O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.02.2016

BOLALAR SPORTI SOGLOM KELAJAK DEMAKDIR

Prezidentimiz Islom Karimov raisligida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi Homiylik kengashining navbatdagi yigilishi haqidagi korsatuvni televideniye orqali kordim, gazetadan oqidim.

Togrisini aytsam, unda bildirilgan fikr-mulohazalar meni tolqinlantirib yubordi. Otgan qisqa davr, ya’ni, 14 yil ichida Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi oz oldiga qoygan maqsad-muddaolariga tola manoda erishdi, deyishga bugun yetarli asosimiz bor.

Yigilishda takidlanganidek, birgina 2015 yilda 1 ming 668 nafar sportchimiz 165 xalqaro musobaqada ishtirok etib, 983 medalni qolga kiritgan.

Bu aytishga oson. Agarda Yurtboshimiz tomonidan bolalar sportiga oz vaqtida etibor qaratilmaganda edi, bu ish uchun milliardlab mablag sarflanmaganda edi, bugun bu galabalar, yuksak natijalar tushimizga ham kirmasdi.

Xususan, qishloq joylarda bolalarni sportga jalb etish, ular uchun jahon talablariga javob beradigan muhtasham sport saroylari qurish borasida Ozbekistonda yolga qoyilgan tizimga, toplangan tajribaga bugun dunyo havas qilmoqda. Kerak bolsa, bizdan organmoqda.

Yigilishda qayd etilgan bir malumot etiborimni oziga tortdi. 2015 yilda qiz bolalarning sport bilan shugullanishi bizning Samarqand viloyatida 47,4 foizni tashkil etgan. Bu esa boshqa hududlarga qaraganda yuqori korsatkichdir.

Keling, shu orinda ozimning koz ongimda yuz bergan bir holatni tahlil qilib koraylik. Bir paytlar, yani mustabid tuzum davrida men oqigan Kattaqorgon tumanidagi 17-umumtalim maktabida ikki nafar, osha paytlardagi texnikumni tugatgan jismoniy tarbiya oqituvchisi bolar edi. Bugun esa besh nafar oliy malumotli jismoniy tarbiya oqituvchisi faoliyat korsatmoqda. Taqqoslab korganda yer bilan osmoncha farqi bor, albatta. Yosh, intiluvchan, izlanuvchan oqituvchilarimiz tomonidan badiiy gimnastika, kurash, voleybol, futbol togaraklari tashkil etilgan.

Otgan yili Shodiyor Narzullayev, Komiljon Fozilov, Bekzod Turdimurodov, Ahror Berdiyev, Farhod Chindaliyev kabi oqituvchi-murabbiylarimiz safiga Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini badiiy gimnastika yonalishi boyicha bitirgan Iroda Ergasheva kelib qoshildi. Shundan song maktabimizda badiiy gimnastika togaragi tashkil qilindi. Bugungi kunda unda 100 nafarga yaqin qiz shugullanmoqda.

Maktabimiz polvonlari erishayotgan yutuqlar ham kishini quvontiradi. Erkin kurash boyicha otkazilgan viloyat chempionatida Javlon Muxtorov ikkinchi, Asadbek Xayrullayev uchinchi orinni egalladi. «Umid nihollari» sport oyinlarining tuman bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Farid Ahmedov va Said Lutfullayev oz vazn toifasida birinchi orinni egallab, viloyatga yollanma olishdi.

Shu orinda yana bir gap. Ota-onalar maktabga kelib, bolalarini sport bilan shugullanayotganini oz kozlari bilan kormoqda. Ular bilan oqituvchilar ortasida doimiy aloqa ornatilgan. Bu esa hayotimiz ozgarayotganini, ongimiz, dunyoqarashimiz tobora yuksalayotganini, bolalarimiz sogligiga, kelajagiga befarq emasligimizni korsatadi.

Prezidentimiz tomonidan yigilishda bildirilgan fikr-mulohazalarni atroflicha muhokama qildik. Rejalarimiz haqida Kattaqorgon tuman xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimi rahbari Alisher Jumanazarov bilan maslahatlashdik.

Bizning fikrimizcha, har bir maktab ozining ananaviy — sport musobaqalariga ega bolishi kerak. Katta sportga yol aynan maktablardan boshlanadi.

Eng muhimi, maktabda orttirilgan konikma tufayli farzandlarimiz sport bilan bir umr oshno bolib qoladi. Bu esa, soglom turmush tarzi, soglom avlod demakdir.

Haqiqat HAMROYEVA,

Kattaqorgon tumanidagi 17-umumtalim maktabi direktori, OzXDP

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: