O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
14.01.2016

Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 24-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat bagishlaydi.

Biz chorak asr mobaynida bosib otgan murakkab yolimizga nazar tashlar ekanmiz, oz vaqtida qabul qilingan va chuqur oylangan islohotlar dasturini amalga oshirish natijasida Ozbekiston bugungi kunda professional tayyorgarlikka ega bolgan, yaxshi ta’minlangan, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli, mamlakatimizning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini taminlash boyicha keng kolamli vazifalarni samarali ado etish, fuqarolarimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bolgan milliy armiyasiga ega, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Mamlakatimizning zamonaviy Qurolli Kuchlarini tashkil etishda harbiy qurilish sohasiga prinsipial jihatdanyangicha yondashuvning ishlab chiqilgani kop jihatdan hal qiluvchi omil boldi. Bu yondashuv eski, oz umrini otab bolgan, bir qolipdagi qarorlardan butunlay voz kechish, ehtimol tutilgan harbiy harakatlar teatri hamda yaqin va uzoq yon-atrofimizda shiddat bilan ozgarib borayotgan vaziyatning oziga xos xususiyatlarini har tomonlama hisobga olish, shuningdek, xorijiy davlatlarning tajriba va yutuqlarini amaliy jihatdan puxta ozlashtirishga asoslanganini takidlash lozim.

Bugun biz, milliy armiyamiz tarixiy va milliy ananalarimizni saqlagan holda, harbiy qurilish va harbiy sanat sohasida dunyodagi eng yaxshi tajribalarni ozlashtirib, chegaralarimiz xavfsizligini taminlashning ishonchli kafolatiga aylandi, deb gurur bilan ayta olamiz. Ozbekiston Qurolli Kuchlarining tayanchi va suyanchi bolgan zamonaviy harbiy xizmatchilar timsolida biz avvalambor chuqur bilim va intellektual salohiyatga, oz muqaddas harbiy burchini bajarish yolida qatiy iroda va mustahkam tayyorgarlikka ega bolgan, ona yurtimizga sadoqatli, mard va fidoyi insonlarni koramiz va ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Qadrli dostlar!

Biz yashayotgan bugungi zamon hech qachon bir joyda toxtab turmasligini barchamiz ozimizga doimo yaxshi tasavvur qilganmiz va tasavvur qilamiz. Hozirgi kunda jahon miqyosida vaziyat qanday tez ozgarib, dunyoning ayrim mintaqalarida ahvol tobora keskin tus olayotgani, turli qarama-qarshiliklar, mojaro va qon tokishlar kuchayib, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi ortib borayotgani, yaqin yon-atrofimizda davom etayotgan harbiy toqnashuvlar bizda chuqur tashvish va xavotir tuygusini uygotmasdan qolmaydi, albatta.

Yuzaga kelayotgan ana shunday murakkab va oqibatini oldindan aytib bolmaydigan vaziyat barchamizdan yuqori darajadagi ogohlikni saqlash va doimiy tayyorgarlik holatida bolishni, milliy armiyamizni yanada isloh etishga qaratilgan etiborni kuchaytirishni, uni zamonaviy qurol-yarog va harbiy texnika bilan taminlash, qoshinlarning jangovar tayyorgarligi samarasini oshirishni, bir soz bilan aytganda, Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar qobiliyatini har tomonlama mustahkamlashni talab etadi.

Shu munosabat bilan bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ota muhim ahamiyatga ega deb hisoblayman:

Birinchidan,vujudga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni, zamonaviy harbiy sanat sohasidagi yutuqlar va harbiy qurilish borasida toplagan tajribamizni, shuningdek, yuz berishi mumkin bolgan harbiy harakatlar teatrining oziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, milliyarmiyamizning tashkiliy tuzilishi va jangovar tarkibini, qoshinlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish lozim.

Ozbekistonga qoshni mintaqalarda vaziyat doimiy ravishda ozgarib, tahdidlar kuchayib borayotgan, mamlakatimiz hududiga turli bosqinchi todalar va qoporuvchi guruhlarning suqilib kirish ehtimoli istisno etilmayotgan bir sharoitda harbiy tuzilmalarni, birinchi navbatda, xavf-xatar yuqori bolgan operatsion yonalishlarda yanada mustahkamlash va safarbar etishga ustuvor ahamiyat berish zarur.

Ayniqsa, otkazilayotgan jangovar mashgulotlarga alohida etibor qaratish va ushbu yonalishdagi prinsip va yondashuvlarni tubdan qayta korib chiqish, mashgulotlarni har qaysi hudud va mintaqadagi mavjud real sharoitga eng yuqori darajada yaqinlashtirish, ehtimol tutilgan dushmanning amalga oshirishi mumkin bolgan harakatlari xususiyatlarini aniqlash, qomondonlik tarkibi va shtablarni vaziyatni har tomonlama baholash va asoslangan qarorlar qabul qilishga orgatish ota muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, qoshinlarni tezlik bilan bir joydan boshqa joyga kochirish masalalarini amaliy mashgulotlarda sinovdan otkazish, har qaysi harbiy xizmatchining qurol-yarog va texnikani ishonchli ravishda ishlata olishi, jismoniy va manaviy-ruhiy jihatdan ota ogir va murakkab vaziyatlarda ham mustahkam iroda va matonat korsatib, oz vazifasini sog-omon ado etishi uchun ularning individual malakasini muntazam ravishda oshirib borish zarur.

Ana shu maqsadlarga erishishda poligonlarning tolaqonli faoliyat yuritishini va ulardan keng foydalanishni taminlash, buning uchun ularning infratuzilma va oquv moddiy-texnik bazasini har tomonlama rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish darkor.

Ikkinchidan,Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati, ularning harakatchanligi va tezkorligini yanada oshirishga, maxsus operatsiyalar uchun moljallangan kuchlar, vertolyotlar va qoshimcha ravishda jalb etilgan boshqa texnikalardan foydalangan holda, dushmanning zaif nuqtalariga zudlik bilan shiddatli zarbalar berish malakasini puxta egallashga imkon beradigan qurol-yarog va texnikalarning eng yangi turlari bilan qoshinlarni taminlash dasturlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish zarur.

Uchinchidan,qomondon va serjant kadrlar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish masalalariga etiborni bir zum ham susaytirmaslik lozim. Bu borada harbiy xizmatchilarimizning oz professional, nazariy va amaliy bilimlarini uzluksiz oshirib borishi, xizmatni otash va jangovar faoliyat davomida zarur boladigan tajriba va konikmalarni egallashi uchun barcha imkoniyatlarga ega bolgan Qurolli Kuchlar akademiyasi, harbiy bilim yurtlari va serjantlar tayyorlash maktablarining oquv tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish dolzarb ahamiyatga ega.

Shular qatorida milliy armiyamizning zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan bosqichma-bosqich taminlanishi, uning jangovar tarkibi va tuzilishidagi ozgarishlar, qurolli toqnashuvlarning ozgarib borayotgan xususiyatini hisobga olgan holda, mutaxassisliklar tarkibi, harbiy fanlarni oqitishning metod va texnologiyalari hamda oquv dasturlari royxatini doimiy tarzda yangilab, ularga aniqlik kiritib borish maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, harbiy talim muassasalari professor-oqituvchilari tarkibining malakasini yanada oshirish, ularning chet tillarini egallashi, talim jarayonlarini tashkil etish boyicha ilgor xorijiy tajribalarni ozlashtirishi va oquv ishlariga eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish ustuvor vazifamiz bolib qolmoqda.

Ayni paytda Qurolli Kuchlar akademiyasi va mamlakatimizning shu yonalishdagi boshqa talim muassasalarida harbiy fanlarning eng zarur va dolzarb yonalishlari boyicha dars berish uchun xorijiy davlatlarning yetakchi harbiy talim muassasalari va tadqiqot markazlari oqituvchilari, ekspert va mutaxassislarini keng jalb etish borasidagi ishlarimizni tizimli va izchil asosda kuchaytirishimiz kerak.

Tortinchidan,dunyoshiddat bilan ozgarib borayotgan bugungi zamonda, xalqimizning manaviy qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlariga mutlaqo zid bolgan, yot va buzgunchi goyalarni jamiyatimiz hayotiga turli yollar bilan singdirishga qaratilgan urinishlar kuchaygan, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini egallash uchun keskin kurash ketayotgan bir sharoitda, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatgacha bolgan yoshdagi farzandlarimizni tarbiyalash va ularning manaviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish borasidagi ishlarning roli va orni tobora ortib bormoqda.

Shu munosabat bilan talim muassasalari, harbiy va mehnat jamoalarida, mahallalarda yoshlarimiz qalbida Vatanga yuksak muhabbat, Qurolli Kuchlarimizdan gururlanish va harbiy xizmatga chuqur hurmat tuygularini kamol toptirish maqsadida harbiy vatanparvarlik yonalishidagi tadbirlarni tashkil etish va otkazish boyicha ishlarni yanada kuchaytirish, hech shubhasiz, alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ana shunday uzoq muddatga moljallangan, dolzarb vazifalarni amalga oshirishda Mudofaa vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda boshqa jamoat tashkilotlari va tuzilmalar, madaniyat, sanat va sport sohalarining kozga koringan namoyandalarining orni va tasiri beqiyos, albatta.

Bunday ota muhim ishda rasmiyatchilik va yuzaki yondashuvlardan voz kechgan holda, ommaviy axborot vositalari va Internetning milliy tarmogi imkoniyatlaridan keng foydalanish katta ahamiyatga egadir.

Beshinchidan,harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy qollab-quvvatlash, turar-joy, maishiy va tibbiy xizmat bilan taminlash boyicha davlat dasturlarini sozsiz bajarish zarur. Yurtimizda 2016-yilning Soglom ona va bola yili deb elon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan hukumat qarorlari va davlat dasturlari doirasida harbiy xizmatchilarning oila azolarini moddiy va ijtimoiy qollab-quvvatlashga qaratilgan aniq, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari nufuzini yanada mustahkamlashning hal qiluvchi omili avvalo harbiy xizmatni otash uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, harbiy xizmatchilar va ularni oilalarining ijtimoiy himoyasi va farovonligini taminlash bilan uzviy bogliqdir.

Hurmatli vatandoshlar!

Fursatdan foydalanib, bizning Harbiy doktrinamiz mudofaa xarakteriga ega ekanini, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirish yolidagi barcha say-harakatlarimiz birinchi navbatda mamlakatimizning davlat suvereniteti, uning hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishga qaratilganini yana bir bor takidlamoqchiman.

Aynan shuning uchun ham Ozbekiston hech qaysi harbiy blokka qoshilmaydigan davlat sifatida, har tomonlama chuqur oylagan va toliq anglagan holda, ozi uchun prinsipial ahamiyatga ega bolgan muhim yolni tanlab oldi va shu yolda qadam qoydi. Yani, mamlakatimiz tinchliksevar siyosat olib borish, harbiy-siyosiy ittifoq va koalitsiyalarga qoshilmaslik, oz hududida xorijiy harbiy baza va obyektlarni joylashtirmaslik, yurtimizdan tashqarida boladigan tinchlikparvarlik operatsiyalarida qatnashmaslik boyicha oz pozitsiyasini aniq-ravshan belgilab oldi.

Bugungi bayram ayyomida, avvalambor, ozining sharafli, olijanob va masuliyatli burchini Vatanni himoya qilishdek buyuk vazifani munosib ado etayotgan harbiy xizmatchilarning ota-onalariga chin qalbdan ozimning samimiy minnatdorligimni bildiraman.

Yangi 2016-yilda Qurolli Kuchlarimiz saflarida muqaddas burchini bajarib kelayotgan siz, mard va botir oglonlarimizga oddiy askar va serjantlarga, ofitser va generallarga Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish yolida mustahkam sogliq, kuch-quvvat va katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga baxt va farovonlik tilayman.

Islom Karimov,
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: