O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.01.2016

Ozbekiston xalqiga yangi yil tabrigi

Aziz vatandoshlarim!

Mana shu fayzli oqshomda bayram dasturxoni atrofida to‘planib otirgan siz, hurmatli yurtdoshlarimni, butun Ozbekiston xalqini yangi – 2016-yil bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilashni ozim uchun katta baxt, deb bilaman.

Mana, azizlarim, qadrdonlarim, bugun biz vaqtning azim daryodek shiddat bilan otishiga yana bir bor guvoh bolib, yangi yilga, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qoymoqdamiz.

Ayni shu lahzalarda otayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida boshimizdan kechirgan, yon-atrofimizda bolib otgan tashvishli va quvonchli voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni beixtiyor koz ongimizdan otkazamiz, shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganimizga shukronalar bildiramiz.

Mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan beqiyos ozgarishlarni, xonadonlarimiz, mahalla, shahar va qishloqlarimiz, butun yurtimizning qiyofasi tobora obod va gozal bolib borayotganini hisobga olib, oxiriga yetayotgan yilimizga yakun yasab, xolisona aytadigan bolsak, 2015-yil biz uchun har tomonlama xosiyatli va fayzli boldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Bularning tasdigi haqida gapirganda, ruxsatingiz bilan ayrim misol va raqamlarni keltirishni orinli, deb bilaman.

Keyingi 11-yil davomida mamlakatimiz iqtisodiyoti jahondagi kamdan-kam davlatlar qatorida barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, shu jumladan, 2015-yilda ham yalpi ichki mahsulotimizning osishi 8 foizdan kam bolmaganining ozi, haqiqatan ham, tarixiy bir voqeadir, desak, adashmagan bolamiz.

Iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlari jadal taraqqiy topayotgani, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarning ishga tushirilayotgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yol ochib berilayotgani, axborot-kommunikatsiya tizimlarining hayotimizga faol joriy etilayotgani, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning dunyo bozorida raqobatdoshligi ortib borayotgani bularning barchasi biz erishayotgan yutuqlarning mustahkam poydevorini tashkil etmoqda.

Qishloq xojaligi sohasida mirishkor dehqon va fermerlarimizning, turli qiyinchiliklarga qaramasdan, 7 million 500 ming tonnadan ziyod galla, 3 million 350 ming tonna paxta, 14 million 500 ming tonnaga yaqin sabzavot va poliz, 4 million 300 ming tonna bogdorchilik mahsulotlari yetishtirgani bozor va dokonlarimizdagi mol-kolchilikni, narx-navoning meyorida bolishini taminlashga katta hissa bolib qoshildi va buning uchun dala mehnatkashlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.

Ana shunday salmoqli natijalarimiz 2015-yilda aholimizning real daromadlarini 9,6 foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini 21,9 foizga oshirish imkonini berdi.

Shular qatorida xalqimizning manaviy va intellektual saviyasini yuksaltirish, ilmu fan, talim-tarbiya, sogliqni saqlash, madaniyat va sport, turli gumanitar tarmoqlarni yangi, zamon talab qiladigan bosqichga kotarish biz uchun doim ustuvor yonalishlar qatorida bolib kelmoqda.

Lekin, agar bugungi zamon qanday shiddat bilan ozgarib borayotganini hisobga oladigan bolsak, bu sohalarga, avvalo, talim-tarbiya sohasiga etiborimizni yanada kuchaytirishimiz darkor.

Chunki zamon ozgarishi bilan odam, inson ham ozgaradi, uning dunyoqarashi, hayotga, hayotdagi oz roli va burchiga munosabatlari va qarashlari bir holatda turmaydi.

Ayniqsa, katta ishonch bilan hayotga kirib kelayotgan aziz farzandlarimizni jismoniy va manaviy jihatdan yetuk va barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida amalga oshirayotgan dasturlarimiz biz oldimizga qoygan buyuk maqsadlarga javob berishiga ishonchimiz mustahkam bolishi zarur.

Londa qilib aytadigan bolsak, biz dunyodagi rivojlangan, demokratik davlatlar qatoriga kotarilishni eng yuksak maqsadimiz sifatida qoygan ekanmiz, bunday ota muhim va masuliyatli vazifa, avvalambor, hal qiluvchi kuch bolib maydonga chiqayotgan, zamonaviy bilim va tajribaga ega bolgan, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvarligi va hozirligi bilan ajralib turadigan yosh avlodimiz zimmasiga tushadi.

Ortaga qoyilgan bunday ulkan vazifaning naqadar chuqurligini va masuliyatini hisobga oladigan bolsak, talim-tarbiya sohasini rivojlantirishda mablagimizni ham, ozimizni ham ayamasligimiz kerak, deb oylayman.

Aziz dostlarim, qadrli yurtdoshlarim!

2015-yil mobaynida mamlakatimizning kuch-qudrati va salohiyatini, xalqimiz farovonligini yanada oshirish, jahon maydonida Vatanimizning obro-etiborini yuksaltirish yolida yangi-yangi marralarni zabt etganimiz, xalqaro miqyosdagi nufuzli reytinglarda Ozbekistonning yuqori orinlarni egallayotgani hammamizga gurur va iftixor bagishlaydi.

Tasavvur etishning ozi ham qiyin bolgan ana shunday ulkan yutuqlarimizni sarhisob qilib, “Kecha kim edigu bugun kim boldik?” degan nuqtai nazardan bosib otgan yolimizni baholar ekanmiz, tola ishonch bilan aytmoqchiman: bunday yuksak muvaffaqiyatlarning ijodkori va bunyodkori bolgan, ana shu natijalarga erishish yolida mashaqqatli sinovlarda toblangan, mard va tanti xalqimiz oldida, barcha-barcha vatandoshlarimiz oldida chin qalbdan tazim qilishni ozim uchun katta sharaf deb hisoblayman.

Muhtaram dostlar!

Mana shunday hayajonli va shukuhli damlarda har qaysi inson yangi yilni kutib olar ekan, ayni shu daqiqalarda qalbida, yuragida saqlab kelayotgan ezgu orzu-umidlarning ushalishini, oilasi, yaqinlari, ona yurti tinch-omon bolishini, yangi yil yanada xayrli va barakali bolishini xayolidan otkazadi.

Ishonchim komilki, kirib kelayotgan 2016-yilimiz 2015-yilga nisbatan kam bolmasdan, xosiyatli va samarali bolishiga toliq asoslarimiz bor. Buning uchun oldingi yillarda mamlakatimizda har tomonlama mustahkam zamin poydevor tashkil qilingani hech kimga sir emas. Shu bilan birga, kutilayotgan turli qiyinchilik va tosiqlarni yengish uchun biz katta tajribaga egamiz.

Mavjud bolgan tosiq va muammolar haqida gapirganda, avvalo, tashqi tomondan paydo bolayotgan omillar, yani, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgani, dunyo bozorlarida vaziyat noaniq bolib qolayotgani, terrorizm va ekstremizm balosi tobora kuchayib borayotganini va bunday ogir muammolar jahondagi kopgina davlatlar boshiga katta bir savdo bolib, shu jumladan, bizning yelkamizga ham tushganini korish, kuzatish qiyin emas.

Bunday vaziyatga qaramasdan, bizning prognoz va hisob-kitobimiz shuni korsatadiki, kirib kelayotgan 2016-yilda iqtisodiyotimizning osish suratlari 7,8 foizga, aholining jon boshiga togri keladigan real daromadlari 9,5 foizga, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarning miqdori turli manbalar hisobidan 15 foizga oshishi kutilmoqda.

Shuni ham takidlash joizki, 2016-yilda davlat byudjetida ilmu fan, talim-tarbiya, sogliqni saqlash, madaniyat, sport tarmoqlarini ozida mujassam etgan ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflanadigan mablaglar 2015-yilda ozlashtirilgan mablaglarga nisbatan ancha koproq bolib, davlat byudjeti umumiy xarajatlarining 59,1 foizini tashkil etadi.

Kirib kelayotgan yilda barcha moliyaviy manbalar hisobidan iqtisodiyotimizga 17 milliard 310 million dollar miqdoridagi kapital qoyilmalar yonaltirilib, ularning 23,5 foizini chet el investitsiyalari tashkil etadi.

Bir soz bilan aytganda, yangi 2016-yil kopgina korsatkichlar boyicha yakuniga yetayotgan 2015-yilga nisbatan kam bolmasdan, balki kop sohalarda undan ancha yuqori va ziyoda bolishi moljallanmoqda.

2016-yilda umumiy qiymati 5 milliard 500 million dollar bolgan 164 ta yirik ishlab chiqarish obyektida qurilish ishlarini yakuniga yetkazish va ularni foydalanishga topshirish kozda tutilmoqda.

Shular qatorida Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida har birining quvvati 450 megavatt bolgan ikkita bug-gaz turbinasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida 150 megavatt quvvatga ega bolgan energiya bloki qurilishini nihoyasiga yetkazish, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 70 ming tonna mis ishlab chiqaradigan metall eritish korxonasini barpo etish kabi ota muhim loyihalar borligini takidlash lozim.

2016-yilda xitoylik sheriklar yordamida Qamchiq dovonini kesib otadigan 19 kilometrlik tunnel qurilishini tugatib, Fargona vodiysini butun Ozbekiston bilan boglaydigan temir yol ishga tushirilishi, shuningdek, Toshkent Samarqand tezyurar temir yol qatnovining Buxorogacha yetib borishi belgilangan.

Ayni vaqtda Jeneral motors Ozbekiston aksiyadorlik jamiyatida T-250 modelidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishni ozlashtirish, Muborak gazni qayta ishlash zavodida yillik quvvati 80 ming tonna bolgan oltingugurt granulalari tayyorlaydigan korxonani barpo etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, zamonaviy traktorlar, yangi rusumdagi mobil telefonlar, planshet komputerlari, noutbuklar, televizor va xolodilniklar, konditsionerlar hamda boshqa maishiy elektr texnika buyumlari, keng turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqaradigan quvvatlar ham foydalanishga topshiriladi.

Kelgusi yilda Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasi Boing-787 havo laynerlarining eng zamonaviy avlodiga mansub ikkita yangi samolyot bilan taminlanishi mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi rivojini yangi bosqichga kotarishga xizmat qiladi.

Bunday misollarni yana koplab keltirish mumkin.

Mamlakatimizda yangi yilga Soglom ona va bola yili deb nom berganimizni el-yurtimiz katta mamnuniyat bilan kutib olgani va keng qollab-quvvatlayotgani, bu qaror zamirida mujassam bolgan Ona va bola soglom bolsa, oila baxtli, oila baxtli bolsa, jamiyat mustahkam boladi degan goya xalqimizning olijanob orzu-intilishlariga nechogliq hamohang ekanidan dalolat beradi.

Qadrli vatandoshlarim!

Barchangizni bagrimga bosib, kirib kelayotganyangi 2016-yil bilan yana bir bor qizgin tabriklayman.

Mana shu hayajonli daqiqalarda siz, azizlarga qalbimning torida bolgan eng samimiy tilaklarimni izhor etaman:

muhtaram faxriylarimizning umrlari uzoq bolsin,

munis ayollarimizning chehrasidan tabassum arimasin,

dilbar qizlarimiz yanada gozal va chiroyli, baxtli-saodatli bolsin,

yoshlarimizning baxtu iqbolini bersin.

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bolsin!

Yangi yil barchamizga muborak bolsin!

Islom Karimov,
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: