O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.01.2016

SAYLOVCHINI OYLANTIRAYOTGAN MASALA

o‘z vaqtida hal qilinishi zarur

Deputat aholi tomonidan davlat hokimiyatining oliy, mahalliy vakillik organlariga saylangan ishonchli vakildir. Shu bois undan aholini oylantirayotgan masalalarni yechishda faollik korsatish, odamlar manfaati yolida muntazam izlanish, yelib-yugurish talab etiladi. Bu borada unga katta huquq va vakolat berilgan. «Siyosiy partiyalar togrisida»gi Qonunga muvofiq, u tegishli ravishda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesining Raisiga va Vazirlar Kengashiga, vazirlarga hamda boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim orinbosarlariga, hokimliklar bolimlari va boshqarmalarining rahbarlariga, shuningdek, tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga sorov bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Ayni paytda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarida Ozbekiston XDPdan saylangan 212 nafar, tuman va shahar Kengashlarida esa 1652 nafar deputat faoliyat korsatmoqda.

Deputatlar partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlami manfaatini himoya qilishga qaratilgan koplab taklif va tashabbuslar bilan chiqmoqda. Bu borada deputatlik sorovi instituti muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Otgan yilda kommunal tolovlar, ijtimoiy soha, bandlik masalalarida Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari a’zolari 762, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari azolari esa 2926 deputatlik sorovi bilan murojaat etgan.

Xosh, ularning natijalari qanday boldi? Mutasaddi tashkilotlar deputatlik sorovlarining hammasiga oz vaqtida javob berishdimi? Elektorat manfaatlarini himoya qilishda deputatlik sorovlari qay darajada samara bermoqda?

Sirojiddin Azamov, Ozbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi:

— Deputat zimmasida saylovchilar manfaatlarini ifoda etish vazifasi turadi. Deputat qaysidir masalada mutasaddi tashkilotlarga sorov yuborish, ijro hokimiyati faoliyati ustidan nazorat ornatish, aniqlangan masalani xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyasida korib chiqish uchun taklif kiritish va boshqa huquqlarga ega. Togri, berilgan huquq va vakolatlar keng, lekin ulardan samarali foydalanish oziga xos murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki bu faqat deputat faolligi yoki partiya tashkilotining intilishiga bogliq emas. Bunda ijro hokimiyati bilan hamkorlikni mustahkamlash kerak boladi.

Toshkent viloyatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlar deputatlik sorovi instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Orni kelganda aytish kerakki, aholi turmush farovonligi yolida koplab xayrli ishlarni amalga oshirayotgan deputatlar ham, deputatlik sorovlariga oz vaqtida munosabat bildirayotgan rahbarlar ham kopchilikni tashkil etadi.

Masalan, Pskent tuman Kengashi deputati Joraqul Otaqulov tomonidan Oybek nomli mahalla fuqarolar yiginiga qarashli Tomaris kochasida istiqomat qilayotgan aholi toza ichimlik suvi bilan taminlanishida yuzaga kelayotgan muammo yuzasidan deputat sorovi kiritildi. Mazkur sorov tuman Suvoqava tashkiloti mutasaddilari tomonidan oz vaqtida korib chiqildi va qisqa muddatda mazkur masala ijobiy hal etildi.

Ayni kunlarda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashida partiyamizdan saylangan 16, shahar va tuman Kengashlarida esa 197 nafar deputat faoliyat korsatmoqda. Ularning aksariyati partiyamiz dasturiy maqsadlari hamda vazifalarini amalga oshirishda faollik va tashabbuskorlik korsatishmoqda. 2015 yilda davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga jami 474 deputatlik sorovi kiritildi. Muhimi, ularning aksariyatiga vaqtida javob olindi va 394 deputatlik sorovi yuzasidan elektorat manfaatlariga daxldor katta-kichik muammolarni joylarda hal etishga erishildi.

Abdulhamid Nurmatov, Ozbekiston XDP Andijon viloyat kengashi raisi, viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari:

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining davlat boshqaruvi organlari ustidan nazoratini, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha aniq taklif, muqobil dasturlarni ilgari surish borasidagi faoliyatini kuchaytirish bugun oldimizda turgan eng asosiy vazifalardan biridir. Shu manoda, har bir deputat hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil qilib borish, yechimini kutayotgan masalalarni hal etishda jonbozlik korsatishi talab etilmoqda.

Bugunga kelib xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashida partiyamizdan saylangan 161 nafar deputat faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan 2015 yil davomida aholini tashvishga solayotgan masalalar yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga 450 deputatlik sorovi bilan murojaat qilindi.

Masalan, xalq deputatlari Andijon tuman Kengashi deputati Sardor Qosimovning Viloyatelektrtarmoqlari OAJ boshqaruvi raisiga yuborgan sorovi natijasida Jevachi mahalla fuqarolar yiginidagi elektr transformator yangisiga almashtirildi hamda hududda elektr energiyasi taminotidagi uzilishlarning oldi olindi.

15-Zargaldoq saylov okrugidan saylangan deputat Nodir Arapov tomonidan Buloqboshi tuman gaz korxonasi bolimi rahbariga yuborilgan deputatlik sorovi ham javobsiz qolgani yoq. Natijada tuman aholisiga tabiiy gaz yetkazib berilishining uzluksizligi taminlandi.

16-Uchtepa saylov okrugidan saylangan yana bir deputatimiz tomonidan Buloqboshi tuman obodonlashtirish bolimi rahbari nomiga yollangan sorov qisqa muddatda organilib, tegishli mutasaddilar tomonidan tumandagi Uchtepa mahalla fuqarolar yiginiga qarashli Shamshod kochasining tamirtalab qismiga asfalt yotqizildi.

Bunday misollarni barcha hududlardan keltirishimiz mumkin. Deputatlik sorovlariga oz vaqtida javob berilayotgani mahalliy ijro hokimiyati idoralari, korxona-tashkilotlar mutasaddilarining masuliyati ortib borayotganini ham anglatadi.

Abror QURBONOV,

OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: