O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.02.2016

OGOH BOLISH HAMMAMIZNING BURCHIMIZ

«Qiyomatga qolgan qarz» teleko‘rsatuvini korib, kongildan otgan fikr-mulohazalar

Avvalo, ushbu korsatuv juda dolzarb masalaga bagishlanganini ta’kidlash zarur. Unda korsatilgan achchiq voqealar, bildirilgan fikr-mulohazalar haqida har birimiz ozimizga kerakli xulosalar chiqarib olishimiz kerak.

Albatta, korsatuvni korgan har bir tomoshabin bugun dunyoning uzoq-yaqin nuqtalarida qanday dahshatli voqealar roy berayotgani, shunday ota qaltis pallada mamlakatimizdagi tinchlikni asrash, mahallalar, oilalarda ozaro hamjihatlik va birdamlikni saqlash naqadar muhim ekanini chuqur tushunadi, yurak-yuragidan his qiladi. Ozbekistondek muqaddas zamin tuprogiga kindik qoni tokilgan, shu yurtning non-tuzini totib ulgaygan yoshlarning chet davlatlarda qandaydir jangari guruhlarga qoshilib qolib, koz korib, quloq eshitmagan yovuzliklar qilayotgani hammamizni xavotirga soladi, yana bir bor ogoh bolishga chaqiradi.

Koz yoshini toxtata olmayotgan ona, farzandi razil ishga qol urganini korib boshi xam bolgan ota, jigarlari bunchalik qabihlikka borishini kutmagan qarindoshlar, yor-birodarlarning oldin biz bularni Vatanga qaytarishga harakat qildik, lekin endi ularning yurtimizga kirib kelishidan ogoh bolishimiz kerak..., Ukamning bunday ishi uchun biz jigarlar el-yurt oldida, mahalla-koy oldida yuzi qora boldik, bunday sharmandagarchilikdan qanday bosh kotarib yuramiz... kabi nolalari, faryodini tinglagan har qanday insonning qalbi larzaga keladi.

Azal-azaldan xalqimiz, ota-bobolarimizning qon-qoniga singib ketgan Vatan sajdagoh kabi muqaddas boladi, ota-onani rozi qilish, ona yurt xizmatida bolish — inson uchun eng oliy baxt, buyuk saodat, degan yuksak tushunchalarni yoshlarimiz, unib-osib kelayotgan farzandlarimizga keng tushuntirish, tabir joiz bolsa, ongi va qalbiga singdirish hammamizdan katta masuliyat talab etadi. Men buni nafaqat vazifa, balki har bir ota-onaning jigarbandlari oldidagi burchi, deb bilaman. Bu ishda sustkashlikka yol qoyishga hech kimning haqqi yoq, albatta.

Korsatuvdagi lavhalarni tomosha qilgan odamga yana bir fikr keladi, savollar tugiladi. Ular xoinlik, sotqinlik darajasigacha borib yetibdi, nega ota-ona, qarindosh-uruglar, yor-birodarlar, mahalla-koy, jamoatchilik bundan bexabar qoldi? Bunday mudhish voqealar sodir bolmasligi uchun nima qilishimiz kerak?

Menimcha, eng avvalo, maktab, kollej, litsey, oliy talim dargohlari, oila va mahalla hamkorligi hamda xabardorligini kuchaytirishimiz, tadbirlarda farzandlarimizni ezgu ishlarga ruhlantiradigan, ularning qalbiga yetib boradigan sozlar, tasirchan vositalardan keng foydalanishimiz zarur. Ayniqsa, biz, onalar farzandlarimiz qayerda bolmasin, ularning har bir harakatini yuragimiz bilan his qilib turmogimiz lozim.

Kezi kelganda shuni ham aytib otish kerak, biz mahalladan xorijga oqishga, ishga ketgan fuqarolarning ota-onalari, yaqinlari bilan suhbatlashsak, xorijdagi fuqarolar u yerda nima ish qilishi yoki qayerda oqishi bilan qiziqsak, tinchlikmi, nimaga hadeb surishtiraverasizlar, degan savollarni eshitib qolamiz. Bazi ota-onalar farzandlari xorijga ketganini aytmaslikka, sir saqlashga ham harakat qilishadi. Bu notogri yoldir, aksincha, bunday paytda hammamiz hamfikr va hamkor bolishimiz, bir-birimizga yordam berishimiz kerak. Deputatlar, partiya faollari ham joylarda bu borada targibot-tushuntirish ishlarini izchil yolga qoyishi, talim muassasalari, mahallalar, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishi hayotiy zarurat, deb oylayman.

Davlatimiz rahbari bizni har doim dunyoda, yaqin yon-atrofimizda roy berayotgan mudhish voqea-hodisalar, tinchligimiz va taraqqiyotimizga rahna solishi mumkin bolgan xavf-xatarlardan ogoh etib, hushyorlikka chaqiradi. Buning asosi, mazmun-mohiyati naqadar chuqur ekanini har lahza qalbdan his etishimiz, farzandlarimiz, yaqinlarimiz, Vatanimizni koz qorachigidek asrab-avaylash muqaddas burchimiz ekanini aslo esdan chiqarmasligimiz zarur.

Ozbekistonday jannatmakon yurtni bilmagan, uning qadriga yetmagan, oz ota-bobolari, ajdodlari yotgan muqaddas tuproqni toptashga harakat qilayotgan razil kimsalar esa bir umr xoru zorlikda otib ketishi muqarrar.

Oynisa BOBONOVA,

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Jiydali mahalla fuqarolar yigini raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: