O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.01.2016

ISPANIYA: HUKUMAT QANDAY VA QACHON SHAKLLANADI?

Ispaniya dunyodagi rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bu mamlakatdagi demokratik jarayonlarda siyosiy partiyalar muhim o‘rin tutadi. Ispaniya parlamenti ikki palatali bolib, yuqori palata — Senat va quyi palata Kongressdan iborat. Shuni alohida qayd etish lozimki, parlamentdagi orinlar uchun asosan ikki siyosiy kuch Ispaniya sotsial ishchi partiyasi va Xalq partiyasi kurash olib boradi. Ammo 2015 yil 20 dekabr kuni mamlakat parlamentiga bolib otgan saylov natijalari kutilganidan ham keskin otdi.

Avvalo, Ispaniyadagi saylov tizimiga e’tibor qaratadigan bolsak, oziga xos jihatlarni korish mumkin. Misol uchun, Kongress 350 deputatdan iborat bolib, ular umumxalq ovoz berish yoli bilan proporsional tizim asosida saylanadi. Mazkur palata qonun loyihalarini korib chiqadi, byudjetni muhokama qiladi. Senat esa ularni tasdiqlaydi. Kongressda 19 qomita faoliyat yuritadi. Quyi palatada tuziladigan siyosiy partiya fraksiyasi kamida 15 deputatdan iborat bolishi kerak.

Endi bevosita saylov natijalariga etibor qaratadigan bolsak, bir necha saylovlardan beri yetakchilik qilib kelayotgan Xalq partiyasi yana bir karra golib chiqdi. Ular saylovchilarning 28,72 foiz ovozini toplab, Kongressda 123 oringa ega boldi. Ikkinchi natijani sotsial partiya qolga kiritdi. Ular 90 deputatlik orni bilan kifoyalandi.

Uchinchi orinni sotsialistlarga asosiy raqobatchi bolgan Podemos partiyasi qolga kiritdi. Mazkur partiya 69 deputatlik orniga ega boldi. Etiborga molik tomoni shundaki, ushbu siyosiy partiya bir necha on yillar davomida hukmronlik qilgan ikki partiyaga munosib qarshilik korsatdi.

Ong markazchilar hisoblangan «Fuqaro» partiyasi 40 deputatlik ornini egalladi.

Saylovda golib chiqqan Xalq partiyasi Yevropadagi eng yirik partiyalardan biri hisoblanadi. Hozirda uning 700 mingdan ortiq azosi bor. 2011 yilda otkazilgan saylovlarda ham mutlaq kopchilik 186 deputatlik ornini qolga kiritgan edi. Bugungi kunda Yevroparlamentda partiyaning 16 nafar deputati faoliyat korsatmoqda. Mamlakatning har bir hududida partiyaning organi faoliyat yuritadi. Uning oliy organi Milliy Kengash hisoblanadi.

Sotsial-demokratiya goyalari tarafdorlari bolgan Ispaniya sotsial ishchi partiyasi 1879 yilda tashkil etilgan. Mazkur partiya 1999-2004 yillardagi parlament saylovlarida galaba qozonib, yetakchi mavqega ega bolgandi. Shundan song sotsial partiya vakillari asosan ikkinchi natijani qayd etmoqda.

Umuman olganda, mamlakatda otkazilgan mazkur muhim siyosiy tadbirda fuqarolar yuqori faollik korsatishdi. Bu raqamlarda ham oz ifodasini topdi. Saylovda 2011 yilga nisbatan 4 foiz kop yani 73,2 foiz saylovchi ishtirok etdi.

Malumot uchun, Ispaniyada 36,5 million kishi ovoz berish huquqiga ega bolib, ularning 2 millionga yaqini xorijda istiqomat qiladi. Shuni hisobga olib, xorijiy mamlakatlarda 23 mingga yaqin saylov uchastkasi tashkil etildi. Saylovda birinchi bor ovoz berganlar esa, 1,6 millionni tashkil etdi.

Ispaniyada qariyb 30 yil, yani 1982 yildan buyon Xalq partiyasi hamda Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi navbatma-navbat hukumatni shakllantirib kelgan. Keyingi yillarda Fuqarolar hamda Podemos Biz uddalaymiz partiyasi asosiy raqobatchiga aylandi. Bu galgi saylovda 13 siyosiy partiya hamda birlashmalar oz nomzodlari bilan ishtirok etdi.

Saylovdan song siyosiy partiya yetakchilari bergan intervyuda endilikda ikki partiyali tizimga barham berilishi va bu mamlakat boshqaruvi tarixida yangi burilish yasashini takidlagan. Boisi, oxirgi saylov natijalari Xalq partiyasi tarixida kuzatilmagan. Endilikda bu partiya oldida murakkab vaziyat turibdi. U hukumatni shakllantirish uchun ozidan keyingi orinlarda turgan partiyalardan biri bilan qonunchilikda belgilangan 30 kun ichida koalitsiya tuzishi zarur. Aks holda, hukumatni qoldan boy berishi va qayta saylov otkazilishi mumkin.

Ayni paytda har bir siyosiy partiya holat yuzasidan oz qarashlarini turlicha bayon qilmoqda. Xalq partiyasi rahbari, sobiq Bosh vazir Mariano Raxoy saylovdan avval golib partiya hukumatni boshqarishi kerak, degan tashabbus bilan chiqqan edi. Lekin hech bir partiya hukumatni shakllantirish masalasida Xalq partiyasi bilan murosaga kelmayapti.

Mutaxassislar va kuzatuvchilar fikricha, ong va chap koalitsiyani shakllantirish birdek murakkabliklar tugdiradi. Chunki sotsialistlar va Podemos kopdan buyon raqobatlashib keladi. Ularning Saylovoldi dasturlari ham bir-biridan ancha farq qiladi. Yana bir tomoni, ularning koalitsiya boyicha murosa qilishi ham parlamentdagi mutlaq kopchilik orinni egallash imkonini bermaydi.

Ekspertlarning xulosasiga qaraganda, yana bir usul ham bor. Bu Katta koalitsiya tuzish. Yani Xalq partiyasi va sotsialistlar ozaro kelishishi vaziyatni yumshatishi mumkin. Biroq ushbu partiya yetakchilari bu haqda biror aniq fikr aytganicha yoq. Sababi, bu ikki partiyaning dasturi, mamlakatni taraqqiy ettirish goyalari bir-biridan ancha yiroq. Shuning uchun hukumatni shakllantirish, xususan, vazirliklarga oz vakillarini qoyish masalasida ikki yirik partiya bir-biriga yon bergisi kelmayapti. Xullas, shu kunga qadar hukumat boshqaruvi boyicha ispaniyaliklarni oylantirayotgan savolga aniqlik kiritilmadi.

Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, bugungi kunda butun dunyoda kechayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tufayli rivojlangan davlatlar, ularda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar oldida juda muhim vazifalar turibdi. Siyosiy partiyalar buni qay darajada ado etishi kop jihatdan mamlakatning ertangi taqdirini belgilab beradi.

Nurali ORIPOV,

Zilola UBAYDULLAYEVA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: