O'zb  
 
20.02.2016

MAHALLADA TIKUV SEXI

Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi «Kamolot» mahallasida yangi tikuv sexi ish boshladi. Tijorat bankining imtiyozli krediti evaziga 8 tikuv mashinasi xarid qilinib, 6 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Bu yerda 12 turdagi kiyim-kechak tayyorlanmoqda.

— Ancha vaqtdan buyon o‘zimga mos ish axtarayotgan edim, deydi Muxlisa Roziyeva. Mahallamizda sex ochilib, maqsadimga yetdim. Hozir ayollar va bolalar liboslarini tikayapman.

Yil oxirigacha korxona faoliyati kengaytirilib, ish orinlari soni 16 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Otgan yili tumanimizda 4900 ish orni yaratildi, deydi xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashi deputati Gulchehra Roziyeva. Shundan 3334 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga togri keladi. Mahallalarda kichik korxonalarning tashkil etilishi esa aholi bandligini taminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: