O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.05.2012

OzXDP amaliy ishlar bilan shugullanmoqda

«adolatchi»lar esa g‘oyalarni ilgari surish bilan band

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida eng avvalo, inson manfaatlari, uning qadr-qimmati, haq-huquqlari, erkin va farovon hayoti, yorug kelajagi mujassam. Shu ma’noda, demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi say-harakatlar tobora izchil tus olayotir. Bu jarayonda koppartiyaviylik tizimining rivojlanishi, siyosiy partiyalar faoliyatining, ular ortasida xolis raqobat, amaliy bahsning kuchayishi ota muhim ahamiyatga ega.

Buning uchun esa har bir siyosiy partiya dasturiy maqsad vazifalaridan kelib chiqib, oz elektoratini oylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yanada chuqur organishi hamda ularni hal etish boyicha zarur takliflarni ilgari surishi, yanada aniqroq aytganda, oz faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishi uchun kurashni kuchaytirmogi lozim. Bugun faqat vadalar, tadbirbozlik yoki ilgari surayotgan goyalarini sanash bilan hech narsaga erishib bolmaydi.

Yaqinda, aniqrogi, shu yilning 30 martida Adolat gazetasida XDP: kecha demokrat, bugun sotsial-demokrat va liberal. Ertaga-chi? degan maqola elon qilindi. Unda OzXDP har xil goyalarga ergashib ketishda, beqarorlikda ayblanadi. Buning ustiga Ularning elektorati kim ozi? — degan savol ham ortaga tashlanadi. Etibor bergan bolsangiz, keyingi paytlarda adolatchilar bu masalaga kop urgu berishmoqda. XDP Karvoni qayoqqa yol oldi? (2011 yil 8 iyul), XDPning tushunarsiz mafkurasi (2011 yil 4 fevral) kabi maqolalarda bir qarashda qiziqarli bahs yuritilayotganga oxshaydi. Ammo mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar faoliyatini kuzatib borayotgan kishida Adolat SDP faollari boshqa siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlari va goyalaridan bexabarmikin, degan savol tugiladi.

Adolatchilar davosicha, partiyamiz platformasi hanuzgacha mavhum va tushunarsiz emish. OzXDP mustaqil Ozbekistonda tashkil etilgan birinchi siyosiy partiya sifatida nisbatan koproq tajribaga ega va u oz elektorati, goyaviy maqsadini allaqachon aniqlab olgan. Shu bois adolatchilar bilan bu haqda bahslashishni orinsiz, deb oylaymiz.

Biroq partiyalararo bahs yuritishda Adolat SDP yetakchi va faollari tanlagan yolga nisbatan bazi mulohazalarni bildirmoqdamiz. Nazarimizda, ular tanqid uchun mavzu topishga qiynalishayotganga oxshaydi. Buni Adolatdagi asossiz davolar, bir maqoladagi fikrlar boshqasida qayta-qayta takrorlanishi, hatto ayrim jumlalar maqoladan maqolaga kochayotganidan ham korsa boladi.

Otgan yili iyul oyida, yani bundan toqqiz oy avval elon qilingan XDP Karvoni qayoqqa yol oldi? nomli maqolada Bugun televidenie dasturlarida asosan XDP otkazayotgan nazariy tadbirlar kozga tashlanayapti, xolos. Amaliy ishlardan darak yoq. Demak, ular nima bilandir shugullanishayapti... Ammo ularning mahalliy ijroiya hokimiyatlari ustidan jamoatchilik nazoratini samarali olib borayotgani xususida lom-lim deyilmayapti. Bu sozlarga qoshimcha qilishga yoki ularni izohlashga hojat bolmasa kerak, deyiladi. Ayni shu jumla keyingi maqolada ham biror joyiga qalam tegizilmasdan keltiriladi. Bu nimani korsatadi? Yangi gap, yangi fikr aytishga, yangi jumla tuzishga kuch yoqmi yoki hafsalami? Oradan yana bir yil otgach, adolatchilar navbatdagi maqolada ham bu jumlalardan foydalanishsa ajab emas.

Otgan yili chop etilgan maqolada adolatchilar Xalq demokratik partiyasining amaliy ishlaridan ataylab koz yumgan edi, keyingi maqolada ham aynan shu kayfiyat sezilib turibdi. Vaholanki, OzXDPning amaliy ishlarini kopchilik etirof etayotgani iqtisodiy forumlar, Mahalla aholini manzilli ijtimoiy qollab-quvvatlash markazi loyihasi doirasidagi tadbirlar, shuningdek, mahalliy Kengashlar sessiyalariga XDP deputatlik guruhlari tomonidan kiritilayotgan takliflardan ham bilsa boladi.

Biz OzXDP faoliyatida kamchilik yoq, degan fikrdan yiroqmiz. Ammo elektorat manfaati yolida aniq amaliy ishlar qilinayotganini ham inkor etmaymiz.

Xosh, Adolat SDP oz elektorati manfaatiga xizmat qiladigan qanday amaliy taklif, tashabbus yoki loyihalarni ilgari surmoqda? Partiya azolari bu savolga biz muqobil energiyani rivojlantirishga qaratilgan goyalarni taklif qilayapmiz, deb javob berishni odat qilib olishgan. Ammo har qanday goya, agar u amalda tatbiq etilmasa, uning hech qanday qimmati qolmaydi. Zarur, kerak, muhim, etibor qaratamiz, degan balandparvoz gaplar bilan esa ish bitmaydi. Biroq adolatchilar bu oddiy haqiqatni tan olgisi kelmayotganga oxshaydi.

Otgan yil chop etilgan XDP Karvoni qayoqqa yol oldi? sarlavhali maqolada shunday deyilgan: Gazeta sahifalarida kichik va xususiy biznesning himoyasiga bagishlangan maqolalar shu darajada kopayib ketdiki, XDP kimning manfaati himoyachisi, tadbirkorlarningmi yoki kam taminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarningmi, degan tabiiy savol tugilayapti. Bu gaplar ham yaqinda elon qilingan XDP: kecha demokrat, bugun sotsial-demokrat va liberal. Ertaga-chi? maqolasida yana aynan keltiriladi.

Xolis tanqidiy fikr bu zaylda ifoda qilinmaydi. Hech bolmaganda XDPning otgan davr mobaynidagi faoliyati tahlil qilinib, kamchiliklar haqida aniq fikr yuritilganda edi, buni togri tushunish mumkin bolardi. Biroq adolatchilar boshqa yolni shov-shuvliroq, aslida zamiri puch usulni tanlashmoqda.

Adolatchilar XDP kimning manfaati himoyachisi, tadbirkorlarningmi yoki kam taminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarningmi? deyishi ota mantiqsiz savol emasmi? OzXDP otkazgan iqtisodiy forumlar aynan elektorat vakillarini qollab-quvvatlashga xizmat qildi-ku. Oz ishini yolga qoymoqchi bolgan, ammo bunga mablagi yoq yoki qonuniy yol-yoriqlarni bilmagan koplab yoshlar OzXDP yordamidan manfaat kordi-ku! Yoki biz ham adolatchilar singari faqat goyalarni ilgari surish bilan shugullanib amaliy ishlar qilmasligimiz kerakmidi?

Shu orinda, yana bir gap. Adolat gazetasida chop etilgan Adolat yangilikka intilayotgan partiya, ammo XDP buni tan olgisi yoq degan maqolada shunday fikr ilgari surilgan: Zamonaviy siyosatchilar fikricha, XDPga oxshash sol partiyalar ommaviy tadbirlar otkazishga moyilrog-u, ayni paytda siyosiy raqiblarining amaliy ishlarini, siyosiy maydon kengliklaridagi faoliyatlarini korib-kormaganlikka olisharkan. Keyingi maqolada ham adolatchilar shunga oxshash yana bir gapni aytishadi: Zamonaviy siyosatshunoslar takidlaganlaridek, sol partiyalar ommaviy tadbirlar otkazishga moyilroq bolar ekan-u, ilgari surayotgan taklif va tashabbuslarni amalga tatbiq etishga kelganda sustkashlikka yol qoyar ekan.

Adolatchilar aytgan bu zamonaviy siyosatshunoslar kimligi, bu fikrlarni qaysi asarda yozib qoldirganini bilmadig-u, ammo bu gaplar Adolat SDPning bugungi faoliyatiga aynan daxldor emasmi?

Matbuotda partiyalararo kurash mavzusi kopchilikda katta qiziqish uygotadi, oz navbatida, odamlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirishga xizmat qiladi. Buning uchun soglom va amaliy, xolis bahs-munozara zarur. Aksincha bolsa, undan siyosiy partiyaga ham, elektoratga ham naf tegmaydi.

Dilshod NARZULLAYeV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: