O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.04.2012

Saylovoldi dasturidagi vazifalar

o‘z-ozidan bajarilmaydi

Mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar faol ishtirok etishi uchun zarur bolgan huquqiy asoslar yetarli darajada yaratib berilgan. Bu imkoniyat va vakolatlardan qanday foydalanish siyosiy partiya yetakchilari va deputatlari faolligi, salohiyatiga bogliq.

Ayniqsa, islohotlar samaradorligini oshirish bilan bogliq muhim vazifalar ijrosi partiya tashkilotlari va ularning mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlaridan jiddiy e’tibor talab etadi. Ular partiya dasturiy maqsadlariga bogliq masalalarni chuqur tahlil etishi, hayotiy taklif va tashabbuslar bilan chiqishi lozim.

Aks holda siyosiy partiyaning jamiyatda tasir kuchi sezilmaydi, deputatlariga ishonchi ham susayadi. Buni OzMTDPning xalq deputatlari Gallaorol tuman Kengashidagi deputatlik guruhi misolida korish mumkin. Malumotga kora, otgan yili Gallaorol tuman Kengashining 6 ta sessiyasi bolib otgan. OzXDP deputatlik guruhi tuman Kengashi sessiyasiga ikkita masala kiritgan. Shu asosda qayta ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish hisobiga istemol bozorini sifatli ichki mahsulotlar bilan toldirish, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturiga muvofiq sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish orinlari ochish borasidagi ishlar korib chiqilgan, mavjud muammolar atroflicha muhokama qilingan. Ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilingan. Ammo sessiyalarga OzMTDPdan saylangan 6 nafar deputat biron-bir masala olib chiqmagan. Doimiy komissiyalar faoliyatida ham ularning ishtiroki sust.

Vaholanki, OzMTDP Saylovoldi dasturida belgilangan qator hayotiy masalalar partiya deputatlari etiboridan chetda qolmoqda.

OzMTDPning Saylovoldi dasturida Partiya iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini, uning yanada erkinlashuvini, ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyoti tamoyillarining amalga oshirilishini taminlashga — xalq farovonligini oshirish va har bir fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ishonchli asos sifatida qaraydi, deb belgilab qoyilgan.

Ammo Gallaorol tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhining otgan vaqt davomida ish beruvchilar bilan xodimlar ortasidagi iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni hayotga tatbiq etish, ish bilan taminlash muammolarini hal etishning tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlari va mexanizmlarini takomillashtirish, shahar va qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga yonaltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga komaklashish borasida faolligi sezilmadi.

Savol tugiladi: bu partiya deputatlari Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni unutdimi yoki bu masalalar oz-ozidan hal boladi, deb oylashayaptimi?

Bir narsa aniqki, partiya dasturidagi vazifalarni, chetdan kelib hech kim hal qilib bermaydi. Qaysi partiya bolishidan qati nazar, oz zimmasiga olgan masuliyatni his etishi, partiya yetakchilari, deputatlari tashabbuskor va fidoyi bolishi talab etiladi.

Gulruh ODAShBOYeVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: