O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.04.2012

Bandlik

bu nafaqat O‘zXDP, balki boshqa siyosiy partiyalarga ham daxldor masaladir

Keyingi paytlarda partiya matbuotida ozaro bahs-munozara, soglom raqobat ruhidagi maqolalarga keng orin berilayotgani kopchilik e’tiborini tortmoqda. Bu — mamlakatimizda demokratik islohotlar, fuqarolik jamiyati barpo etish yolidagi say-harakatlar tobora chuqurlashib borayotgani, bu jarayonda siyosiy partiyalar ishtiroki, ularning jamiyat hayotida tutgan orni va mavqei oshayotganidan darak beradi.

Gazetalar orqali partiyalararo siyosiy kurash kuchayib borayotgani oz navbatida, odamlarning siyosiy-huquqiy bilimi yuksalishiga xizmat qiladi. Va bu jarayonda partiyalararo bahs madaniyatiga ham talab oshib boraveradi. Shu kunlarda bu masalada gazetxonlar bildirayotgan turli fikrlar ham buni tasdiqlaydi.

Gazetxon soglom va amaliy raqobat tamoyillariga asoslangan, xolis fikr va mulohaza, aniq dalillarga tayangan materiallarni kutadi. Biroq siyosiy partiya gazetalarida shu yonalishda elon qilinayotgan maqolalarning hammasi ham bu talabga javob bermasligini ochiq tan olishimiz kerak.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini ifoda etuvchi OzLiDeP nashrining 2012 yil 8 mart sonida chop etilgan «Saylovchi ishonchini kim suiistemol qilayapti?» maqolasini ham bunga misol qilib keltirish mumkin. Unda Iqtisodiyotda band bolmagan aholi, xususan, yoshlarni ish bilan taminlashga komaklashish asosiy vazifamiz, deya bong urayotgan Xalq demokratik partiyasining faol azolaridan biri rahbarlik qilayotgan tumanda yoshlarni ish bilan taminlashga etiborsiz qaralayotgani tanqid qilinadi.

Darhaqiqat, bu boradagi ishimizni hamma joyda ham ijobiy baholab bolmaydi. Jumladan, yoshlarni doimiy mehnatga jalb qilish borasidagi qarorlar ijrosini taminlashda samarali jamoatchilik va deputatlik nazorati ornatish, ularni oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish ishlariga bazi deputatlarimiz masuliyatsiz qarayotgani bor gap. Bu haqda OzXDP Markaziy Kengashining VI va Jizzax viloyat partiya kengashi plenumlarida oshkora aytildi.

Biz hammamiz ham tanqidni togri qabul qilishimiz lozim. Buning uchun tanqid ham asosli bolishi kerak. Ammo umumiy va mavhum davo, hech qanday amaliy ish qilinmayapti qabilida asossiz fikr aytsak, xolislikdan uzoqlashgan bolamiz. Sessiyalar, doimiy komissiyalar yigilishlari muhokamasiga masalalar tayyorlash, elektorat vakillarini oylantirayotgan muammolarni kotarib chiqish boyicha XDP tuman kengashi hamda deputatlik guruhimiz muayyan ishlarni amalga oshirganini inkor etib bolmaydi. Otgan yili tuman Kengashi sessiyasiga partiyamizdan saylangan deputatlar Birlik qishloq fuqarolar yiginida tuman markazidagi kasb-hunar kollejiga qatnab oqiyotgan oquvchilar uchun avtotransport ajratish haqidagi masalani kiritib, tegishli qaror qabul qilinishiga erishdi.

Shu orinda yana bir mulohaza. Zafarobod tuman kengashiga OzXDPdan 8 nafar, OzLiDePdan esa 7 nafar deputat saylangan. Shu bois, maqolada keltirilganidek, XDPdan saylangan deputatlar son jihatdan yaqqol ustunlikka ega, deyish mantiqan unchalik orinli emas. Ehtimol, liberallar oz faoliyatsizligini xasposhlash uchun ataylab shunday yol tutgandir?! Agar otgan yili OzLiDePdan saylangan deputatlar sessiyalarga oz elektorati manfaatini ifoda etuvchi hech qanday taklif kiritmagani yoki biror arzirli tashabbus bilan chiqmaganini oylaydigan bolsak, fikrimiz yanada oydinlashadi.

Ahvol shunday ekan, liberallar bu tumandagi oz deputatlari faoliyatini koproq tanqid qilsa, togri bolmasmidi. XDPni kollej bitiruvchilari, yoshlar taqdiriga, ularning ish bilan band bolishiga befarq qarayotganlikda ayblayotgan bu partiya ozimiz ayni shu masalada nima ish qildik?, deb oylab korganmikan?

Aslida, iqtisodiyotda band bolmagan aholi, xususan, yoshlarni ish bilan taminlashga komaklashish nafaqat XDP, balki mamlakatimizdagi siyosiy partiyalarning barchasiga daxldor masala. Bu borada aynan liberallar oz zimmasiga katta vazifalarni olgan.

Yoki OzLiDePning Saylovoldi dasturidagi partiya uchun yangi ish orinlarini yaratish, ishsizlikka qarshi kurashish, avvalambor, yoshlarni ish bilan taminlash nihoyatda zarur va kechiktirib bolmaydigan vazifadir, degan sozlar soxta obro orttirish uchun aytilganmi?

Ochigi, deputatlarimizning aksariyati partiyamiz tomonidan otkazilayotgan tadbirlarda qatnashmaydi, ayrimlarida hatto ish rejasi ham yoq, deydi OzLiDeP tuman kengashi raisi orinbosari Shopolat Osarov. Saylovchilar bilan uchrashuv togrisida gapirmasa ham boladi. Masalan, Chimqorgon qishloq fuqarolar yigini raisi, deputatimiz Nurmat Risbekovga bu haqda bir necha bor aytib kordik, eslatdik, hatto ogohlantirdik. Ammo natija bolmayapti...

Bu gaplarni izohlashga hojat bolmasa kerak. OzLiDeP dasturida yana shunday vadalar berilgan edi: Partiyaning yana bir ustuvor vazifasi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular uchun kasbiy, ijodiy va mansab pillapoyalaridan osish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat. Yoshlar salohiyatini rivojlantirish bu kelajakka sarmoya kiritish, demakdir. Partiya yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishini kuchaytirish, ularga oz biznesini tashkil etish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratish niyatida... Bu kabi balandparvoz vadalar ijrosi qanday bolayapti? Zafarobod tumani misolida qaraydigan bolsak, bunga ijobiy baho berish qiyin.

Demak, XXI asr gazetasida bosilgan Saylovchi ishonchini kim suiistemol qilayapti? degan maqoladagi savolga aniq javob bor. Ammo maqola muallifi OzLiDeP orniga yanglishib, OzXDPni korsatganga oxshaydi.

Shu orinda yana bir masala ustida oylab korish lozim. Yoshlar bandligi nafaqat ijtimoiy himoya, ayni chogda u iqtisodiy, manaviy masalalarga ham bogliq. Mamlakatimiz taraqqiyotining ertangi bosqichi jamiyatdagi barqarorlik asoslaridan biri bolgani uchun ham yoshlar bandligi masalasi barcha siyosiy partiyalar uchun dolzarb vazifa hisoblanadi.

Xolmurod YEREJEPOV,

OzXDP Zafarobod tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: