tatbiq etishda avvalo qizlarimiz, bolgusi onalar salomatligiga etibor qaratish, ularning talim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi, sport bilan shugullanishi, bir soz bilan aytganda, hayotga tayyor bolishi muhim orin tutadi.

Mamlakatimizda qizlarni jismonan soglom, intellektual salohiyatli etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega bolishini taminlash, mustahkam hayotiy pozitsiya va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yolida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday say-harakatlar samarasi qizlarimizning hayotda munosib orin topishi, soglom va mustahkam oilalar barpo bolishida namoyon bolmoqda.

Bugungi qizlarning sogligi, fikrlashi, intilishlari 20-25 yil oldingi tengdoshlarinikidan butunlay farq qiladi. Ular qobiliyati, harakatlari va yutuqlari bilan hammani hayron qoldirmoqda.

Kollejimizda tibbiyot hamshirasi, davolash ishi va feldsherlik, farmatsevt assistenti, tibbiy-profilaktika ishi, tibbiy laboratoriya ishi yonalishlarida 1420 oquvchi, jumladan, 1074 nafar qiz talim olayotir. Ularga 68 nafar pedagog bilim va mutaxassislik sirlarini orgatmoqda.

Oqituvchilarimiz talim jarayonida qizlarga tibbiy bilimlar bilan birga, soglom turmush tarzi, oila qurishga tayyorgarlik, ona bolish masuliyati yuzasidan muntazam tushuntirish ishlari olib boradi. Ushbu mashgulotlar davomida erta turmush, qarindoshlar ortasidagi nikohning salbiy oqibatlari xususida yetarli bilimga ega bolgan qizlarimiz tumanimiz boylab targibot ishlarini olib borishda ham faol ishtirok etmoqda.

Bazi ota-onalarda oz qiziga, uning kelajagiga nisbatan notogri qarashlar mavjudligiga guvoh bolamiz. Bundaylar qizlarining kasb egallashiga befarq qarab, ularni tezroq turmushga berishga harakat qiladi. Ana shunday salbiy munosabat tasirida kopchilik qizlarning orzulari amalga oshmay qolib ketar edi. U biror sohaning boshini tutishi, oila qurishga jismonan tayyor bolishi shart. Bu haqiqatni unutgan, tan olmagan odam oz farzandiga yomonlik qilgan boladi.

Joriy yilda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator tibbiyot muassasalari ishga tushirilishi kozda tutilgan. Shundan kelib chiqqan holda, ularni malakali orta tibbiyot xodimlari bilan taminlash zimmamizdagi muhim vazifadir. Umuman, qabul qilingan Davlat dasturi ijrosida barcha birdek faol ishtirok etishi talab etiladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Soglom ona va bola yili Davlat dasturining tasdiqlanishi va hayotga keng joriy etilishi bu boradagi ishlar kolamini yanada kengaytirishi va samaradorligini oshirishi shubhasiz.

Abdutolib ABDUFATTOYEV,

Jizzax viloyatidagi Dostlik tibbiyot kolleji direktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: