O'zb  
 
16.01.2016

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi togrisida axborot

15-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisi bolib otdi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

Davlatimiz rahbarining nutqida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligiga qaramay, 2015-yilda iqtisodiy dasturning eng muhim yonalishlari va ustuvor vazifalari hamda chuqur tarkibiy ozgartirishlar, xususiy mulk va kichik biznes manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taminlash boyicha har tomonlama puxta Dasturning izchil va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyot osishining barqaror va yuqori suratlariga hamda makroiqtisodiy muvozanatga erishilganligi qayd etildi.

Nufuzli xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va ilmiy markazlar tomonidan yuqori baholanayotgan yutuqlar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari butun jahonda “ozbek modeli” sifatida etirof etilib, bu tanlangan rivojlanish strategiyasining yuqori samaradorligi va muvaffaqiyatini yana bir bor tasdiqlagani alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq Ozbekiston 2014-2015-yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017-yillarda iqtisodiy osish prognozlari boyicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan.

2015-yil yakunlari boyicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8 foizga,
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foizga, qishloq xojaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo taminlandi. Inflatsiya darajasi prognoz korsatkichlaridan oshmadi.

Mulkchilik tarkibini tubdan ozgartirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, korporativ boshqaruvning prinsiplari va yondashuvlarini ozgartirish boyicha tizimli chora-tadbirlar, keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy tuzilmasi joriy etildi.

Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning kafolatlarini kuchaytirish va ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yagona darcha tamoyili boyicha davlat xizmatlari korsatadigan Yagona markazlar orqali tashkil etish va amalga oshirishni soddalashtirish va yengillashtirish boyicha normativ-huquqiy hujjatlarning turkumi qabul qilindi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56,7 foizga yetdi yoki 2000-yil bilan taqqoslaganda 1,8 baravar osdi.

Tarkibiy ozgartirishlar, tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash boyicha chora-tadbirlar va investitsiya loyihalarining faol amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy infratuzilmaning shakllantirilishi 15,8 milliard AQSh dollari miqdorida yoki 2014-yildagiga qaraganda 9,5 foiz kop investitsiyalar ozlashtirilishini taminladi. Bunda barcha investitsiyalarning 3,3 milliard dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortigini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 73 foizi togridan-togri chet el investitsiyalaridir. Yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yonaltirilgan tarmoqlar jadal rivojlanishga ega boldi. 158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirildi.

Agrar sektorda chuqur tarkibiy ozgartirishlar yuz bermoqda. Mol hosil – 7 million 500 ming tonnadan ziyod galla va 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetishtirildi va yigib olindi. Meva-sabzavotchilik, bogdorchilik, uzumchilik va chorvachilik, shuningdek, ularning mahsulotlarini sanoat yoli bilan qayta ishlash jadal suratlarda rivojlanmoqda.

Xizmat korsatish va servis sohasining jadal rivojlanishi taminlandi. Pullik xizmatlar hajmi 10,8 foizga, chakana tovar aylanmasi 15 foizdan ziyodga osdi. Yalpi ichki mahsulotda xizmatlar sohasi ulushi 2010-yildagi 49 foiz orniga 54,5 foizga yetdi.

Bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuvi darajasini oshirish va investitsiya faolligini kengaytirish taminlandi. Bank tizimining umumiy kapitali 2014-yilga nisbatan 23,3 foizga kopaydi va 7,8 trillion somga yetdi.

Iqtisodiyotning va xizmatlar sohasining barqaror yuqori osish suratlari aholi daromadlarini, insonlar turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mustahkam asos yaratdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdori 21,9 foizga, aholi jon boshiga jami real daromadlar esa 9,6 foizga oshdi. Tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar ulushi 2010-yildagi 47,1 foizga qaraganda 52 foizga oshdi. 980 mingtadan ortiq ish orinlari tashkil etildi, ulardan 60 foizdan ziyodi qishloq joylardadir, kasb-hunar kollejlarining 480 mingdan ortiq bitiruvchilari ishga joylashtirildi.

Keksalarni ezozlash yili Davlat dasturining barcha tadbirlarini amalga oshirish taminlandi. Davlat dasturi tadbirlarini moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 2 trillion 246 milliard som va 225 million dollardan ortiq mablag yonaltirildi.

Mamlakatimiz Prezidenti oz maruzasida mavjud hal etilmagan muammolarni batafsil va har tomonlama tahlil qilishga alohida etiborni qaratdi hamda islohotlarni davom ettirish, tarkibiy ozgartirishlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning dasturiy vazifalariga, shuningdek, uning 2016-yilda eng muhim ustuvor yonalishlariga batafsil toxtalib otdi.

Hukumat, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga boshlab yuborilgan tizimli demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash, eng avvalo, sanoatda va qishloq xojaligida chuqur tarkibiy ozgartirishlarni amalga oshirishni davom ettirishga, makroiqtisodiy muvozanatni taminlashga, xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni ildam rivojlantirish va manfaatini himoyalashga, muhandislik-kommunikatsiya va yol-transport infratuzilmasini, ijtimoiy sohani jadal rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga yonaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar qoyildi.

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qollab-quvvatlashni kuchaytirish, kichik biznes subyektlari va fermer xojaliklarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragbatlantirish boyicha aniq vazifalar belgilandi. Iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda Elektron hukumat tizimini yaratishni tubdan tezlashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar kompleksi belgilandi.

Davlat, xojalik boshqaruvi va joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining etibori iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, investitsiyalar kiritish va obyektlarni ishga tushirishning joriy yilga belgilangan prognoz korsatkichlariga sozsiz erishish uchun barcha mavjud imkoniyatlar va zaxiralarni ishga tushirish, shuningdek, ishlab chiqarishni uzluksiz texnologik yangilash, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini muvozanatli hamda kompleks rivojlantirish zarurligiga qaratildi.

Bu yil Soglom ona vabola yili deb elon qilinganligi munosabati bilan ushbu yil uchun moljallangan maqsadlar va vazifalarga erishish boyicha dasturiy chora-tadbirlarni, shu jumladan, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini kuchaytirish, perinatal va skrining markazlari, patronaj xizmatlarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yosh onalar va bolalarni parvarish qilish darajasi va sifatini oshirish, oilalarda soglom manaviy muhitni yaratish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taminlashga alohida etibor qaratildi.

Majlisda Bosh vazir orinbosarlari, vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari rahbarlari hamda viloyatlar hokimlarining hisoboti eshitildi. Muhokama qilish yakunlari boyicha 2016-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yonalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini taminlashga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan respublika Hukumati qarori qabul qilindi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: