O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.12.2015

CHEKISHNI TASHLANG!

Dunyo aholisi ko‘paygani sayin, chekuvchilar soni ham ortib bormoqda. Biroq keyingi yillarda bir qator mamlakatlarda jamoat joylarida chekishni taqiqlash boyicha qonunlar qabul qilinayotgani ijobiy natijalarini berayotir. Sigaret tutunining organizmga korsatadigan salbiy ta’sirini organib, tadqiq etgan olimlar quyidagi xulosaga keldilar.

Uzoq yillar sigaret chekishni kanda qilmagan kashanda saraton yoki infarkt kasalligini orttiradi. 15-20 yillik chekuvchilar opka va qon-tomir kasalliklariga aloqador xastaliklarga chalinadi.

Kop yillik jarayonda zarar miqdorining yigilib borishi chekuvchiga sezilmaydi.

Amerikaning Minnesota universiteti olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarga kora, tamakining asosiy konserogeni bolmish hidli uglevodorodlar birinchi galda organizmda ozgarishlar sodir qiladi.

Izotoplar yordamidagi kuzatuvlar shuni korsatdiki, organizmga kirgan tutun 15-30 daqiqadan song alohida faol unsurga aylanadi va u hujayraning «genetik apparati»ni zararlash orqali ozgarishlarni, yani mutatsiyani keltirib chiqaradi. Bu jarayon har chekkanda qaytalanadi.

Chekishning asta-sekin zarari nafaqat opka saratoni rivojlanishiga turtki boladi, balki butun organizmga tasir korsatadi. Bu, ayniqsa, yurak-qon-tomir tizimida yuz beradigan ozgarishlarda yaqqolroq namoyon boladi.

Olimlar takidlashicha, tutundagi oksidantlar deb ataluvchi moddalar juda tezlik bilan butun organizmda oksidlanish jarayonini keltirib chiqaradi. Oksidantlar qonga tez sorilib, tanaga tarqaladi. Natijada hujayralar ish faoliyati buziladi, mutatsiyaga yuz tutishi tezlashadi va qon-tomirlarni zararlaydi. Bu tajovuzlarni kesish uchun esa organizmga antioksidantlar — Ye, A, S singari vitaminlar zarur boladi.

Qon-tomirlar ichki devorlarining oksidlanishi ateroskleroz (yurak-qon-tomirlari devorlari qalinlashuvi va zichlashuvidan hosil boladigan kasallik) rivojlanishini tezlatadi va tomirlar ichki qobigida toshmalar paydo bolishi uchun sharoit yaratadi. Tomir ichida bitta toshmaning hosil bolishi qon aylanishini sekinlatadi, yani ravon aylanishiga xalaqit beradi. Bu esa trombni keltirib chiqaradi. Bunday toshmalarning kopayishi esa infarkt yoki insultga olib keladi.

Shuni qoshimcha qilish joizki, har bir chekilgan sigaret tromb hosil bolishiga poydevor vazifasini otashidan tashqari, tutunda qon quyuqlashuviga asos boladigan trombin fermentlari sonini oshiruvchi moddalar mavjud.

Bu hali hammasi emas. Tamakining yana bir ogir zarari haqida gapirmasak bolmaydi. Organizmni mukammal yaratilgan juda katta zavod deb faraz qilsak, inson organizmida mavjud azot oksidi moddasi tomirlarni kengaytiradi va uning devorlarini ichki tomondan himoyalovchi vazifani bajaradi. Sigaret tutuni esa, aksincha, tomirlarni toraytiradi va natijada hujayralarga qon yetkazib berish uchun tomir urishini tezlashtiradi.

Alimqul SULTONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: