O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.05.2012

Kelinni kelganda kor...

Nikoh to‘ylaridagi dabdababozlik, milliy qadriyatlarimizga yot kiyim-kechaklar haqida

El orasida ibratli maqol bor — kelinni kelganda kor, sepini yoyganda kor. Tasavvur qiling, mehmonu mezbonlar bilan liq tola toyxonaga oppoq harir romol orab, kelin kuyov bilan kirib kelmoqda. Hammaning nigohi ularda, dillaridan «Iloyo, ikki yoshni yomon kozlardan asra!», degan tilak. Tillarida ikki yosh baxtli bolsin, degan duo.

Yaxshi niyat yarim davlat. Ammo meni bir holat oylantiradi. Bu voqega uncha kop bolgani yoq. Bir opaxon oglining nikoh toyiga taklif qildi. Niyat qilgan edim, nikoh kechasida mana shu uzuklarni FHDYo xodimasi bilan birga, oglim va kelinimning barmoqlariga taqib qoysangiz, dedi. Osha kuni uzoq tumanda tadbirda edim, ammo toyga yetib keldim. Hashamatli toyxona, tumonat mehmonlar, noz-ne’mat tola dasturxon. Davraga kelin-kuyov kirib keldi, hamma ularni olqishlab, oyoqqa turib qarsak chaldi. Onaning niyatini bajo keltirdim, ikki yoshning bir-biriga nikoh uzugini taqish marosimida ishtirok etdim. Lekin kelinning yarim-yalangoch libosini korib, ochigi, xijolat boldim. Nazarimda, kelin ham bu libosda ozini ongaysiz sezayotganday edi.

Kelinning tumonat odam oldida ochiq-sochiq holda turishi kuyovni ham xijolat qilgan bolishi mumkin. Afsus, bunday super kelin liboslar hozir kop toylarda korayapmiz. Hatto qishloq joylarda ham bu liboslar rusumga aylanayapti. Ota-onalar, qarindoshlar, ochigi, hammamiz bu holatga konikib borayapmiz. Axir kelin sozining zamirida odob, hayo, ibo, nazokat yotadi-ku!

Songgi paytlarda nikoh toylarida yana bir illat paydo boldi, kelin-kuyov valsga raqsga tushadi, yigitning dostlari, yaqinlari ikki yoshning boshidan pul, hatto kokidan sochadi, yoshu qarining oyoq ostida pul sochilib yotadi. Axir, bu nonkorlik, madaniyatsizlik emasmi? Ozligimizdan qochib, kor-korona boshqalar ketidan ergashmayapmizmi?..

Etibor bergan bolsangiz, mazali taom tayyorlash haqidagi telekorsatuvlarni kattayu kichik qiziqib tomosha qiladi, bir nima organay deydi. Mentalitemizga xos, milliy urf-odatlarimizga mos kelin libosi, toy kiyimlari haqida ham korsatuv qilish mumkin-ku?! Balki kimdir: Yoshlar shunday kiyinishni istashmasa-chi, der. Menimcha, aksariyat yoshlar toy liboslarini milliylashtirishni istaydi, faqat ularni shunday savobli yolga boshlash uchun kattalar xafsala qilishi lozim. Qolaversa, bu xayrli ish odamlarga maqul boladi.

Yaqinda yana bir toyda boldim. Qashqadaryodan Samarqandga shunday iboli-hayoli bir kelin tushdi, toy biram fayzli boldi, qoyaverasiz. Davraga boshida doppi-yu harir yopinchiq, zamonaviy, haqiqiy sharqona rusumdagi oppoq toy libosida kelin kirib keldi. Ochigi, hammaning nigohiga bir zum hayrat endi, songra gulduros qarsak yangradi. Kelin va kuyov huquqshunos, ularning dost-joralari, kursdoshlari odob doirasida xursandchilik qilib raqsga tushib, oyin-kulgu bilan toyni otkazdi.

Toyga kelgan piru badavlatlar kelin-kuyovga baxt tilashdi, ikki yoshga tarbiya bergan ota-onasiga, mahalla-koyga rahmat, kam bolmanglar!, deya duo qilishdi.

El ogzida birni korib fikr qil, birni korib zikr qil, degan gap yuradi. Darhaqiqat, biz yoshlarimizning baxtli oila qurishi haqida kop gapiramiz, pand-nasihat qilamiz, bazan borimizni ularning toy-hashamiga sarflaymiz, birovdan kam bolmasin deb topganimizni xarjlaymiz. Bir kunlik toy bazmi uchun super toy libosini falon pulga xarid qilamiz. Togri, orzu-havas, deymiz, bu yaxshi. Ammo urf-odatlarimizga, milliy qadriyatlarimizga zid kiyim-kechaklar, qadimiy ananalarimizga ozga odatlarni tiqishtirish nimaga olib keladi? Yoshlarimizning manaviy dunyosini gariblashtirib, milliylikdan yiroqlashtirib qoymaydimi? Buni ham oylab korish kerak!

Siz nima deysiz, gazetxon!

Dilbar XOJAQULOVA,

Guzor tuman hokimining orinbosari,

OzXDP viloyat kengashi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: