O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.02.2016

TABIATNING XALOSKORI MARIFAT

Professor Abduqodir Ergashev — taniqli ekolog olim, biologiya fanlari doktori, BMTning Ekologik xavfsizlik xalqaro Fanlar Akademiyasi akademigi. Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar muallifi.

Hayoti va faoliyati tabiat hamda atrof-muhit muhofazasiga bagishlangan fidoyi olim bilan suhbatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumbashariy ahamiyatga molik hujjati Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi va uning ahamiyati haqida boldi.

Ma’lumotlarga qaraganda 2014 yilda 3,7 trillion kub metr tabiiy gaz qazib olingan. 2040 yilga borib bu korsatkich 5 trillion kub metrni tashkil etishi kutilmoqda. Neft qazib olish haqida ham shunday fikrlarni aytish mumkin. Holbuki, ona zamin ham tirik xilqat. Uni bunday istifoda etish bir kuni noxush oqibatlarga olib kelmaydimi?

Odam bolasining barcha biologik ehtiyojlarini qondiruvchi yagona manba bu ona zaminimiz va uning tabiati. Yani, havoning musaffo, suvning toza, ozuqaning pok-pokiza, yashillik olamining bezavol gullab-yashnashi hayot-mamot masalasidir.

Ammo insoniyatning tabiat va uning boyliklariga, atrof-muhitga nopisandlik bilan munosabatda bolishi oqibatida juda katta miqdordagi bebaho va takrorlanmas boyliklardan mahrum bolib qolmoqdamiz. Masalan, FAO va YuNEP tashkilotining malumotiga kora, XXI asrga kelib sayyoraning tabiiy biosferasi tanazzulga yuz tutdi. Tropik ormonlarning kesilishi oqibatida 5 million 800 ming, chorva mollari meyoridan ortiq boqilishi tufayli 6 million 800 ming, daraxt va butalar otin uchun kesilayotgani sababli 1 million 370 ming, yollar qurilishi natijasida 1 million kvadrat kilometrdan oshiq yerlar yaroqsiz holga kelmoqda.

Shuningdek, qishloq xojaligida foydalaniladigan maydonlarda irrigatsiya va melioratsiya ishlari notogri tashkil etilishi oqibatida 5 million 900 ming kvadrat kilometr yerning bir qismi shorlangan, bir qismi chollashgan. Bu esa bir necha ming xil biologik turlarning batamom qirilib, yoq bolib ketishiga olib kelmoqda.

Yer yuzida jami 13 milliondan ortiq turlar mavjud bolib, ularning 1,75 million turi fanga malum. Hozir bu turlarning yoqolib ketish tezligi otgan asrlarga nisbatan yuz va hatto ming barobar tez roy berayotir.

Ustiga-ustak, otgan yuz yil davomida yer yuzida aholi ikki milliardga kopaygan. Agar shuni inobatga olsak, vaziyat nechogli ogir ekani kunday ravshan boladi. Malumotlarga kora, 2050 yilga borib yer yuzi aholisi 8 milliarddan oshadi. Tabiiyki, shunga yarasha toza ichimlik suvi, musaffo havo, oziq-ovqat va boshqa noz-nematlar zarur. Bizni yolgiz ona zamin boqadi. Buni hech qachon unutmaslik lozim. Sir emas, dunyoning koplab yirik shaharlari sanoat korxonalari tutuniga komilib qolmoqda. Noekologik texnologiyalar atrof-muhit bulganishi, havo qatlami hamda suv manbalari zaharlanishiga olib kelmoqda.

Demak, odamzod tabiatga uzluksiz tajovuz qilib, atrof-muhitga katta ziyon yetkazmoqda. Bu jarayonni toxtatishning iloji bormi?

Bor. Buning chorasi xalqaro hamkorlik. Shuning uchun ham BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2010 yil Butun dunyoda biologik xilma-xillikni asrash yili, deb elon qilindi va jahon xalqlari etibori shu ota dolzarb masalaga qaratildi. Malumki, BMT Bosh Assambleyasi 2005 yildan 2014 yilgacha bolgan davrni butun dunyoda «Barqaror taraqqiyot talimi» on yilligi deb elon qilgan. Bu harakatga jahonning barcha mamlakatlari yakdillik bilan qoshildi va bizning yurtimizda ham bu borada keng kolamli ishlar qilindi. Markaziy Osiyoda birinchi bolib Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universitetida YuNESKOning Barqaror taraqqiyot talimi kafedrasi ochilgani bunga misol bola oladi.

Shuningdek, BMT 1992 yili Rio-de-Janeyroda atrof-muhitni asrash va taraqqiyot masalalariga bagishlangan xalqaro anjuman tashkil etgan edi. Unda 179 mamlakat rahbarlari, taniqli olimlar, din peshvolari, jamoat arboblari, jurnalistlar ishtirok etishdi. Yodimda, anjumanda Atrof-muhit va uning muhofazasi haqidagi deklaratsiya, XXI asr kun tartibi va bir necha muhim Konvensiyalar imzolangandi. Shu tarzda dunyo davlatlari oldiga barqaror taraqqiyot yoliga otish vazifasi qoyildi.

Osha anjumandan song Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi dunyo boylab yoyildi va shunga kora, koplab amaliy ishlar boshlandi.

1995 yil BMTning Barqaror taraqqiyot masalalari boyicha komissiyasi yangi bir dastur ishlab chiqdi. U 130 korsatkichni qamrab olgan. Osha hujjatda ekologik toza texnologiyalarga alohida urgu berilgan bolib, tabiatni koz qorachigidek asrash, yer va suv manbalaridan oqilona foydalanish, turli chiqindilarni qayta ishlash va xavfsizlantirish, chollanishga qarshi kurash, bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalariga jiddiy etibor qaratilgan.

Barqaror taraqqiyotning zaruriy tus olishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham juda muhimdir. Yaqin otmishda yerdan shafqatsizlarcha foydalanish, tabiatdan oz haqimizni ayirib olamiz, degan gayritabiiy harakatlar oqibatida Markaziy Osiyo ekologik halokat yoqasiga kelib qoldi. Bunga birgina Orol dengizining qurishi va u bilan bogliq salbiy oqibatlarni misol qilib korsatish kifoyadir.

Nihoyat, BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida davlatimiz rahbari Orol fojiasi butun yer yuziga tahdid solayotganini aytib, jahon hamjamiyatini uni birga bartaraf etishga undadi. Shundan song Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari mazkur masala yuzasidan koplab uchrashuvlar otkazib, tegishli qarorlar qabul qilishdi. 1994 yil Parijda, 1997 yil Toshkentda donor mamlakatlar bilan muloqot va muzokaralar tashkil etildi, jahonning yirik banklari tomonidan dengizni asrab qolish uchun qilinishi lozim bolgan ishlar va uni moliyalashtirish masalasi korib chiqildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 1995 yilda Nukus shahrida shu masalaga doir BMT Konferensiyasi otkazildi. Bir soz bilan aytganda, Orol boyini jonlantirish borasida amaliy ishlarga qol urildi. Otgan yili Amudaryo suvi dengizga borib qoshildi...

Yer yuzini, insoniyatni xavf-xatarlardan, aniqrogi tabiiy falokatlardan asrash uchun nimalar qilinishi kerak, deb oylaysiz?

Tabiatni ham, jamiyatni ham turli-tuman baloi ofatlardan qutqaradigan qudratli kuch marifatdir. Marifat esa yuksak manaviyatning qon tomiri. Yosh avlod ona tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalansa, kopgina xatarlarning oldi olinishiga ishonchim komil.

Bardambek SADULLAEV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: