O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.04.2012

Mahalliy kengashlardagi OzLiDeP deputatlari

hududlar rivojiga, elektorat manfaatiga xizmat qiladigan taklif va tashabbuslar bilan chiqish o‘rniga aksariyat hollarda tomoshabin bolib turishni ma’qul kormoqda. Nega?..

Mamlakatimizda tobora chuqurlashib borayotgan demokratik islohotlar mahalliy Kengash deputatlari zimmasiga ham katta vazifalar yuklamoqda. Elektorat vakillarini oylantirayotgan masalalarni atroflicha organib, ularni bartaraf etish choralarini izlash, mahalliy ijroiya hokimiyati ustidan jamoatchilik nazorati ornatish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida taklif va tashabbus bilan chiqish har bir deputatning vazifasidir. Shunda joylarda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar barham topadi, ezgu intilishlar royobga chiqadi va turmush farovonligi oshadi, saylovchilar ishonchi oqlanadi, partiyaning jamiyat hayotida tutgan orni, tasiri va mavqei ortadi.

Ammo hamma deputat ham oz burchiga masuliyat bilan yondashayapti, saylovchilari manfaatini ifoda etadigan amaliy ishlar qilayapti, deb bolmaydi. Keling, kuzatishimizni Jizzax shahar Kengashidagi deputatlar faoliyati misolida tahlil etaylik.

Shahar Kengashiga OzXDPdan 12, OzLiDePdan 9, «Milliy Tiklanish» partiyasidan 5, Adolat SDPdan esa 4 nafar deputat saylangan. Saylov arafasida har bir partiya eng kop deputatlik ornini egallash uchun oz Saylovoldi dasturi, maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, targibot-tashviqot olib borgan. Saylovchilarga katta-katta vada bergan. Odamlar esa oz orzu-havasi royobi, oilasi farovonligi, yashab turgan hududi taraqqiyoti uchun kurashishiga ishonch bildirib, nomzodga ovoz bergan. Xosh, osha ishonchga sazovor bolgan deputat bugun nima ish qilmoqda?

OzXDP mehnatga qobiliyatli aholini ish bilan bandligini taminlashni eng muhim vazifa deb hisoblaydi. Bandlik masalasi, ayniqsa, yordamga muhtoj kishilarni ijtimoiy himoyalashda ota muhim ahamiyatga ega. OzXDP shunday deb bilgani uchun qator tashabbuslarni ilgari surayapti. Mehnatga layoqatli kishilarni qollab-quvvatlash, ularni doimiy ish bilan taminlash borasida xayrli ishlar qilayapti. Jumladan, joylarda otkazilayotgan iqtisodiy forumlar va Mahalla — aholini manzilli ijtimoiy qollab-quvvatlash markazi loyihasi doirasida otkazayotgan tadbirlar elektorat vakillarining oilaviy biznesini yolga qoyishiga xizmat qilayapti, ularga komak berayapti, deb aytish mumkin.

Jizzax shahar Kengashiga OzXDPdan saylangan deputatlar ham partiya dasturiy vazifalari ijrosiga etibor qaratib kelmoqda.

2011 yili shahar Kengashida bolib otgan sessiyalarda OzXDP vakillari

2 ta masalani organib chiqib, sessiya muhokamasiga kiritgan.

Partiya Harakat dasturiga asosan deputatlar investitsiya asosida tashkil topgan ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat korsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilib, mavjud imkoniyat va shart-sharoitdan toliq foydalanish boyicha amaliy takliflar kiritgan.

Otgan yili shaharda 116 ta xizmat korsatish obekti ishga tushdi, deydi shahar Kengashi deputati, OzXDP faoli Saidazim Sodiqov. Ularning faoliyati bilan yaqindan tanishgach, savdo madaniyatini oshirish, plastik kartochka bilan savdo qilish boyicha etibor qaratish lozim bolgan ishlar hali kop ekaniga amin boldik. Deputatlik guruhimiz bu boradagi muammolarni bartaraf etish uchun taklif tayyorladi va sessiya muhokamasiga olib chiqdi. Shu asosda servis xizmatini rivojlantirish boyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi va qaror qabul qilindi.

Shahar aholisini issiq suv va markazlashgan isitish tizimi bilan taminlashni yanada yaxshilash masalasi dastlab partiya faollari va deputatlar yigilishida muhokama etildi, deydi shahar Kengashi deputati, OzXDP azosi Ergash Jorayev. Ishchi guruhi mutaxassislar bilan birga, 18 ta obektda bolib, kop qavatli uylar va inshootlarning isitish tizimi talabga qay darajada javob berishi, xususan, talim muassasalarining kuz va qish mavsumiga tayyorgarligini atroflicha organishdi. Ayrim joylarda isitish tarmoqlari tamirtalab ekani aniqlandi. Bu kamchiliklar deputatlik guruhlari tomonidan bir necha bor korib chiqildi va ularni hal etish boyicha takliflar umumlashtirilib, sessiya kun tartibiga kiritildi.

Shuningdek, shahar Kengashining doimiy komissiyalari yigilishlarida OzXDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan 3 ta masala korib chiqildi. Demak, OzXDP vakillari saylovchilar bildirgan ishonchni amaliy ish bilan oqlashga harakat qilayapti. Ammo boshqa partiyalar-chi? Ularning shahar Kengashiga saylangan deputatlari qanday takliflar bilan chiqmoqda?

Otgan yili bolib otgan sessiyalar kun tartibiga boshqa siyosiy partiyalar, togrirogi, OzLiDeP va Adolat SDP deputatlik guruhlari, qarangki, biron-bir masala kiritmagan.

Yuqorida tuman Kengashi deputati Saidazim Sodiqov xizmat korsatish obektlaridagi ayrim kamchiliklar haqida toxtalib otdi. Yani, aholining savdo madaniyatini oshirish, naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yolga qoyish borasida qilinishi lozim bolgan ishlar kopligi takidlandi. Bu masalani chuqur organish va muammoni bartaraf etish uchun harakat qilish, aslida, liberallarning vazifasi emasmi?

Shuningdek, yakka tadbirkorlar orasida royxatdan otib, oz faoliyatini boshlagan, ammo kop otmay yopilib ketayotganlari oz emas. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilamiz, deb yeng shimargan liberallar esa bu masalada ham sukut saqlamoqda. Agar, ular oz vazifasi yoki elektorat manfaati haqida oylaganida tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni chuqur organib, sessiyalar muhokamasiga olib chiqqan bolardi.

Bu sustkashlik sabablari nimada? Bizningcha buni, avvalo, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi A.Qobilov (OzMTDP azosi) deputatlik guruhlariga yetarli darajada talabchanlik qilmayotgani bilan izohlash mumkin. Ikkinchidan, bu holat OzLiDeP shahar Kengashi oz deputatlari faoliyatiga loqayd qarayotganini korsatadi.

XXI asr gazetasi balandparvoz gaplardan kora, shu kabi muammolarni tahlil etsa, bunga partiya yetakchilari etiborini qaratsa, deputatlarni astoydil ishlashga undasa, foydali bolmasmidi...

2009-2012 yillarga moljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi tadbirkorlik tuzilmalari zaxiralaridan foydalanishni yanada koproq ragbatlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, shu asosda mahsulot tannarxini arzonlashtirish va sifatini yaxshilash, eksport salohiyatini ostirish boyicha yangi tashabbuslar ilgari surilishini talab etadi...

Jizzax shahrida bu borada qator istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Lekin bunda liberallar ishtiroki sezilmayotir.

Har bir siyosiy partiya, deputat oz zimmasiga qanday vazifalar olishni ozi belgilaydi. Saylovchilar oldida nima deb hisob berishni ham ozi hal etadi. Ammo siyosiy partiyaning, deputatning faoliyatiga bahoni odamlar beradi. Baho esa vadaga qarab emas, qilingan amaliy ishlarga qarab beriladi.

Laziza SHEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: